Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
- Sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishining tahlili.
Tayanch iboralar.
-Hisobot -Noto’g’ri ma’lumot -Nazorat qilish -Ko’rsatkichlar -Zarar -Buxgalterya hisoboti -Statistik hisobt -Tezkor hisobot -Yo’riqnoma -Inventarizatsiya -Huquqiy shaxs -Registorlar Nazorat savollari. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining hisobot turlari to’g’risidagi farmoni qachon qabul qilingan? Xisobchilarning asosiy vazifalari nima ? Hisobot tuzish va topshirish davriga ko’raqaysi turlarga bo’linad ?. Manbaiga ko’ra qaysi turlarga bo’linadi ? Kiritilgan xo’jaliklar soniga qarabchi ? Oylik xisobot turlari qaysilar ? Xisobotlar qayerlarga topshiriladi ? Hisobotlar nimaga asoslanib tuziladi ? Inventarizatsiya deganda nimani tushunasiz ? Inventarizatsiya necha xil bo’ladi ? Hisobotga nimaga asoslanib tuzatish kiritiladi ? Mavzu: Sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishining tahlili. Reja: 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilishning ahamiyati, vazifalari va ma’lumot manbalari. 2. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni ifodalovchi ko’rsatkichlar. 3. Mahsulot sifati va maromiyligini tahlili. 4. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarning tahlili. 1. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalari iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ahamyatga ega. Sanoat korxonalari – aholining moddiy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun ko’p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun har bir korxona o’z oldiga maqsad qo’yib oladi. Shu maqsadni amalgam oshirish uchun rejalar tuzib oladilar. Korxonalarni o’z oldiga qo’yib olgan maqsadlari ishlab chiqarish dasturlarida o’z aksini topadi. Shuning uchun birinchi navbatda ishlab chiqarish dasturlarining bajarilishi tahlil qilinadi. Bu dasturni bajarilishining tahlil qilishni ahamyati shundan iboratki korxonaning ushbu dasturlarni qay darajada bajarilishini aniqlash, korxona qanday mahsulot ishlab chiqaryapti, kimga va qayerga sotyapti degan savollarga javob berish mumkin bo’ladi. Tahlil qilishdan asosiy maqsad bozor iqtisodiyoti talablari asosida mahsulot ishlab chiqarish, sotish jarayoni qo’llashni kengaytirish va hajmini ko’paytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, hamda samaradorligini oshirish uchun mavjud bo’lgan ammo foydalanilmay yotgan imkonyatlarni aniqlash hisoblanadi. Sanoat korxonasining ishlab chiqarish dasturlarini bajarilishini tahlil qilishda quyidagi vazifalar amalgam oshiriladi. Mahsulot ishlab chiqarish dasturlarini bajarilishiga baho berish. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini tahlil qilish. Haqiqiy ma’lumotlarni reja va o’tgan yil ma’lumotlari bilan solishtirish. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish hajmini oshirish imkonyatlarini hisoblsh. Ishlab chiqarish maromiyligi va mahsulot sifatini doimiy nazorat qilish. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini strukturaviy o’zgarishlarni baholash. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni ko’paytirish bo’yicha ichki imkonyatlarni korxona faoliyatiga jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish. Tahlil qilishda quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi: “ Ishlab chiqarilgan mahsulot turlari bo’yicha sanoat korxonasining statistic hisoboti “ Sanoat mahsulotlarini sotish to’g’risidagi statistic hisobot. ( 25-shakl ) Korxona moliyaviy faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risidagi statistik hisobot. ( 1- f-shakl ) Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot. ( 2-shakl ) Tovar mahsulotlari balansi. Biznes- reja. 2. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini ifodalovchi ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: Yalpi mahsulot. Tovar mahsuloti. Sotish hajmi. Yalpi mahsulot ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarni o’z ichiga oladi. Uning tarkibiga tayyor mahsulot, chetga chiqarilgan va o’z kapital ta’mirlash uchun sarflangan yarim tayyor mahsulotlar, chetga chiqarilgan elektr energiya, ko’rsatilgan xizmat, tugallanmagan ishlab chiqarish hamda buyurtmachining hom-ashyosidan tayyorlangan mahsulot qiymati kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling