Mavzu: iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ta’lim tizimi mundarija : kirish


Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o‘zaro uyg’unlik masalalari


Download 56.12 Kb.
bet7/8
Sana23.11.2023
Hajmi56.12 Kb.
#1794987
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IQTISODIY RIVOJLANGAN DAVLATLARDA TA’LIM TIZIMI

2.3. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o‘zaro uyg’unlik masalalari.
Tojikistonda ta`lim muassasalarining holati 1991-yilda mintaqaning boshqa respubliklaridagidan deyarli katta farq qilmagan. Mamlakatdagi mavjud 4401 ta ta`lim muassasasidan 944 tasi maktabgacha ta`lim muassasasi, 3443 tasi maktab va 14 tasi oliy ta`lim muasasasi bo`lgan.
Mamlakatdagi mavjud 944 ta bog`chada jami 141 500 nafar bola tarbiyalangan. Bu o`sha vaqtdagi davlatdagi jami bog`cha yoshidagi bolalarning 30 % ni tashkil qilgan. Bu raqamlardan ko`rinib turibdiki, Tojikistonda Sobiq Ittifoq davrida ham maktab yoshigacha bo`lgan bolalarning katta qismi uy sharoitioda tarbiyalangan. Mavjud bog`chalarning ham katta qismining moddiy-texnik bazasi talab darajasida bo`lmagan.
Tojikistonda 1991-yilda mavjud 3 443 ta maktabda jami 1 325 400 nafar bola ta`lim olgan. Tojikistonda ham boshqa respubliklarda bo`lgani kabi maktablarning kattagina qismi talabga javob bermagan. Bu holat ayniqsa respublikaning to`g`li qishloq hududlariga to`g`ri keladi. Davlatning katta shaharlaridagi maktablarining ko`pchiligida ta`lim rus tilida olib borilgan.
Mamlakatdagi 14 ta oliy ta`lim muassasalarining ko`pchiligining holati yaxshi darajada bo`lmagan. Dushanbe shahrida joylashgan 1947-yilda tashkil etilgan Tojikiston davlat milliy universitetini moddiy-texnik bazasini Ittifoqning markaziy shaharlarida joylashgan universitetlar bilan taqqoslaganimizda ancha katta tafovutga duch kelishimiz mumkin.
Turkmaniston Markaziy Osiyoning janubi-g`arbida joylashgan bo`lib, kattagina qismini cho`llar tashkil qiladi. Turkmaniston ham mustaqillikning dastlabki davridan ta`lim tizimini isloh qilish harakatlarini boshlagan. Ushbu davrda Turkmanistonda jami 2726 ta ta`lim muasasasi faoliyat yuritgan. Shundan 920 tasi maktabgacha ta`lim muassasasi, 1880 tasi maktab, 6 ta oliy ta`lim muassasasidan iborat bo`lgan.
Turkmanistonda ham maktabgacha ta`lim muassasalarining ko`pchilik qismining holati talab darajasida bo`lmagan. 920 ta makatabgacha ta`lim muassasasining atigi 35 % har tamonlama belgilangan tartibga javob bergan. Qolgan qismi bo`lsa talab darajasida bo`lmagan.
Davlatda 1991-yilda mavjud 1800 ta maktabning 55 % talab darajasida bo`lgan. 1991-yilda maktablarda tahsil olayotgan o`quvchilarning umumiy soni 890 ming nafarni tashkil qilgan. 55 ming nafar o`qituvchi maktablarda faoliyat yuritgan. Turkmanistondagi mavjud 1800 ta maktabning 180 tasi rus tilida o`qitishga mo`ljallangan bo`lsa, 90 nafari o`zbek tilida dars berilgan. Bundan tashqari turkman tilida dars beriladigan maktablarda ham rus tilining o`tishga katta e`tibor qaratilgan.
Turkmanistonda 1991-yilda mavjud bo`lgan 6 ta oliy ta`lim muassasasining holati ham mintaqaning boshqa davlatlaridagi inistitutlardan farqlanmagan. Bu oliy ta`lim muasasalarida o`qitladigan fanlar, ularning moddiy bazasi talab darajasidan past bo`lgan.
Markaziy Osiyoning o`rtasida joylashgan O`zbekistonda ham 1991-yilda ta`lim muassalarining umumiy holati qolgan to`rt respublikanikidan keskin farq qilmagan. O`zbekistondagi ta`lim muassasalarining ham moddiy-texnik bazasi Ittifoqning markaziy hududlari bilan taqqoslaganimizda katta farqni ko`rishimiz mumkin.
Barcha respublikalarda ta’lim muassasalarining kattagina qismining moddiy-texnik holati talab darajasida bo`lmagan. Shu bilan birgalikda ta`lim muassasalarida ishlayotgan pedagog xodimlarning ham ko`pchiligining bilim saviyasi yetarli darajada emasdi. 
Mintaqa davlatlari maktablarida o`qitiladigan darsliklarida ham keskin farq bo`lgan. Mahalliy tildagi darsliklarga qaraganda rus tilida yozligan darsliklar anchagina sifatli bo`lgan. Oliy ta`lim muassasalarida o`qitiladigan fanlar bo`yicha adabiyotlarning kattagina qismi rus tilida bo`lgan. Bu esa rus tilini bilmagan ko`plab yoshlarga bir qator muammolarni keltirib chiqargan. Chunki Markaziy Osiyo davlatlarida aholining barcha qatlami ham rus tilini yaxshi bilmagan. Rus tilini asosan shahar va uning atrofida yashovchi aholi yaxshi bilgan. Qishloqlardan shaharga kelayotgan yoshlarning kattagina qismi rus tilini unchalik ham yaxshi bilmagan.
Xullas, 1991-yilda mustaqilikka erishgan mintaqaning besh respublikasi oldida yuqorida sanab o`tgan muammolar turar edi. Hukumat tepasiga kelgan rahbarlar ta`lim tizimini isloh qilmay turib katta maqsadlarga erishib bo`lmasligini yaxshi tushungan. Shuning uchun ham ular mustaqillikning ilk kunlaridan bu sohada islohot qilish uchun harakatlarni boshlab yubordi.
O‘z kelajagi va taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir xalq ta'lim tizimiga shunchaki o‘tkinchi ma'naviy qadriyat sifatida qaramaydi. Ko‘pgina davlatlar tarixida davlat ta'lim tizimini tashkil qilish va rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat qaratganligining o‘zi ham fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi. Barcha rivojlangan davlatlarda hukumat ta'lim tizimini hamisha jiddiy nazorat ostiga olgan bo‘lib, uni uzluksiz ravishda jamiyat va zamon talablariga qarab o‘zgarish va yangilanishlarga muvofiq isloh qilib borgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi Uchtepa tumaniga tashrif buyurishi va ushbu safar chog‘ida ta'lim tizimidagi ishlarga baho berishi, jumladan, 11 yillik tizimni qayta tiklash borasida bildirgan fikri jamiyat tomonidan iliq kutib olindi, o‘tkazilgan tadqiqotlar va ilmiy xulosalar bo‘yicha 11 yillik ta'lim tizimini viloyatlarda ham shu yilning o‘zida joriy etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Bo‘layotgan voqealar bo‘yicha internet Kun.uz saytida “Yo‘qotilgan avlod yoxud 11 yillik ta'lim tizimi atrofida kechgan o‘ylar”, “Aks-sado: “Kollejlarda o‘qigan avlod yo‘qotildi”, deyish ko‘r-ko‘rona hukm qilishdir” nomli maqolalar chop etildi.
Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, biz bugungi kunda zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashimiz uchun ta'limning mazmunan yangi shakliga o‘tdik. Ko‘pgina rivojlangan davlatlar, xususan, Yaponiya, Malayziya, Singapur, Janubiy Koreya davlatlari rivojlanishida ta'lim tizimida mutlaqo yangicha yondashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Bugungi kundagi rivojlanish bizning ham oldimizga ushbu davlatlar singari bozorda talab katta bo‘lgan sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasini qo‘ymoqda. Hozirgi davrda jahon bozorida shunday kasb va hunarlar vujudga kelganki, ularning aksariyati universitet va kollejlarda emas, balki oddiy o‘quv markazlarida 3 yoki 1 yilda emas, juda qisqa vaqt ichida tayyorlanmoqda. Bunga ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin. Masalan, Singapurda ham ta'lim iqtisodiy taraqqiyotning birinchi galdagi vazifasi sifatida qaralgan. Ta'lim sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar amerikacha ta'lim modeli bilan o‘zaro aloqaga kirishish yo‘li orqali hal etildi. Garchi mazkur tizim pullik bo‘lsa ham (O‘zbekistonda maktab ta'limi bepul) singapurliklar nafaqat 10 yillik maktab ta'limi, balki malaka oshirishga qaratilgan ishlab chiqarishga tayyorlovchi turli kurslarga ham alohida ahamiyat bera boshladilar. Singapurning politexnika maktablari va kollejlarida texnika sohasiga oid bilimlardan tashqari grafika va dizayn asoslari hamda arxitekturaga oid fanlar ham o‘qitib borilgan. Ta'lim ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, asosiy e'tibor amaliyotga qaratilgan. O‘quvchi yoshlar va hunar o‘rganuvchi mutaxassislar o‘zlarining asosiy vaqtini amaliy yoki ishlab chiqarish joylarida o‘tkazar edilar. Bundan tashqari, malakali pedagoglar nazorati ostida olib boriladigan qo‘shimcha labaratoriya va seminar mashg‘ulotlari fuqarolarga sifatli bilim olish, shuningdek, muassasani tugatgandan so‘ng nazariy bilimlarini amaliyotda erkin qo‘llay bilish imkonini beradi. Shuningdek, OTMlarda ma'ruzalar qilish uchun turli sohalarning yetuk mutaxassislari, jumladan, muhandislar, menejyerlar, advokatlar va boshqalarni taklif qilish bo‘yicha hukumat tomonidan qaror qabul qilingan. Bunday mutaxassislar o‘quv jarayonini nazariyotchidan ko‘ra ko‘proq amaliyotchiga ma'lum bo‘lgan bilimlar bilan boyitib, uni yangi sifat bosqichiga ko‘tirish uchun xizmat qilar edilar. Natijada ishlab chiqarishga borgan kechagi bitiruvchi iqtisodiyotning “sifatlilik, ishonarlilik va aniqlilik” tamoyillarini mehnat jarayonining o‘zidayoq osonlik bilan o‘zlashtirar edi.
Shuningdek, Malayziyada ham kadrlay tayyorlash mamlakatga kirib kelgan horijiy investorlar ishtirokidagi kompaniyalardagi kasblardan kelib chiqqan. Malayziyaga kirib kelgan xorij va mahalliy korxonalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo‘llash, shuningdek, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ustida tinimsiz bosh qotirir edi. Kompaniyalar korxona xodimlari mashg‘ulotlari o‘qitiladigan maktab, maxsus kurslar, akademiyalar tashkil etishgan.


Xulosa
Ta'lim yaponlar uchun hali-hanuz eng oliy qadriyat sifatida qadrlanib kelinmoqda. Bir zamonlar Yaponiyada bolalarni o‘qimishli qilish uchun kundalik ehtiyojlarga sarflanadigan xarajatlarni tejab, pul jamg‘arish an'anasi mavjud bo‘lgan. Yaponlar bolalariga pul va moddiy boyliklarni emas, bilimni meros qilib qoldirishga harakat qilganlar, aniqrog‘i bolalarga qoldirilishi kerak bo‘lgan pulni ularning zamonaviy ta'lim olishlari uchun sarflab, shu asosda bolalariga mustaqil pul topa olish imkonini qoldirganlar. Bu esa ularga yuksak ijtimoiy mavqeyni ta'minlaydigan davlat lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishlarni kafolatlagan. Bugungi kunda Yaponiyada joriy qilingan ta'lim tizimi butun jahonga o‘rnak bo‘larli darajada taraqqiy etgan. Huddi yurtimizdagi kabi o‘z ichiga boshlang‘ich va o‘rta ta'limni qamrab oluvchi majburiy ta'lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda yaponiyalik bolalarning deyarli 100 foizi qamrab olinadi. Ularning 96 foizi esa 2-bosqich maktab ta'limida tahsil olishadi. Ikkinchi bosqichni tugatgan bolalarning 60 foizi ta'limni kollej, institut va kasb-hunar bilim yurtlarida davom ettirishadi. 
Zamonaviy yapon pedagogikasida ta'lim tizimi bilan uzviy uyg‘unlashgan axloqiy tarbiya tamoyili shakllangan. O‘rta asrlardayoq maktablarda amaliy etikaga e'tibor qaratila boshlangan edi. Ushbu maktablarda xo‘jayinga, mansabdorlarga, oiladagi munosabatda amaliy boshqaruv kishisi qanday bo‘lishi kerakligi haqida tahsil berilar edi. Konfutsiylik aqidalari va buddizm an'analari ta'sirida ta'lim tizimiga nafaqat bilim olish va hunarmandlik ko‘nikmalarini oshirish vositasi, shuningdek, ahloqiy va ma'naviy barkamollikni shakllantirish va shu asosida qat'iy intizomlilik fazilatini yuzaga chiqarish vositasi sifatida qarala boshlandi.
Prezidentimizning 11 yillik ta'limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligi bo‘yicha bergan taklifi bugungi kundagi kadrlar tayyorlashga qo‘yilayotgan kechiktirib bo‘lmas masalalardan biri sifatida qo‘yildi, deb aytishga barcha asoslar bor. Bizning yoshlarimiz ham jahon standartlaridan kam bo‘lmagan bilimlarni 11 yilda olishadi va o‘sha maktabda bir yo‘la o‘z hududidining talabiga ko‘ra kasb yoki hunar oladi. Bir necha yildan beri Janubiy Koreyaning KOICA agentligi mamlakatimizda yoshlarni texnik yo‘nalishlarda kasbga tayyorlab kelayotgan edi. Yaqinda bunday maktablar barcha viloyatlarda ochilishi e'lon qilindi. Bugun mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investorlarning faol kirib kelayotganini hisobga olsak, kelajakda ular ham o‘z talablaridan kelib chiqib ma'lum yangi kasb va hunarga ixtisoslashgan maktab yoki o‘quv kurslarini tashkil etishadi. Natijada yoshlarimiz, 1 yil vaqtlarini aniq bir soha bo‘yicha mutaxassis bo‘lishga sarflashadi. 
Xulosa o‘rnida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 11 yillik maktab ta'lim tizimini qayta tiklash borasida bildirgan fikri va hukumat tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar aniq asoslarga ega ekanligi aytishimiz joiz va xorij davlatlar tajribasi bunga yaqqol dalildir.


Download 56.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling