Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


Download 0.5 Mb.
bet34/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

Tayanch iboralar.



    • Muomila xarajatlari.

    • O’zgaruvchan muomila xarajatlari.

    • Shartli-doimiy muomila xarajatlari.

    • Xarajatlar summasi

    • Xarajatlar hajmi

    • Mehnat haqi fondi

    • Xarajatlarga ta’sir qiluvchi omillar.

Mavzu: Qishloq xo’jalik korxonalarida yalpi daromad olish rejasini bajarilishini tahlili.


Reja:

  1. Tahlilning maqsadi, vazifalari va manbalari.

  2. Qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulot sotishdan olingan yalpi daromad rejasining bajarilishi va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning tahlili.

  3. Qishloq xo’jalik mahsuloti rentabelligini tahlili.



1. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni samaradorlik ko’rsatkichlari orasida yalpi va tovar mahsulotlari muhim o’rinni egallaydi, chunki mahsulotlarni ko’plab tayyorlash va davlatga sotish yalpi hamda Tovar mahsulotlarining ko’payishi bilan chambarchas bog’liqdir.
Yalpi mahsulo deb – xo’jalikda ma’lum muddatda ya’ni yil davomida o’simchilik, chorvachilik va boshqa tarmoqlarda yetishtirilgan mahsulotlarga aytiladi. Xo’jalikda yetishtirilgan yalpi mahsulot natural va qiymat ko’rinishida hisobga olinadi. Yalpi mahsulot qiymati xajmini aniqlashda davlat xarid narxlari hamda tannarx qo’llaniladi. Xo’jalikda yalpi mahsulotning hammasi sotilmaydi, uning ma’lum qismi xo’jalikda qoladi. Xo’jalikdan tashqariga chiqarilgan mahsulot tovar mahsuloti deyiladi.
Qishloq xo’jalik korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlarning ko’pgina qismi xo’jalikning o’zida iste’mol qilinadi. Shuning uchun qishloq xo’jalik mahsulotlarining tovariylik darajasi aniqlanadi.


TD = TM . 100
YM
Tahlil qilishda quyidagi vazifalar amalgam oshiriladi.

  1. Mahsulotlarning turlari bo’yicha sotish jarayonini o’rganish.

  2. Sotilgan mahsulotlar hajmi dinamikasining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash.

  3. Mahsulot sotishdan olingan foyda va o’zgarishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash.

  4. Mahsulot sotish bo’yicha rentabellikni o’zgarishini va ushbu o’zgarishga omillar ta’sirini hisoblash.

  5. Mahsulot sotishdan olingan foydani ko’paytirish va rentabellik darajasini oshirish imkonyatlarini aniqlash, bu imkoniyatlaridan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Tahlil qilishda quyidagima’lumotlardan foydalaniladi:

  1. Buxgalterya hisobining 9000 va 9100 schotlarining ma’lumotlari.

  2. Buxgalterya hisoboti tarkibidagi “ Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish “ to’g’risidagi hisobot.

  3. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari.

  4. Statistik hisobot tarkibidagi “ Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish “ to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari.

  5. Biznes – reja ma’lumotlari.

2. Foyda ishlab chiqarish jarayonida tashkil topadi, ammo u tovarlar sotilgandan keyin aniq namoyon bo’ladi, yuzaga keladi. Sotilgan mahsulotlarning har bir turi bo’yicha yalpi foydani aniqlash sotishdan tushgan sof tushumdan sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini chegirib tashlash kerak, ya’ni yalpi foydani aniqlashda quyidagi formuladan foydalanamiz.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling