Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


Download 0.5 Mb.
bet44/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

Tayanch iboralar.

Nazorat savollari.

  1. Qishloq xo’jaligi sanoat korxonasidan nimalari bilan farq qiladi?

  2. Bu korxonalarni tahlil qilishdan maqsad nima ?

  3. Tahlil qilishda qaysi vazifalar bajariladi ?

  4. Tahlilda qaysi ma’lumotlardan foydalaniladi ?

  5. Qishloq xo’jaligi nechta tarmoqqa bo’linadi ?

  6. Xosildorlik va mahsuldorlik qanday aniqlanadi ?

  7. Qishloq xo’jaligida yerning ahamyati qanday ?

  8. Yerdan samarali foydalanishni tahlil qilishda qaysi vazifalar amalgam oshiriladi ?

  9. Yerdan foydalanish darajasini o’rganishda qaysi ko’rsatkichlardan foydalaniladi ?

  10. Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan omillarga nechta omil ta’sir qiladi?

  11. Asosiy fondler deb nimaga aytiladi ?

  12. Qishloq xo’jaligida ishchilar qanday bo’ladi ?

Mavzu: Savdo korxonasining moliyaviy holatini tahlili.
Reja:
1. Savdo korxonasi yalpi daromadi rejasini bajarilishining tahlili.
2. Savdo korxonasida foyda rejasinibajarilishiga ta’sir qilovchi omillarning tahlili.
3. Savdo korxonalarini debitorlik va kreditor qarzlar holati hamda kreditlardan maqsadga muvofiqfoydalanganligini tahlili.
1. Tovarlarni sotish natijasida olingan tovar chegirmalarining yig’indisi savdo korxonasining yalpi daromadi hisoblanadi. Yalpi daromad mutloq va nisbiy ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi. Yalpi daromadning nisbiy ko’rsatkichi uning darajasini koeffitsentda yoki foizda ifodalaydi. Tovar aylanishiga nisbatan foiz hisobida ifodalangan yalpi daromad summasi yalpi daromad summasi deb yuritiladi.
Savdo korxonalari va tashkilotlar yalpi daromad miqdorini oshirish bilan bir vaqtda sarflanadigan xarajatlarini kamaytirib, uning evaziga korxonaning daromadlilik darajasi ta’minlanishi zarur. Yalpi daromadni tahlil etish vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Yalpi daromad bo’yicha reja bajarilishini aniqlash.

  2. Amalda joriy qilingan savdo chegirmalarining to’g’ri qo’llanilganligini aniqlash.

  3. Korxonaning daromadlilik darajasi va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash.

  4. Korxonaning daromadlilik darajasi va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash.

  5. Korxonalardagi mavjud foydalanilmasdan yotgan ichki imkonyatlarini aniqlab berishdan iboratdir.

Savdo korxonalarida va tashkilotlarida yalpi daromad mutloq miqdorda ( so’m hisobida ) hamda o’rtacha yalpi daromad darajasi, yalpi daromad summasining tovar aylanishiga nisbatan aniqlanadi.
Savdo korxonalari tovarlarni sotish natijasida yalpi daromad olib qolmasdan boshqa yo’llar bilan ham daromad miqdorini ko’paytirishi mumkin. Korxonaning yalpi daromadi quyidagi ko’rsatkichlar hisobiga ko’payishi va kamayishi mumkin.

  1. Bo’sh idishlarni sotish natijasida gazlamalarni o’lchash jarayonida oshiqcha chiqqan tovarlar.

  2. Ombordagi tovarlarni ro’yxatga olish davrida oshiqcha chiqqan tovarlar.

  3. Boshqa daromadlar hisobiga ko’payishi mumkin.

Yalpi daromad summasining o’zgarishiga ikkita omil ta’sir qiladi.

  1. Tovara ylanish hajmining o’zgarishi.

  2. O’rtacha yalpi daromad darajasining o’zgarishi.

Birinchi omilning ta’sirini aniqlash uchun Tovar aylanish hajmi bo’yicha mutloq farqni rejadagi o’rtacha yalpi daromad darajasiga ko’paytirib, yuzga bo’linadi.
Ikkinchi omilning ta’sirini aniqlash uchun o’rtacha yalpi daromad bo’yicha mutloq farqini hisobotdagi tovar aylanishi hajmiga ko’paytirib, yuzga bo’linadi.
Yalpi daromad hajmi bo’yicha rejani tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling