Mavzu. Iqtisodiy siyosat asoslari va tarkibi. Reja: Iqtisodiy liberalizm, iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli, muammolari va uning mazmuni


Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish usullari va shakllari bo‘yicha Keyns konsepsiyasining asosiy mazmuni


Download 26.27 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi26.27 Kb.
#1533343
1   2
Bog'liq
Iqtisodiy siyosat asoslari va tarkibi

2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish usullari va shakllari bo‘yicha Keyns konsepsiyasining asosiy mazmuni.
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlaming damba-dam takrorlanishi tufayli «kapitalizmni tartibga solishga oid iqtisodiy g‘oyalar soni ko'paydi. Ana shunday yo‘nalishning yorqin tarafdori bo iib, ingliz iqtisodchisi
Jon Meynard Keyns (1883-1946) shuhrat qozondi. Unga mashhurlik keltirgan bosh asari – «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir.
Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalaming umumiy bandlik hajmini aniqlashdagi asosiy roli to‘g‘risidagi tezis muhimdir. Ular iste’mol talabining yetarli emasligini to‘ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish masalasiga iste’mol talabi osishidan alohida qaraladi.
Investitsiyalaming ko‘payishi ishlab chiqarishga qo‘shimcha ishchilami jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy daromad va iste’mol o‘sishini ta’minlaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning dastlabki o‘sishi yana qo‘shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki qo‘shimcha ishchilaming talabini qondirish zarurati tug‘iladi. Qo‘shimcha bandlikning o‘sish koeffitsientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan investitsiyalar o‘sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlaming o‘sishi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Keyns bir qancha
hisob-kitoblaigaasoslanib, AQSHning multiplikatorini aniqladi, u 2,5 ga teng ekan. Bu daromadlar o'sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 marta ortiq degani, ya’ni 1dollar investitsiya 2,5dollar daromad keltiradi.
Xususiy investisiyalarni rag‘batlantirish uchun foiz normasini tartibga soiish taklif etiiadi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdorini oshirish yo'li bilan foiz darajasini tartibga soiish imkoniyatiga ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish amalda inflatsiya (pulning qadrsizlanishi)ni qo‘llash demakdir, ammo bunda ssuda foizi kamayadi va pul ishlab chiqarishga qo‘yish uchun rag‘batlantiriladi.
To‘la bandlikni ta’minlash uchun faqat investisiyalarning emas, balki milliy daromadni ham tartibga soiish taklif etiiadi. Buni hal qilish vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi.
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bolgan «aralash
Iqtisodiyot» ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo‘q.
Keynsning iqtisodiy g‘oyalari birinchi navbatda «buyuk inqiroz» ta’siri ostida paydo bo‘ldi. 1929- 1933-yiilardagi bu buyuk inqiroz Amerikani larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga (50%) ga qisqardi. 17 mln odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana shunday sharoitda iqtisodiyotni qutqarishning muhim yo‘li - hukumat xarajatlari ekanligi ko‘rsatib berildi.
Keyns nazariyasining asoschisi J. M. Keyns erkin bozorda iqtisodiyotning inqirozdan chiqib ketishini chinakam ta’minlovchi mexanizmlar mavjud emasligi sababli davlat iqtisodiyotga aralashishi kerak, deb hisoblagan. Uning ta'kidlashicha, davlat talabni oshirish uchun bozorga ta'sir ko'rsatishi, shu bilan birga iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish, tsiklik tebranishlarni yumshatish, yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlari va bandlik darajasini saqlab qolish uchun moliyaviy bo'lmagan, pul-kredit regulyatorlaridan foydalanishi kerak. Jon M. Keyns investitsiyalarni bevosita tashkil etish uchun davlat mas’uliyatini tobora ortib boradi, deb taxmin qildi.
Dj.M.Keyns nazariyasi 1929-1933 yillarda bo‘lib o‘tgan buyuk depressiya deb nomlanuvchi inqirozdan chiqib ketish uchunyaratilgan nazariya bo‘lib, u 1940-1970 yillarda fanda yetakchilik qildi.
Keyinroq ushbu yo‘nalish Keynsning safdoshlari Dj.Xiks, A.Xansen, P.Samuel'son, A. Lerner, R. Masgreyv, G. Ekkli, U. Xeller, Dj. Pekmenlar tomonidan to‘ldirilgan va rivojlantirilgan.
Davlat moliyasi nazariyadan asos sifatida foydalanib, J.Keyns pul nazariyasining va pul-kredit munosabatlarini boshqarishga oid nazariyani taklif etdi. Dj.M.Keyns nazariyasining muhim asosini likvidlilikni Afzal ko‘rish konsepsiyasi tashkil etib, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar to‘lov zaxiralarini jamg‘arish bilan birga xo‘jalik yuritish shartlarining noaniqligi bilan bog‘liq risklar oldini olish uchun qo‘shimcha spekulyativ qoldiqni shakllantiradi. Bunday qoldiqlarning umumiy miqdori foizning bozor normasiga bog‘liq bo‘lib, Dj.M.Keyns fikriga ko‘ra, bu holat psixologik fenomen xisoblanadi. Muomaladagi pul miqdorini boshqarish orqali likvidlilikka ta'sir etib, davlat foiz normasini boshqarishi hamda investision jarayonlarni rag‘batlantirishi yoki cheklashi mumkin. Keyns foiz stavkasining qo‘shimcha pullarni emissiya qilishda va inflyasion jarayonlarni boshqarishda muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushungan. 1930 yillardagi inqiroz tajribasidan kelib chiqib, Dj.M.Keyns foiz normasi pul massasining o‘sishiga befarq bo‘lib qolishi mumkin degan xulosaga keladi. Bunday sharoit foiz normasini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan darajagacha pasaytirish mumkin bo‘lmagan holatga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu hodisa likvidlilik qopqoni nomini olgan. Dj.M.Keyns bunday holat yuz bergan vaqtda hukumatga xususiy capital yetishmovchiligini oldini olish uchun davlat byudjet xarajatlarini ko‘paytirishni maslahat bergan.
Jon.M.Keyns kontseptsiyasi hukumatga iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun tsiklik tebranishlar davrida fuqarolarning daromadlarini saqlab qolish mumkinligini taklif qildi. Buning uchun jamoat ishlari dasturlari va ishsizlarga to'lovlar, davlat sektorini kengaytirish, moslashuvchan soliq sxemalarini qo'llash taklif qilindi. Aholi bandligini kengaytirish uchun davlat korxonalaridan foydalanildi. Qiyinchilik tsiklik tebranishlarga kamroq moyil bo'lgan iqtisodiyotni qurish edi. Bunga qudratli davlat sektori mavjudligida erishish mumkin, deb taxmin qilingan edi. Keynscha yondashuv davlatning iqtisodiy rolini kengaytirish uchun nazariy asos bo'lib xizmat qildi [16].
Download 26.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling