Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


Download 0.5 Mb.
bet27/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

Musta = O’S
S
2. Moliyaviy barqarorlik koeffisienti o’z va qarz mablag’lari nisbatidir. U quyidagcha aniqlanadi:
Mbar.k = O’s
JS
3. Moliyaviy qaramlik koeffisienti moliyaviy qaramlik va moliayaviy qiyinchiliklar xavfining ko’payishi yoki kamayishini ko’rsatadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Mxar.k = S
O’s
Korxonaning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash uchun quyidagilar amalgam oshirilishi kerak:

  1. O’z mablag’lari ulushi butun xo’jalik mablag’lari summasida, shuningdek, aylanma mablag’larda oshirilishi kerak.

  2. Jalb qilingan mablag’lar ulushi qaytarilishi kerak.

  3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari kamaytirilishi kerak.

  4. Muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini tugatishga harakat qilish kerak.

4. Korxonalar xo’jalik faoliyatining moliyaviy holatiga baho berishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan biri bo’lib, korxonaning o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanish koeffisenti hisoblanadi. O’z aylanma mablag’lari jamini, aylanma mablag’larning jamiga bo’lish orqali ushbu koeffisent aniqlanadi, ammo o’z aylanma mablag’larhajmi balansda tayyor holda belgilangan emas, shuning uchun ushbu ko’rsatkichni hisoblash kerak bo’ladi.
Buni aniqlash uchun korxonaning o’z mablag’lari manbalarining jami summasiga uzoq muddatli majburyatlarni qo’shib, uzoq muddatli aktivlar jamini chegirib tashlash kerak. Shundan keyin xo’jalikning o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanish koeffisentini aniqlash mumkin. Buni quyidagicha aniqlaymiz.
Ko’z.m = P1 + U.M.Q.K – A1
A2
Bu yurda P1 – o’z mablag’larining jami summasi, U.M.Q.K – uzoq muddatli qarzlar va kreditlar. A1 - uzoq muddatli aktivlar jami, A2 – aylanma aktivlar jami.
Ushbu ko’rsatkich 0,1 koeffisentdan kam bo’lmasligi kerak. Bu ko’rsatkich ham yil boshi va yil oxiriga aniqlab olingandan keyin solishtirish orqali tahlil qilinadi. Bukoeffisentning o’zgarishiga 4 ta omil ta’sir qiladi.

  1. O’z mablag’lari hajmining o’zgarishi.

  2. Uzoq muddatli qarzlar va kreditlarning o’zgarishi.

  3. Uzoq muddatli aktivlar hajmining o’zgarishi.

  4. Jami aylanma aktivlar hajmining o’zgarishi.

5. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyaviy ahvolini mustahkamlashning shart-sharoitlaridan biri bo’lib, hisob-kitob ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va moliyaviy intizomga qatiy rioya qilish hisoblanadi.
Ko’pgina korxonalarning moliyaviy ahvolining yomonlashuvi ko’p jihatdan katta hajmdagi debitorlik va kreditorlik qarzlarining to’planib qolishiga bog’liq bo’ladi. Debitorlik qarzlarining katta hajmda paydo bo’lishi korxona mablag’larining muomiladan chiqaradi, o’z aylanma mablag’larining yetishmovchiligiga sabab bo’ladi, natijada kreditorlik qarzining oshishiga sabab bo’ladi, bularning hammasi moliyaviy ahvolga salbiy ta’sir qiladi.
Korxona tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarga to’lash zarur bo’lgan majburiyatlar kreditor qarzlar dab, korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan to’lanishi zarur bo’lgan majburiyatlar esa debitorlik qarzlari deb tushuniladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining mavjud holatini o’rganish asosida ular bo’yicha aylanish davrini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash asosida moliyaviy holatni yaxshilash tahlilning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tahlil qilishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tarkibiy tuzilishiga, tashkil topish muddatlariga, dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining hosil bo’lish munosabati bilan bog’liq moliyaviy ahvolning yomonlashuvi davlatning moliyaviy holatiga aks etadi, chunki bularning barchasi byudjetga to’lovlarning kelib tushmasligiga, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishiga, Tovar aylanish hajmining kamayishiga, kassa rejasining bajarilmasligiga olib keladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilishda quyidagilarga amal qilish kerak:

  1. Yil boshiga va yil oxiriga bo’lgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini aniqlash.

  2. Ularni bir yildagi va qator yillar dinamikasidagi farqini hisoblab chiqish.

  3. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tarkibini aniqlash.

  4. 2-a shakl “Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma “ ma’lumotlari bo’yicha muddati o’tgan debitorlik qarzlari ulushini, shuningdek uni respublika hududidan tashqarida ayrim davlatlarda paydo bo’lishini aniqlash.

  5. Ularni paydo bo’lish vaqti va sabablarini aniqlash, ularni undirish va to’lash choralarini ko’rish.

  6. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.

Debitorlik va kreditorlik qarzlarini undirish muddati 90 kun qilib belgilangan. Muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari davlat tomonidan nazoratga olinadi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish muddati qonun bilan 3 yil qilib belgilangan. Ushbu qarzlar holatini tahlil qilishda asosiy ma’lumot 2-a shakl “ Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida “ gi ma’lumotnomadan foydalaniladi.
Tayanch iboralar.

    • Moliyaviy holat

    • Buxgalteriya balansi

    • Balans aktivi

    • Balans passive

    • Majburiyatlar

    • Moliyaviy mustaqillik

    • Moliyaviy barqarorlik

    • To’lovga qodirlik

    • O’z mablag’lari

    • Qarz mablag’lari

    • Debitorlik majburiyatlari

    • Kreditorlik majburiyatlari.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling