Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning iqtisodiy moliyaviy mustahkamligini baholash va tahlil qilish vazifalari. Korxonaning iqtisodiy moliyaviy mustahkamligining mohiyati va mazmuni.
Tayanch iboralar.
-Yalpi daromad - Yalpi foyda - Savdo chegirmasi - Debitorlik qarzlar - Kreditorlik qarzlari - Foydaga ta’sir qiluvchi omillar - Uzoq muddatli qarzlar - Qisqa muddatli qarzlar Mavzu: Korxonalarning iqtisodiy ko’rsatkichlariga baho berish. Reja: Korxonaning iqtisodiy moliyaviy mustahkamligini baholash va tahlil qilish vazifalari. Korxonaning iqtisodiy moliyaviy mustahkamligining mohiyati va mazmuni. Korxonaning iqtisodiy moliyaviy mustahkamligini ifodalovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash yo’llari. 1. Ma’lumki bizning mustaqil O’zbekiston Respublikamizda bozor iqtisodiyoti dasturlari, iqtisodiy islohatlar uzliksiz ravishda shakillanib, takomillashib bormoqda. Bu esa ta’kidlanganidek o’z navbatida huquqiy shaxslar faolyatini baholash va tahlilqilishning yangi usullarini joriy qilishni taqozo qilmoqda. Mamlakatimizda monopoliyaga qarshi davlat siyosatini faollashtirish, raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida faollashtirish, raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “ Manopolistik faolyatni cheklash to’g’risida “ va “ Iste’molchilar huquqini muhofaza qilish to’g’risida “ gi O’zbekiston Respublikasi Prezdentining “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzurida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’llanmasining tashkil etish to’g’risida “ gi farmoni (15.05.1996 yil) e’lon qilindi. Ushbu farmonga asosan Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi xuzurida “ Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi “ , viloyatlar va Toshkent shahar qonunyatlari miliya boshqarmalari xuzurida “ moliaydan chiqarish va raqobatni rivojlantirish xududiy boshqarmalari “ tashkil etildi. Bunday sharoitda har bir korxona egasi uning raqobatbardoshligini, iqtisodiy va moliyaviy jihatdan mustahkamligini ifodalovchi ko’rsatkichlarni aniqlashning nazariy yo’llari hozirgi vaqtda yetarlicha holda ishlab chiqarilmagan. Bu esa ularning amalyotda qo’llanilishini qiyinlashtiradi. Ana shularni inobatga olgan holda korxonalar faolyatining raqobatbardoshligini, bankrotlardan saqlanish yo’llarini , iqtisodiy va moliyaviy jixatdan mustahkamligini aniqlash va tahlil qilish usullarini yetarli ya’ni takomillashgan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu ko’rsatkichlarni aniqlash xozirgi kunda auditorlik tekshiruvlarini joriy qilgan sharoitda auditorlik xulosalarini chiqarish, xo’jalik faolyatini iqtisodiy jahatdan tashhis qo’yish vaqtida o’ta muhimdir. Har qanday ko’rsatkich ana shu o’rganilayotgan iqtisodiy kategoriya yoki jarayonning mazmunidan kelib chiqib ish yuritishi zarur. Bu esa korxonaning iqtisodiy va moliyaviy mustahkamligining mohiyati va mazmunini qarab chiqishni, shuningdek albatta korxonaga qo’yilgan audotorlik tekshiruvi natijalaridan kelib chiqqan holdagi auditorlik xulosalarini ko’rib chiqib xulosa qilish zarur bo’ladi. 2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona moliyaviy jihatdan mustaqil va mustahkam bo’lishi lozim. Bu esa har bir korxonaning faolyatini moliyaviy jihatdan qaram qilib, tashqi omillar ta’siriga bog’liq holda qolmaslikni talab qiladi. Hozirgi kunda buni hal qilish o’ta muhimdir, chunki oldingidek davlat qoplanmasi yo’qolishi bilan birga erkin raqobat shakillanmoqda. Bunday sharoitda ko’zda tutilmagan muammolarni hal qilish uchun eng avvalo korxonaning moliyaviy va iqtisodiy mustahkamligini ifodalovchi ko’rsatkichlarni aniqlash va tahlil qilish yo’llarini ishlab chiqish kerak. Chunki korxona raqobatbardoshligi va bankrotga uchramasligi shu ko’rsatkichga bog’liqdir. Korxonaning moliyaviy natijasi bu foyda va rentabellik bo’lib hisoblanadi. Foyda miqdori mulk egasining ham, korxona jamoasining ham, davlatning ham, investorlarning ham manfaatlarida o’z ifodasini topadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling