Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


T/r Ko’rsatkichlar


Download 0.5 Mb.
bet33/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

T/r



Ko’rsatkichlar



Reja

Haqiqiy tovar aylanish rejasining bajarilishi bo’yicha hisobga olingan



Haqiqiy

Tafovut
( + ; - )

Rejani bajarilish
% i

1.


2.


3.


a)


b)
v)


g)
d)
e)

Chakana tovar aylanish hajmi ( m.s )
Muomila xarajatlari:
Jami:

    • summaga

    • % ga

Tovar aylanish hajmiga bog’liq muomila xarajatlarining jami (m.s)
Shu jumladan.
Temir yo’l, suv, havo, transport xarajatlari.
Ishlab chiqarish xarajatlari.
Tovarlarni saqlash va saralash xarajatlari.
Bank kreditidan foydalanganlik uchun % to’lovlari.
Tovar moddiy boyliklarini saqlashda, tashishda va sotish xarajatlari.
Tara uchun xarajatlar.



132400


24889,8
18,8


20312
3172


10860


2320


540
1500


1920

X


X
X


18689
2918,60


9992,29


2134,63


496,85
1380,15


1766,59



121824


25215,1
20,7


20845
3195


10930


2522


560
1660


1978



- 10576


+ 325,3
+ 1,9


+ 533
+ 23


+ 70


+ 202


+ 20
+ 160


+ 58

92,01


X
X


X
X


X


X


X
X


X

Jadval ma’lumotlari asosida chakana tovar aylanish hajmi 10576 m.s ga kamaygan va topshiriq92,01 % bajarilgan. Muomala xarajatlari summasi 325,3 m.s ga oshgan, Uning % i ham 1,9 % ga oshgan. Tovar aylanish hajmiga bog’liq muomala xarajatlari ham rejaga nisbatan 533 m.s ga oshgan. Xarajatlar tarkibidagi tovarlarni saqlash va saralash xarajatlarining202 m.s ga oshishi va moddiy boyliklarni saqlash xarajatlari 160 m.s ga oshishi hisobiga xarajatlar ko’paygan.




3. Muomala xarajatlari summasini topish uchun tovar oborot hajmini muomala xarajatlari darajsiga ko’paytirish kerak.


MX = TO x MXD

Muomala xarajatlari darajsini aniqlaymiz. Buni aniqlash uchun muomala xarajatlar summasini, chakana tovar aylanish hajmiga bo’lish va 100 ga ko’paytirish kerak bo’ladi :




MXD = MX · 100
TO
Muomala xarajatlari darajasi savdo korxonasining moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish samarasini ifodalaydi.
Muomala xarajatlari darajasi qanchalik kam bo’lsa, foyda shunchalik yuqori bo’ladi. Shundan keyin xarajatlarni har bir moddasi bo’yicha tahlil qilish kerak bo’ladi.
Muomala xarajatlarining summasining o’zgarishiga turli omillar ta’sir qiladi, lekin tahlil jarayonida bu omillarni umumlashtirib yirik ikki omilga bo’lish mumkin:

  1. Tovar aylanish hajmining o’zgarishi.

  2. Muomala xarajatlari o’rtacha darajasining o’zgarishi.

Tovar aylanish hajmi o’zgarishining muomala xarajatlari summasining o’zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun hisobot davridagi tovar aylanish hajmini rejadagidan farqini rejadagi muomala xarajatlarining o’rtacha darajasiga ko’paytirilib 100 ga bo’linadi.
Muomala xarajatlari o’rtacha darajasining o’zgarishini muomala xarajatlari summasining o’zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun hisobot davridagi muomala xarajatlarining o’rtacha darajasi farqini hisobot davridagi Tovar aylanish hajmiga ko’paytirib 100 ga bo’linadi.
Yuqoridagi omillardan tashqari muomala xarajatlari darajasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan omillar, tovar narxining o’zgarishi, tovarni transporga ortib tushirish bilan bog’liq bo’lgan omillar.
Muomala xarajatlarining o’rtacha darajasini o’zgarishiga tovar aylanish hajmini tarkibi, yuzilishini o’zgarishi ham ta’sir qiladi. Buni aniqlash uchun tovar guruhlari bo’yicha tovar aylanishini ulushi bo’yicha farq rejalashtirilgan muomala xarajatlarini o’rtacha darajasiga ko’paytirib foiz hisobidagi sonlarning yig’indisi 100 ga bo’linib, hisobot davridagi tovar aylanish hajmiga ko’paytiriladi.
Muomala xarajatlari darajasining o’zgarishiga tovarlarga qo’yiladigan chakana baholarning o’zgarishi, savdo shaxobchalaridagi, ombordagi va yo’ldagi tovarlarning tez aylanish, savdo korxonalariga tashqaridan xizmat qiladiga ishlar uchun belgilangan ta’rif darajalarining o’zgarishi, ilg’or shakillarni qo’llash, mayday savdo korxonalarini yiriklashtirish kabi tadbirlar o’z navbatida muomala xarajatlarini pasaytirishga olib keladi.


4. Mehnatga haq to’lash fondi savdo korxonalari shtatini aniqlashni ifodalovchi xo’jalik faoliyatining eng muhim ko’rsatkichlaridan biridir.
Mehnatga haq to’lash fondidan foydalanishni tahlil qilishning dastlabki bosqichi bu fondni tejalishiga yoki ortiqcha xarajat qilinganligiga baho berisgdir.
Mehnatga haq to’lash fondini tahlil qilishdan asosiy maqsad: mehnatga haq to’lash fondining to’g’ri sarflanishini: mehnatga haq to’lash fondi bo’yicha mutloq va nisbiy tejalgan va oshiqcha sarflarni hisoblab chiqib ularga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash.
Mehnat unumdorligini o’sish darajasi bilan ish haqi fondining o’sish darajsi o’rtasidagi munosabatni aniqlashdan iborat.
Mehnatga haqi fondini tahlil qilishda statistik hisobot, mehnat haqi hisoblash qaydnomalari va reja ma’lumotlari mehnat haqi fondini tahlil qilish manbalari bo’lib hisoblanadi.
Sotuvchilarni mehnat haqi fondi bo’yicha nisbiy tejalgan yoki ortiqcha sarflarni aniqlash kerak bo’ladi. Mehnat haqi fondining o’zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  1. Tovar aylanish hajmining o’zgarishi.

Bu omilning ta’sirini aniqlash reja bo’yicha belgilangan mehnat haqi fondi tovar aylanish rejasining ortiqcha yoki kam bajarilgan foiziga ko’paytirib 100 ga bo’linadi.

  1. Sotuvchilarning soni bo’yicha nisbiy farqning o’zgarishi.

Bu omilning ta’sirini topish uchun, avvalo sotuvchilar sonini Tovar aylanish rejasining bajarilish foiziga ko’paytirilib, 100 ga bo’linadi, keyin chiqqan natijani haqiqatda ishlagan sotuvchilar soni bilan taqqoslanadi.

  1. Bitta sotuvchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mehnat haqi miqdorinig o’zgarishi. Bu omilning ta’sirini aniqlash uchun bitta sotuvchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mehnat haqida bo’lgan farqni hisobot davridagi sotuvchilar soniga ko’paytiriladi.

Xodimlarning soni va malaka tarkibi bo’yicha shtat jadvalining buzilishi natijasida to’lov summalarida o’zgarishlar paydo bo’lishi mumkin. Sotuvchilarning mehnat haqi fondidan foydalanish darajasiga baho berilgandan so’ng yordamchi xizmat ko’rsatuvchi va ma’muriy boshqaruv xodimlarining mehnat haqi qanday foydalanilayotganligini tekshirish kerak.
Mehnat haqi fondining o’zgarishiga 2 ta omil ta’sir qiladi :

  1. Mehnat haqi stavkasini o’zgarishi. Bu omilning ta’sirini aniqlash uchun bitta savdo xodimiga to’g’ri keladigan o’rtacha mehnat haqi stavkasi bo’yicha mutloq farq xisobot davridagi xodimlar soniga ko’paytiriladi.

  2. Mehnat unumdorligining o’sish darajasi bilan bitta savdo xodimiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mehnat haqi fondining o’sish munosabatlari o’rganilishi kerak bo’ladi.

Chunki mehnat unimdorligi darajasi har doim mehnat haqi fondining o’sish darajasidan oldinda bo’lishi kerak.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling