Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
Tovar mahsuloti – chetga chiqarish uchun mo’ljallangan mahsulotdir.
U tarkibi jihatidan yalpi jihatidan yalpi mahsulot bilsn bir xil ko’rinishga ega, ammo uning tarkibiga tugallanmagan ishlab chiqarish va buyurtmachining hom-ashyosidan tayyorlangan mahsulot qiymati kirmaydi. Sotish hajmi ishlab chiqarish jarayonining so’ngi bosqichidir. Sotish tovar pul jarayonlarini tezlashtirishga pul muomilasini tezlashtirishga ta’sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish dasturining bajarilishini tahlil qilish qiymat va natural ko’rinishida olib boriladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar shartnoma asosida sotiladi. Shartnoma – bu korxonalar o’rtasida tuziladigan bitimdir. Bunda mahsulot yetkazib bergan korxona xaridor korxonaga o’zaro kelishishilgan assortimentdagi, miqdor va sifatdagi mahsulotni o’z muddatida topshirishini xaridor esa uni qabul qilishi va haqqini to’lash majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Agar majburyatlarga amal qilinmasa mahsulot yetkazib beruvchi korxona javobgar bo’lib, iste’molchi ko’radigan zararni qoplaydi hamda jarima to’laydi. Mahsulot yetkazib berish intizomi korxonalarning o’zigagina bog’liq emas, balki moddiy texnika ta’minotiga, transport va boshqalarga ham bog’liqdir. Ishlab chiqarish dasturlarni natural ko’rinishi deganda ularning nomenklaturasi va assortimenti tushuniladi. Mahsulot nomenklaturasi natura hamda mahsulot guruhlari, kichik guruhlarini rejalashtirishda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro’yxatdir. Mahsulot assortimenti turlari, xillari, navi, razmeri, marka, artikillariga qarab ajratiladigan mahsulot tarkibidir. Tahlil qilishda o’rtacha assortiment rejasini bajarilishi aniqlanadi. Mahsulot nomenklaturasi va assortimentini tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalaniladi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling