Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


AsFF = YaF + BD - ( DX+BZ )


Download 0.5 Mb.
bet21/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

AsFF = YaF + BD - ( DX+BZ )
Bu yerda AsFF- asosiy faoliyat foydasi, BD- asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromadlar, DX – davr xarajatlari, BZ- asosiy faoliaytning boshqa jarayonlaridan ko’rgan zarar.
3.Umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda ( zarar ). Buni aniqlash uchun asosiy faoliyatdan olingan foyda summasiga moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlarni qo’shib, moliyaviy faoliyatidan ko’rilgan zararni chegirib tashlash kerak.
UmFF = AsFF + MFF – MFZ
Bu yerda UmFF- umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda, MFF- moliyaviy faoliyatidan olingan foyda, MFZ - moliyaviy faoliyatidan ko’rilgan zarar.
4.Soliq to’lashdan olingan foyda. Buni aniqlash uchun umumxo’jalik faoliyatidan olingan foydaga favqulodda olingan foydani qo’shib, favqulodda ko’rilgan zararni chegirib tashlash kerak bo’ladi.
Stof = Umff + Ff –Fz
Bu yerda Stof – soliqlarni to’lashdan olingan foyda, Ff – favqulodda foyda, Fz – favqulodda zarar.
5.Sof foyda. Buni aniqlash uchun soliq to’lashdan oldingi foyda solig’i va boshqa soliqlarni chegirib tashlash kerak.
Sf = Stof – Fs – Bs
Bu yerda Sf – Sof foyda, Fs – foyda solig’i, Bs – boshqa soliqlar.
Rentabellik – Korxonaning foydalilik darajasini xarakterlaydi. Rentabellik darajasi qancha oshsa xarajatlar, resurslar, kapitallardan foydalanish samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. Rentabellikning bir qancha turlari hisob-kitob qilinadi:
1. Ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan rentabellik.
R = Sof foyda . 100 %
Ishlab chiqarish xarajatlari

Bu ko’rsatkich bir so’mlik ishlab chiqarish harajati hisobiga olingan foyda summasini xarakterlaydi.


2. Asosiy vositalar rentabelligi. Buni aniqlash uchun sof foyda summasini asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi.
R = Sof foyda . 100 %
Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati

Bu rentabellik har bir yoki ming so’mlik asosiy vosita hisobiga to’g’ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi.


3. Sotish bo’yicha rentabellik. Buni aniqlash uchun sotishdan olingan foyda summasini, sotishdan olingan tushum summasiga bo’lish orqali aniqlanadi.


R = Sotishdan olingan foyda . 100 %

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling