Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar.
- Mavzu: Savdo korxonalarida muomala xarajatlarini o’zgarishini tahlili. Reja: Tahlilning maqsadi, vazifalari va manbalari.
- Muomila xarajatlarini darajasi har bir mahsulot turi bo’yicha o’zgarganligini tahlil qilish.
Ka = TO
ZO’ Ikkinchi ko’rsatkichni aniqlashda quyidagi formuladan foydalanamiz: Ag = 360 Ka Tovar zaxiralar hajmining rejaga nisbatan ko’payishi sotish hajmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ammo Tovar zaxiralari xaridorlarning talabiga javob bermaydigan tovarlarnikeltirish hisobiga tashkil topish mutloqo salbiy omildir. Shuning uchun tovar zaxiralari me’yoriga asoslangan holda tashkil etilishi alohida ahamyatga ega. Tayanch iboralar. Tovar oboroti. Tovar zahiralari. Tovar aylanish hajmi. Tovar aylanish davri Tovar balansi. Maromiylik koeffisenti. Tovar aylanish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Tovarlarni chiqimi. Mavzu: Savdo korxonalarida muomala xarajatlarini o’zgarishini tahlili. Reja: Tahlilning maqsadi, vazifalari va manbalari. Savdo korxonalarida Tovar aylanish hajmining o’zgarishi bilan o’zgaradigan va o’zgarmaydigan muomila xarajatlarini hisoblab chiqish va tahlil qilish. Muomila xarajatlarini darajasi har bir mahsulot turi bo’yicha o’zgarganligini tahlil qilish. Savdo xodimlariga to’langan ish haqi fondining o’zgarish sabablarini tahlil qilish. 1. Tovarlarni ishlab chiqarishdan to iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar muomila xarajatlari deb aytiladi. Ular quyidagi xarajatlarni o’z ichiga oladi: yuklarni tashish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, mehnat haqi xarajatlar, ijtimoiy sug’urta, majburiy mol-mulk sug’urtasi, asosiy fondlarning amartizatsiyasi, sanitariya kiyimlari, sochiq, dasturxon, arzon baho va tez eskiruvchan buyumlarning eskirishi, oshxona idishlari va ovqatlanish anjomlari uchun xarajatlar, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflanadigan gaz va elektr quvvati, tovarlarni saqlash, qayta ishlash, saqlash va joylashtirish, reklama, imoratlarni saqlash, ta’mirlash va ijara xarajatlari, tovarlarni sotish jarayonida me’yor chegarasidagi nobudgarchiliklar, idish xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi. Yuqoridagi qayd qilingan xarajatlardan tashqari, ma’muriy boshqaruv xodimlariga to’lanadigan mehnat haqi xarajatlari ham muomila xarajatlarining tarkibiga kiradi. Chakana savdoda muomala xarajatlari – aholiga yuqori darajada madaniy xizmat qilgan holda ularni kun sayin o’sib borayotganehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish uchun tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berishga doir ijtimoiy zarur xarajatlardan tashkil topadi. Muomala xarajatlarini kamaytirishning ahamyati shundan iboratki xarajatlar darajasini pasayishi hisobiga savdo korxonasining foyda miqdori, rentabellik darajasi hamda iqtisodiy rag’batlantirish fondiga ajratmalar ko’payib boradi. Tahlil qilishdan maqsad – muomala xarajatlarini chuqur o’rganish asosida uning darajasini pasaytirish imkonyatlarini topish va savdo faoliyatiga jalb etish yo’llarini ko’rsatish hisoblanadi. Tahlil qilishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi. Joriy davr rejalarini tekshirish va bajarish. Tejalgan va ortiqcha sarflangan mablag’lar summasini hisoblash. Xarajatlarning bir necha yillar mobaynidagi o’zgarish dinamikasini belgilash. Rejadan farq qilish sabablarini o’rganish. Muomala xarajatlariga ta’sir ko’rsatuvchi barcha omillarni aniqlash. Muomala xarajatlarini kamaytirish imkonyatlarini topish. Kelgusi yil rejasini ishlab chiqishda tahlil materiallaridan foydalanish. Muomala xarajatlarini tahlil qilishda asosiy ma’lumotlar bo’lib: Buxgalteriya va statistik hisoblarning ma’lumotlari. Buxgalteriya hisobining bosh va analitik schotlari ma’lumotlari. Biznes reja ma’lumotlari hisoblanadi. 2. Savdo korxonasi muomala xarajatlari o’zgarishi ( oshishi va kamayishi ) ning sababini aniq bilish uchun ularning tarkibina xarakat moddalari bo’yicha ham o’rganish zarur. Bevosita tahlil qilishga o’tishdan oldin har modda bo’yicha xarajatlarning tovaroborot hajmiga bog’liqligiga qarab, ularni o’zgaruvchan va shartli-doimiy ( o’zgarmas ) xarajatlar guruhlariga bo’lib olish kerak. Shundan keyinxarajat moddalarining tahlilini amalgam oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zgaruvchan muomala xarajatlari xajmi bevosita tovaroborot hajmiga bog’liq bo’ladi. Tovar aylanmasi hajmi oshgan sari o’zgaruvchan muomala harajatlari hajmi ham oshib boradi, ammo darajasi o’zgarmasdan qoladi. O’zgaruvchan muomala xarajatlari tarkibiga quyidagi xarajat moddalari kiradi: Transport xarajatlari Savdoda bevosita band bo’lgan xodimlar ish haqi. Ijtimoiy sug’urta xarajatlari. Tovarlarni saqlash, qayta ishlash, qayta saralash va joylash xarajatlari. Reklama xarajatlari. Idish-taralar uchun xarajatlar. Me’yor chegarasidagi nobudgarchiliklar. Shartli-doimiy xarajatlar summasi tovar-oboroti hajmiga bog’liq bo’lmaydi, faqat ularning darajasiga bog’liq bo’ladi, ya’ni Tovar oborot hajmi oshsa darajasi pasayadi, ammo summasi o’zgarmasdan qoladi. Shartli-doimiy xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: Imorat, inshoat va jihozlarni ijaraga olish xarajatlari. Asosiy vositalarni amartizatsiyasi. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari. Ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnat haqi. Maxsus kiyimlar, kam baholi va tez eskiradigan buyumlarning eskirishi. Mehnatni muxofaza qilish xarajatlari. Savdoni tashkil qilish va boshqarish xarajatlari. Tahlil qilishdan asosiy maqsad har ikki guruh ko’rsatkichlari bo’yicha mutloq va nisbiy o’zgarishlarni aniqlab, muamala xarajatlarini umumiy holatiga ob’ektiv baho berish bo’lib hisoblanadi. Tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling