Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


Axborot hajmi bo’yicha balanslar


Download 0.5 Mb.
bet25/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

Axborot hajmi bo’yicha balanslar bir martalik va yig’ma balanslarga bo’linadi.
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat, kooperativ, o’z, aralash va qo’shma korxonalar, shuningdek jamoa jamoa tashkilotlari balanslari farqlanadi.
Aks ettirish ob’ektiga ko’ra balanslar mustaqil va alohida balansga bo’linadi.
Tozalsh usuliga ko’ra balanslar balans brutto va balans nettoga ajratiladi.
Balans ikki qismdan iborat :

  1. Aktiv

  2. Passiv

Balans aktivi ikki bo’limdan iborat.
1-bo’lim: Uzoq muddatli aktivlar.
2-bo’lim: Aylanma ( joriy ) aktivlar.
Balans passivi ikki bo’limdan iborat.
1-bo’lim: O’z mablag’lari manbalari.
2-bo’lim: Majburiyatlar.
Balansning aktiv va passiv tomonlari o’zaro teng bo’ladi. Korxonaning moliyaviy holatini ifodalochi barcha ko’rsatkichlar buxgalteriya balansi – netto moddalari asosida aniqlanadi va tahlil qilinadi. Buxgalteriya balansi aktividagi moddalar “ Mablag’larni pul shaklida aylanish tezligi belgisi bo’yicha, passividagi moddalar esa “ “ Majburiyatlarning to’lov muddati darajasi “ belgisi bo’yicha mahsus guruhlarga bo’lib o’rganiladi.
Buxgalteriya balansi asosida birinchi navbatda korxonaning umumiy moliyaviy holatiga baho beriladi. Buning uchun korxonaning mulik
( aktivlari ), kapitali va majburiyatlari ( passivlari ) ni tarkibi va tarkibiy tuzilish hamda ularning o’zgarishi tahlil qilinadi. Tahlilda korxona aktivlari va passivlari, ulardagi umumiy va tarkibiy o’zgarishlar balansning har qaysi tomoni bo’yicha alohida o’rganiladi. Gorizantal usul yordamida aktivning har bir bo’limi va har bir moddasi bo’yicha yil oxiridagi summasini, yil boshidagi summasiga solishtirib, mutloq va nisbiy o’zgarish aniqlanadi. Balans aktivi va passivi bo’yicha moliyaviy holatning tarkibini tahlil qilish bilan birgalikda ularning tarkibiy tuzilishi ham o’rganiladi. Buning uchun avvalo har bir bo’lim va moddalarning balans jamiga nisbatan salmog’i aniqlanadi va tahlil qilish katta ahamyat kasb etadi.
3. Moliyaviy mustaqillik koeffisinti sanoat korxonasining moliyaviy ahvoliga baho berishdagi asosiy nisbiy ko’rsatkichlardan biridir. Bu koeffisint korxona o’z mablag’lari manbalarining balansi jamiga nisbati tariqasida aniqlanuvchi nisbiy ko’rsatkichdir. Boshqacha aytganda bu koeffisintni aniqlash uchun korxonaning o’z mablag’lari manbalari jami summasi balansning jami summasiga bo’lish kerak.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling