Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar Chakana tovar aylanish hajmi m.s Salmog’i
Tovar aylanishi rejaning choraklar bo’yicha bajarilishining tahlili natijasi shuni ko’rsatadiki, yil davomida birorta chorakda ham reja bajarilmagan, lekin I va III choraklar bo’yicha ish koiffitsenti rejasi bajarilgan, ammo reja bo’yicha tovar aylanish summasining yuqori bo’lishi natijasida bir me’yorda ishlash koiffitsenti 98,2 % ni tashkil etdi. Oylar bo’yicha tovarlar aylanishini bir maromda bo’lishi ham tahlil qilinadi. Tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
Jadval ma’lumotlariga asosan reja topshirig’i 99,7 % ga bajarilgan, lekin tovarlarni bir maromda sotish ya’ni maromiylik koeffitsenti 99,2 % ga bajarilgan. Maromiylik koeffitsentini topish uchun quyidagi formuladan foudalanamiz: Mk= R.B.K.Q · 100 Reja Bizning misolimizda maromiylik 0,8 % ga buzilgan. Maromiylik koeffitsenti 1 ga yaqin bo’lishi kerak. Birdan qancha uzoq bo’lsa maromiylik buzilganidan dalolat beradi. Tovar aylanish rejasining bajarilishiga umuman baho bergandan so’ng tovarlar aylanish hajmining o’zgarishiga ( reja bajarilmasligiga ) ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’rganish kerak bo’ladi: Tovarlarning aylanish hajmiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish jarayonida ushbu omillarni uchga bo’lib o’rganamiz. Tovar zahiralari bilan bog’liq bo’lgan omillar. Savdo korxonalarining ishchi kuchi bilan ta’minlanish va mehnat unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan omillar. Savdo korxonalarining asosiy fondlari bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan omillar. Tahlil jarayonida yuqorida aytilgan omillar alohida-alohida tahlil qilinmasa ham ular hammasi bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat resurslari bilan yetarli darajada ta’minlanish va ulardan samarali foydalanish tovar aylanish hajmining o’sishiga ijobiy ta’sir qiladi. Bu omillar quyidagilardan iborat. Sotuvchilar sonining o’zgarishi. Bitta sotuvchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish kunlarining o’zgarishi. O’rtacha ish kuni davomiyligining o’zgarishi. Birinchi omilning o’zgarishini aniqlash uchun sotuvchilar soni bo’yicha mutloq farq rejadagi bitta sotuvchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish kunlariga va o’rtachi ish kuni davomiyligiga ko’paytiriladi. Ikkinchi omilning ta’sirini aniqlash uchun o’rtacha yillik ish kunlari bo’yicha mutloq farq hisobot davridagi sotuvchilar soniga va rejadagi o’rtacha ish kunining davomiyligiga ko’paytiriladi. Uchinchi omilning ta’sirini aniqlash uchun o’rtacha ish kunining davomiyligi bo’yicha mutloq farq hisobot davridagi sotuvchilar soniga va o’rtacha yillik ish kunlariga ko’paytiriladi.
Savdo korxonalarining savdo xodimlari bilan ta’minlanishini tahlil qilishda quydagi jadvaldan foydalaniladi. Jadval ko’rsatkichlaridan ma’lumki hisobot davrida xodimlarning ro’yxatdagi soni 18 kishiga qisqargan. Bu qisqarish asosan yordamchi xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning kamayishi hisobiga ro’y bergan. Tahlil natijasi shuni ko’rsatadiki, korxona ishchi kuchi bilan yetarli darajada ta’minlanmagan va oqibatda tovar aylanish rejasi 92 % ga bajarilgan. Tovar aylanish hajmining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar bir qancha bo’lib, ular quyidagilardan iborat: Sotuvchilar sonining o’zgarishi, o’rtacha yillik ish kunlarining o’zgarishi, o’rtacha ish kunining davomiylagini o’zgarishi va o’rtacha bir soatga to’g’ri keladigan tovar aylanish hajmining o’zgarishi. Mehnat unumdorligining o’sishi xalq xo’jaligida alohida ahamyat kasb etadi. Mehnat unumdorligining o’sishi o’z navbatida muomila doirasida bo’lgan tovar zaxiralarining aylanish vaqtini qisqartirishga, muomila xarajatlarini kamaytirishga, rentabellik darajasini oshirishga va oqibat natijada, korxonaning samaradorlik darajasini oshirishga olib keldi. Mehnat unumdorligining o’zgarishiga ikkita omil ta’sir qiladi: Sotuvchilar sonining savdo xodimlari ichidagi ulushining o’zgarishi. Bitta sotuvchiga to’g’ri keladigan mehnat unumdorligining o’zgarishi. Birinchi omilning ta’sirini hisoblash uchun sotuvchilarning savdo xodimlari ichidagi tutgan ulushi farqini rejadagi bitta sotuvchiga to’g’ri keladigan mehnat unumdorligiga ko’paytirilib 100 ga bo’lish yo’li bilan topiladi. Ikkinchi omil ta’sirini aniqlash uchun bitta sotuvchiga to’g’ri keladigan mehnat unumdorligining farqini haqiqatdagi sotuvchilar sonining savdo xodimlari ichida tutgan ulushiga ko’paytirib 100 ga bo’lish yoli bilan topiladi. Savdo korxonalarida tovar aylanish rejalarining bajarilishiga savdo shaxobchalarining soni va bitta savdo shaxobchasining o’rtacha aylanishini o’zgarishini aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
Jadval ma’lumotlari asosida savdo shaxobchalarining soni ikkitaga kamaygan, bitta savdo shaxobchasining o’rtacha aylanishi 1309,56 so’mga oshgan. Chakana tovar aylanish hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 4112 ming so’mga oshgan. Buni aniqlashga ikkita omil ta’sir qilgan: Savdo shaxobchalarining sonini o’zgarishi hisobiga 19460 m.s kam tovar sotilgan. Bitta savdo shaxobchasining o’rtacha aylanishini o’zgarishi hisobiga 23572,08 m.s ga Tovar ko’p sotilgan. 4. Tovar muomilasi doirasida bo’lgan iste’mol buyumlari tovar zaxiralarini tashkil etadi. Tovar zaxiralarining doimo muomalada bo’lib turishi tovarlar aylanishining aholi talabini qondirish va savdo korxonalarining bir me’yorda ishlab turishi uchun zarur shartdir. Tovar zaxiralari tovarlarning sotish hajmiga bog’liq bo’lishi kerak. Ular ham miqdor jihatdan ham sifat jihatdan savdoni uzliksiz ta’minlash hamda xaridorlar tomonidan ko’plab turdagi tovarlarni tanlash uchun yetarli bo’lishi lozim. Tovar zaxiralari chakana savdoda tovarlar aylanish rejasining muhim bo’lishi, tovarlar sotish jarayonining uzluksizligini ta’minlashning zarur shartidir. Tovar zaxiralarining yetishmasligi savdoda Tovar aylanishini rejasining bajarilmasligiga olib keladi. Ortiqcha tovar zaxiralari tovarlarning ko’plab yig’ilib qolishiga va ularning aylanishini sekinlashtiradi, tovarlarni saqlashda ortiqcha xarajat qilinishiga olib keladi. Tovar zaxiralari tayinlanishiga qarab joriy saqlanadigan tovarlar, muayyan maqsadga mo’ljallangan va muddatidan oldin tashib keltiriladigan tovalarga bo’linadi. Tovarlar aylanishi rejasining bajarilishi bir qancha omillarga bog’liq. Chakana tovarlar aylanish rejasining bajarilishi quyidagi tovar balansi elementlari bilan uzviy bog’liq, tovarlarni mol yuboruvchilardan tashib keltirish, tovarlarni qayta hisoblash va inventarizatsiya o’tkazish natijasida ko’p yoki kam chiqishi, iste’molchilarga tovarlarni sotish, Tovar zaxiralarini ayrim sabablarga ko’ra me’yordan chetga chiqarib ketish. Bu elementlar o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lib, chakana savdo korxonalariga tovarlarni o’z vaqtida topib keltirish hajmiga bog’liq. Bu bog’liqlikni tovar balansi orqali quyidagi formula orqali ifodalash mumkin. Tzax + Tk + To = Ts + Tchq + Tzax Bu yerda Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling