Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati


Mavzu: Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi to’g’ri hisobga olinganligini hisobga olinganligini tekshirish


Download 0.5 Mb.
bet5/49
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1410898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни

Mavzu: Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi to’g’ri hisobga olinganligini hisobga olinganligini tekshirish.
Reja:

  1. Tayyor mahsulot uning guruhlanishi, baholanishi va uni hisobga olish vazifalari.

  2. Tayyor mahsulotning ishlab chiqarishdan kelib tushishini hujjatlashtirish va uni omborda hamda buxgalteriyada hisobga olish tartibi.

1. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish, xalq xo’jaligi va aholining ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faolyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
Tayyor mahsulot deb - korxonadagi barcha ishlab chiqarish jarayonlarini o’tab bo’lgan, oldindan tasdiqlangan standart va texinakaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo’lishi tomonidan qabul qilingan hamda buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi.
Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko’rsatkichlarida rejalashtiriladi va hisobga olinadi.
Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob kitoblarni aks ettiradi. Tayyor mahsulot buxgalterya hisobida o’zining sorti, turi va joylashgan joyiga qarab aks ettiriladi. Joylashgan joyiga qarab tayyor mahsulot ombordagi tayyor mahsulot, jo’natilgan tovarlar va ma’sul saqlashga qabul qilingan tovarlarga bo’linadi.
Oyning oxirida ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlangandan keyin, shu mahsulotning hisob narxidan bo’lgan farqi tugallanmagan ishlab chiqarish bilan tayyor mahsulot o’rtasida ma’lum tartibda taqsimlanadi va shu bilan tugallanmagan ishlab chiqarish bilan tayyor mahsulot o’rtasida ma’lum tartibda taqsimlanadi va shu bilan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i hamda sotilgan mahsulotning joriy hisob tannarxlari haqiqiy tannarx darajasiga keltiriladi.
Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar maxsus hisobotlarda o’z aksini topadi. Bunga misol qilib “ Ishlab chiqarilgan mahsulot turlari “ bo’yicha sanoat korxonasining hisobotini aytishimiz mumkin. Bu stastistik hisobot bo’lib, uni to’g’riligi doimiy ravishda tekshirib boriladi. Hisobotni qaysi davrga tuzilganligi, rekvizitlari, raqamlarni aniq va tushunarli qilib yozilishi, to’g’ri va bosh hisobchining imzosi va boshqalarga alohida e’tibor qaratiladi.
2. Tayyor mahsulotni ombordagi hisobi asosan materiallar hisobiga o’xshab ketadi. Tayyor mahsulotning omborga qabul qilinishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bu hujjat mahsulotni topshiruvchi sex tomonidan tuziladigan mahsulot topshirish yuk xatidir ( nakladnoy ) . Unda mahsulot topshirayotgan sex uni qabul qilayotgan omborning nomi, mahsulotning nomenklatura raqami, nomi, uning o’lchov birligi, topshirilgan va qabul qilingan miqdori va boshqa ko’rsatkichlar keltirilgan bo’ladi.Mahsulot omborga topshirilishidan oldin u texnika nazorati bo’limining xodimlari tomonidan qabul qilinadi va shu haqida ular topshirish yuk xatiga imzo chekadilar. Undan tashqari bu yuk xatiga mahsulotni topshiruvchi sex va uni qabul qiluvchi ombor vakillari ham imzo chekadilar.
Mahsulotni ko’plab ishlab chiqarish sharoitida tayyor mahsulotlar bir sexdan ikkinchisiga bir smenaning o’zida bir necha marta va uzluksiz topshirishi mumkin. Bunday korxonalarda mahsulotni omborga qabul qilib olishni rasmiylashtiradigan xujjatlar sonini qisqartirish maqsadida omborga kelib tushgan har bir tayyor mahsulot smena davrida qabul qilish topshirish vedomostlariga yozib borilib, smena oxirida shu vedemostga asoslanib yuk xati tuziladi.
Omborda tayyor mahsulotning materiallar hisobi singari natura ko’rsatkichidagi sortli hisobi ham yuritiladi Buning uchun har bir mahsulot turiga namunaviy shakldagi kartochka ochiladi.
Ombordagi sortli kartochkalarda yozuvlar har bir kirim va chiqim xujjati bo’yicha olib boriladi, so’ng bu hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi.
Tayanch iboralar.
- Tayyor mahsulot
- Texnik shartlar

    • - Natura

- Qiymat
- Jo’natilgan tovarlar
- Haqiqiy tannarx
- Rasmiylashtirish
- Yuk xati
- Materiallar hisobi
- Kirim
- Chiqim
- Kartochka

Nazorat savollari.


1. Tayyor mahsulotlar qanday guruhlarga ajratiladi ?
2. Tayyor mahsulot deb nimaga aytiladi ?
3. Sanoat korxonalari qaysi ko’rsatkichlar bo’yicha rejalashtiriladi ?
4. Ishlab chiqarilgan mahsulot qaysi hisobotlar orqali hisobga olinadi ?
5.Hisobga olishda qaysi vazifalar bajariladi ?
6. Ishlab chiqarishda mahsulotlarni kelib turishi qaysi xujjatlarda hisobga olinadi ?
7. Mahsulotlarni qabul qilish va topshirish vedomosti to’g’risida nima bilasiz ?
8. Ombordagi sortli kartochkalsr to’g’risida nima bilasiz ?

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling