Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Mavzu: Korxonalarda mahsulot birligiga ketgan xarajat to’g’ri hisobga olinganligini tekshirish
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot tannarxi deb
Mavzu: Korxonalarda mahsulot birligiga ketgan xarajat to’g’ri hisobga olinganligini tekshirish.
Reja: 1. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish vazifalari. 2.Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish usullari. 1. Korxonalarda mahsulot tannarxi korxona faolyatiga baho berishdagi muhim sifat ko’rsatkichlaridan biridir. Mahsulot tannarxi deb – mahsulot birligini ishlab chiqarish va sotish uchun qilingan xarajatlarni puldagi ifodasiga aytiladi. Mahsulot tannarxi qancha arzon bo’lsa jami ijtimoiy mahsulotning jamg’arishiga va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga ketadigan qismi shuncha ko’p bo’ladi. Undan tashqari tannarxning pasayishi ulgurji va chakana narxlarni pasaytirish imkonini yaratadi. Mahsulot tannarxini pasaytirish uchun mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish, yangi texnikani joriy qilish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish kerak. Ishlab chiqarishni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsya qilishni yaxshi yo’lga qo’yish zarur. Chunki ishlab chiqarishga ketgan haqiqiy xarajatlarni va mahsulot tannarxini ayrim xarajatlar turlari bo’yicha aniq bilmasdan turib korxonaga to’g’ri rahbarlik qilish, uning iqtisodiy faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yish, mahsulot tannarxini pasaytirish va foydani oshirish uchun kurashish mumkin emas. Ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Korxona va uning ayrim qismlari bo’yicha ishlab chiqarishga ketgan haqiqiy xarajatlarni o’z vaqtida to’liq va aniq aks ettirish. Tovar mahsulotning rejada belgilangan tannarxning bajarilishi ustidan nazorat qilish. Korxonadagi ayrim joylarda tannarx rejasini bajarishga qaratilgan faoliyatning natijalarini aniqlash. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini operativ nazorat va tahlil qilib turish. Tugallangan ishlab chiqarishning miqdori va tannarxini aniqlash, uning saqlanishini ta’minlash. Korxonaning barcha sex va qismlarida iqtisodiy tejash rejimiga rioya qilinishini ta’minlash. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini aniq hisoblash va bu tannarxni pasaytirish imkonyatlarini topish. Mahsulot ishlab chiqarishda korxona asosiy va aylanma fondlaridan unumli foydalanish yo’llarini topish. Korxona jamoasini mahsulot tannarxi to’g’risidagi kerakli ma’lumotlar bilan muntazam ravishda ta’minlab turish, ishlab chiqarish xarajatlariga doir xisobotlarni o’z vaqtida tahlil qilish. 2. Ishlab chiqarish xarajatlarning hisobi mahsulotning haqiqiy tannaxini kalkulyatsiya qilish talablariga qarab tashkil etiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishni hisobga olish jarayoni o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan ikki bosqichdan iborat. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish. Tannarxni kalkulyatsya qilish. 1. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bosqichida odatda quyidagi hisob ishlari ketma-ket bajariladi: Xarajatlarni xujjatlashtirish va guruhlash. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarga to’g’ri xarajatlarni o’tkazish. Kompleks xarajatlarni asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarga o’tkazish. Yordamchi ishlab chiqarishlarning egri xarajatlarini aniqlash. Yordamchi ishlab chiqarishlarning egri xarajatlarini taqsimlash. Yaroqsiz mahsulotdan ko’rilgan zararlarni aniqlash. Oyning oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymatini ishlabchiqarish xarajatlaridan chiqarib tashlash. 2. Tannarxni kalkulyatsyalash bosqichida ko’pincha ishlar birin-ketin bajariladi. Ishlab chiqarish bo’limlari va uchastkalari mahsulotlarning haqiqy tannarxini hisoblab topish. Korxona tovar mahsulotining haqiqiy tanarxini hisoblab topish. Xar bir mahsulot turining haqiqiy tannarxini xisoblab topish. Mahsulot birligining haqiqiy tannarxini hisoblab topish. Mahsulot tannarxiga oid hisobotlarni tuzish. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling