Tahlil qilishda asosiy maqsad – moliyaviy faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab, mablag’lardan yanada to’g’ri foydalangan holda hisob-kitob tartibini mustahkamlashga qaratiladi.
Moliyaviy holatni tahlil qilishda asosiy manbalar bo’lib, quyidagi axborotlar hisoblanadi:
Buxgalteriya balansi ( 1-shkil ).
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ( 2-shkl )
Asosiy vositalar xarakati to’g’risidagi hisobot ( 3-shakl )
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ( 4-shakl )
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot ( 5-shakl )
Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma ( 2-a shakl )
2. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakillaridan biri hisoblanadi. U korxona mablag’larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul mablag’larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan iborat bo’ladi.
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo’lib, ular quyidagi belgilar bo’yicha tavsiflanadi: tuzilish vaqti, axborot hajmi, mulikchilik shakli, aks ettirish ob’ekti, tozalsh usuli.
Tuzilish vaqtiga qarab buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo’lish va birlashtirish blanslari bo’lishi mumkin.
Kirish balansi korxonaning paydo bo’lish vaqtida tuziladi. U korxona o’z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi.
Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatda mavjud bo’lgan vaqt mobaynida vaqti-vaqti bilan tuzib turiladi.
Tugatish balanslari korxona tugatilganda tuziladi.
Bo’lish balanslari yirik korxona bir necha mayda korxonalarga bo’linish vaqtida yoki shu korxonaning bir yoki bir necha tarkibiy bo’linmasini boshqa korxonaga berish vaqtida tuziladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bor korxonaga birlashganda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |