Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- YaF = ST – Mt Bu yerda YaF
R = F · 100
Mtt Rentabellik nisbiy ko’rsatkich bo’lib u % bilan aniqlanadi.Tahlil qilishdan asosiy maqsad sanoat korxonasining moliyaviy faoliyati bo’yicha moliyaviy natijalarni chuqur va o’zaro bog’liqlikda o’rganish asosida foydani jami turlarini ko’paytirish uchun zarur bo’lgan barcha imkoniyatlarni topish, aniqlash hisoblanadi.Tahlilning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarishi kerak bo’ladi: 1. Foyda va rentabellik ko’rsatkichlarining reja bajarilishini tahlil qilish. 2. Ularning dinamikasini tahlil qilish. 3. Foyda va rentabellik turlarini tahlil qilish. 4. Foydani taqsimlanishini tahlil qilish. 5. Foyda va rentabellikka ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash. 6. Foyda summasini va rentabellik darajasini oshirish bilan bog’liq bo’lgan imkoniyatlarni aniqlash va bu imkoniyatlardan foydalanish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish. Tahlilni amalga oshirishda quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi : Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ( 2-shakl ma’lumotlari ). Sanoat mahsulotlarini sotish to’g’risidagi statistik hisobot. Korxona moliyaviy faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risidagi hisobot. Korxona sarf xarajatlari to’g’risidagi hisobot. 2. Foyda iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko’rsatkichlaridir. Foyda olgan sari xo’jalik moliyaviy jihatdan mustahkamlanib boradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “ Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakillantirish tarkibi to’g’risidagi Nizom” da foyda ( zarar ) ning besh turi bayon qilingan. 1.Mahsulo sotishdan olingan yalpi foyda. Bu foydani aniqlash uchun mahsulot sotishdan olingan sof tushumdan, sotilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini chegirib tashlash kerak: YaF = ST – Mt Bu yerda YaF- yalpi foyda, ST-sotishdan oligan sof tushum, Mt –mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi. 2.Asosiy faoliyatdan olingan foyda. Bu foydani aniqlash uchun mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydaga asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromadlarni qo’shib, davr xarajatlari bilan asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlarni chiqarib tashlash kerak. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling