mavzu Iqtisodiyot, bozor va iqtisodiy siyosatga kirish fanining predmeti
Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tamonidan boshqarishning zarurati
Download 18.68 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-dars
1.2 Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tamonidan boshqarishning zarurati.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining samarali faoliyat ko‘rsatishida davlat, uning institutlari va tarkibiy tuzilmalari muhim rol o‘ynaydi. Bunda, bir tomondan, bozor va ikkinchi tomondan, davlatning tartibga solish mexanizmlari o‘rtasidagi nisbat hal qiluvchi ahamiyatga egadir. XX asr davomida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlarida bozor va davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarida navbatma-navbat kuchayishlar va pasayishlar kuzatildi. Shunga mos ravishda, ayrim davrlarda iqtisodiy nazariya va siyosatda davlatning rolini kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilib kelgan bo‘lsa (o‘tgan asrning 40 - yillaridan to 70-yillargacha iqtisodiy nazariyada hukmronlik qilib kelgan keynscha ta’limot), keyingi davrlarda iqtisodiy rivojlanishda bozor tomonidan tartibga solish mexanizmining cheklanmagan imkoniyatlari konsepsiyasi (XX asrning 80-90- yillarida katta mavqega ega bo‘lgan monetarizm, neoliberalizm va boshqa iqtisodiy nazariyalar) hukmronlik qildi. Iqtisodiyot va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar chegarasi bo‘yicha hozirgacha iqtisodchilar orasida yagona fikr yo‘q. Bu masalada iqtisodchilar fikrini ikki guruhga bo‘lish mumkin. Angliyalik mashhur iqtisodchi Adam Smit asos solgan klassik ta’limot tarafdorlari iqtisodiyotni mukammal, o‘z-o‘zini tartibga solib turuvchi tizim hisoblab, davlatning unga aralashuvi iloji borija past darajada bo‘lishini ma’qullaydilar. A. Smit ta’biri bilan aytganda, davlatning vazifasi “tungi qorovul” sifatida chegaralar daxlsizligi va ichki tartibni ta’minlash bilan cheklanmog‘i lozim. A. Smit vatandoshi Djon M. Keyns asos solgan “keyns”cha ta’limot tarafdorlari esa zamonaviy iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi bozor mexanizmining mukammal emasligini ko‘zda tutib, davlatning iqtisodiyotga faol ta’sir ko‘rsatishi lozimligini ta’kidlaydilar. Ikkala ta’limot ham bugungi kunda amaliyotda sof holda qo‘llanilmasada, iqtisodchilar o‘rtasida hanuzgacha qizg‘in munozaralar keltirib chiqaradi va o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida davlatning tartibga solish roli nafaqat davlat sektori, balki xususiy sektorga nisbatan ham muntazam kuchayib borayotganligini kuzatish mumkin. Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga yoki ma’muriy-buyruqbozlikka asoslanishidan qat’iy nazar uni davlat tomonidan tartibga solish har qanday hukumat uchun obyektiv zaruriyatdir. “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishdeganda davlat muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik, ijroiya va nazorat xarakteriga ega bo‘lgan chora-tadbirlar tizimi tushuniladi”1. Davlatning iqtisodiy siyosati xo‘jalik yuritish subyektlari va uy xo‘jaliklari moliyalarining mustahkamlanishiga, milliy kapitalni jamg‘arilishiga, milliy tovar ishlab chiqaruvchilar uchun kredit resurslarini olishning osonlashuviga ko‘maklashishi lozim. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning aniq yo‘nalishlari, shakllari va ko‘lamlari mamlakatning ma’lum davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bilan belgilanadi. Davlatning iqtisodiy sohani boshqarishdagi asosiy vazifasi – bu aholining muttasil oshib boruvchi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan moddiy ishlab chiqarishning o‘sishini ta’minlashdir. Shuni ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sof ko‘rinishda hech bir mamlakatda uchramaydi. Rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy mexanizm uzaro bir-birini to‘ldiruvchi xarakterda bo‘lgan ikki blokdan iborat: bozorning o‘zini-o‘zi tartibga solish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish. O‘z navbatida, davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi turli mamlakatlarda turlichadir. Misol uchun Skandinaviya mamlakatlarida (Shvetsiya, Niderlandiya, Daniya va b.) davlat iqtisodiy jarayonlarga Shimoliy Amerika mamlakatlaridan (AQSh, Kanada) ko‘ra faolroq ta’sir ko‘rsatib keladi. Download 18.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling