Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


Sotishdan olingan tushum summasi


Download 0.5 Mb.
bet22/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

Sotishdan olingan tushum summasi

4. Aylanma aktivlar rentabelligi. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun sof foyda summasini, aylanma aktivlarning o’rtacha yillik qiymati summasiga bo’lish kerak.




R = Sof foyda . 100 %
Aylanma aktivlar o’rtacha yillik qiymati
5. Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich korxona mulikning foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkich bir so’mlik mulkka to’g’ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.
R = Sof foyda . 100 %
Korxona mulki jami
6. O’z mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’larning foydalilik darajasini xarakterlaydi.


R = Sof foyda . 100 %
Korxona o’zlik mablag’lari

7. Qarz mablag’lari rentabelligi. Bu ko’rsatkich korxona sof foydasini qarzga olingan mablag’lariga nisbati asosida aniqlanadi.




R = Sof foyda . 100 %
Qarz mablag’lar jami

8. Asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va moddiy aylanma mablag’lari o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi.


R = Sof foyda . 100 %
Asosiy va aylanma mablag’lar o’rtacha yillik qiymati


3. Mahsulot sotishdan olinadigan foyda summasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi :

  1. Mahsulotni sotish hajmi

  2. Korxona ulgurji mahsulot bahosi

  3. Sotilgan mahsulot tannarxi

  4. Sotilgan mahsulot tarkibi

1. Mahsulotni sotish hajmini ta’sirini aniqlash uchun birinchi navbatda mahsulot sotish rejasini necha % ga bajarilganligianiqlash kerak. Ikkinchidan chiqarilgan natijadan 100 ni ayirish kerak. Uchinchidan natijani ko’zda tutilgan foyda summasiga ko’paytirib 100 ga bo’lish kerak.
2. Bahoni ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdagi mahsulot bahosidan rejadagi mahsulot bahosi ayriladi.
3. Tannarxni ta’sirini aniqlash uchun haqiqatdan rejadagi tannarx summasi ayirib tashlanadi.
4. Mahsulot tarkibi ta’sirini aniqlash uchun foyda summasi tafovutidan yuqoridagi omillarni yig’indisi ayirib tashlanadi.
Rentabellik o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ularda qatnashuvchi birliklarga nisbatan belgilash mumkin. Mahsulotni sotishga nisbatan rentabellik o’zgarishiga sotishdan olingan yalpi foyda summasining o’zgarishi va sotishdanolingan tushumlar summasining o’zgarishi ta’sir etsa, asosiy vositalar rentabelligiga korxona sof foydasining o’zgarishi va asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi, umumiy rentabellikka bir so’mlik tushumga to’g’ri keladigan sof foyda summasining o’zgarishi, asosiy vositalarning qiymatini o’zgarishi va moddiy aylanma mablag’larqiymatining o’zgarishlari t’sir qiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling