Nazorat savollari.
1. Sanoat korxonasining moliyaviy holatini tahlil qilishdan maqsad ?
2. Tahlil qilishda qaysi ma’lumotlardan foydalaniladi ?
3. Tahlilda qaysi vazifalar bajariladi ?
4. Buxgalteriya balanslariningqanday turlari mavjud ?
5. Korxonaning mustaqillik, to’lovga qodirlik, moliyaviy barqarorlik koeffisentlari qanday aniqlanadi ?
6. Debitorlik qarzlari deb nimaga aytiladi ?
7. Kreditorlik qarzlari deb nimaga aytiladi ?
8. Moliyaviy holatni o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar qaysilar ?
Mavzu : Savdo korxonalarida tovar aylanish rejalarini bajarilishi va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning tahlili.
Reja :
Tahlilning maqsadi, vazifalari va manbalari.
Savdo korxonasida yillik tovar aylanish rejalarining choraklar va oylar bo’yicha bajarilishini tahlili.
Tovar aylanish rejalarining bajarilishiga ta’sir etuvchi omillarning tahlili.
Tovar zahiralarining tahlili.
1. Chakana savdoda tovarlarning aylanishi deb – aholiga, davlat va jamoa xo’jaliklari, tashkilotlar va korxonalarga sotiladigan xalq iste’moli tovarlarining pul shaklida ifodalangan hajmiga aytiladi. Chakana savdoda tovarlarning aylanish mohiyati aholiga tovarlar sotishga asoslangan holda iqtisodiy munosabatlar hamda uning pul daromadlarini xalq ist’mol buyumlariga almashtirish bilan ifodalanadi.
Chakana savdoda tovar aylanishining o’sishi sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining to’xtovsiz tez sur’atlarda ishlab chiqarilishiga hamda aholi pul daromadlarining ko’payishiga bog’liq.
Chakana savdoda tovar aylanishining rivojlantirilishi shahar bilan qishloq orasida, sanoat korxonalari bilan qishloq xo’jalik korxonalari o’rtasida iqtisodiy aloqalarni o’rnatadi.
Savdo korxonalari ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni sotib olib aholiga yetkazib beradi. Davlat va kooperativ chakana savdoda tovarlarning aylanishi quyidagilarni o’z ichiga oladi :
Tovarlarni chakana savdo tarmoqlarida naqd pulga sotish.
Tovarlarni aholiga bir necha muddatlarda to’lash sharti bilan kreditga sotish.
Mayda ulgurji savdo.
Chakana savdoda tovar aylanishining ahamyati shundan iboratki, tovarlarni sotish yo’li bilan aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi, tovarlarni asosiy qismi, ya’ni 90% dan ortig’i aholiga yetkazib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |