Korxonaning iqtisodiy mustahkamligi deganda - tegishli foyda miqdorini va rentabellik darajasini ta’minlay oladigan faolyat natijasiga erishish tushuniladi. Hozirgi vaqtda korxona faolyatining miqdori faqat birgina asosiy faolyatgagina bog’liq emas, qo’shimcha faolyat ham muhim ahamyatga egadir.
Korxonaning moliayaviy mustahkamligi deganda – eng avvalo u o’z faolyatini moliyaviy jahatdan muntazam ravishda ta’minlab borishni tushunmoq lozim, chunki xo’jalik faolyati doimiy ravishda davom etib turishi uchun uni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlab turishni taqozo etadi.
Korxonaning moliayaviy mustahkamligi deganda – korxona faolyati natijasining barcha xarajatlarini qoplab, me’yordagi ( biznes-rejadagi) rentabellik darajasiga erish oladigan ish hajmiga va o’z istiqbolini ta’minlay oladogan foyda miqdoriga erishishni ta’minlaydi.
3. Korxonaning iqtisodiy moliayaviy mustahkamligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin :
Marjinal foyda miqdori.
Foydalilik nuqtasiga erishish uchun zarur bo’lgan mahsulot hajmi.
Biznes rejada ko’zda tutilgan foydaga erishish uchun zarur bo’lgan mahsulot.
Iqtisodiy mustahkamlik miqdori.
Iqtisodiy mustahkamlik darajasi.
Ushbu ko’rsatkichlar tizimini aniqlash uchun mahsus chizmadan foydalanish mumkin.
Ko’rsat
kichlar tizimi
Ushbu chizmadan ko’rinib turibdiki, korxonaning iqtisodiy mustahkamligini ifodalash uchun beshta ko’rsatkichni o’z ichiga oladigan yaxlit ko’rsatkichlar tizimi tavsiya qilinadi. Bulardan bir korxonaning marjinal foydasidir. ( Mf ) Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun korxonadagi barcha xarajatlarni 2 ga bo’lish lozim. Doimiy xarajatlar ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun bevosita sarf qilinmasada, uning qiymatiga kiradi. Ammo o’zgaruvchan xarajatlar mahsulotning qiymatini bevosita shakillantiruvchi xarajatlar hisoblanadi.
Marjinal foydani aniqlash uchun ( Mf ) bitta mahsulotning qiymatidan ( Mk) shu mahsulotga ketgan o’zgaruvchan xarajatlar miqdorini ayirish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |