Mavzu: Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini takomil-lashtirish istiqboli mundarija
II BOB. TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI
Download 0.81 Mb.
|
Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini
II BOB. TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI2.1. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlikni kreditlash amaliy holatiTadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik faoliyatining bugungi kunda iqtisodiyotimizda naqadar ahamiyatli soha ekanini yuqorida e’tirof etdik. Bu sohani rivojlantirish maqsadida albatta moliyaviy ko’mak, ya’ni faoliyatni moliayalashtirish asosiy masala hisoblanadi. Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalariga nazar solar ekanmiz ular asosan: -bank kreditlari hisobidan; -budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari hisobidan -Xorijiy kredit liniyalari hisobidan; -boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Bu manbalar tarkibida bank kreditlari bugungi kunda yuqori ulushga ega. Chunki tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishda mablag’ bilan ishonchli va samarali ta’minlaydigan soha bu tijorat banklarining kreditlash amaliyotidir. Shuning uchun moliyalashtirish manbalariga tavsifni aynan tijorat banklari kreditlaridan boshlashni o’rinli deb topdik. Kreditlash jarayoni haqida so’z yuritishdan avval kreditlash jarayonining nazariy asoslari haqida qisqacha to’xtalib o’tishni lozim deb topdik. Kredit buiqtisodiy kategoriya bo’lib, u vaqtincha o’z egalari qo’lida bo’sh turgan pul mablag’larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarni ifodalaydi. Kredit ajratilishida: -qaytarishlilik; -to’lovlilik; -ta’minlanganlik; -muddatlilik; -maqsadlilik; tamoyillari asos qilib olinadi. Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o’z ichiga: kredit olishga oid buyurtmanomaning ko’rib chiqilishi va bo’lg’usi qarz oluvchining huquqiy maqomini aniqlash maqsadida uning o’rganilishini; - qarz oluvchining moliyaviy holati tahlilini va kreditga qobilligini baholashni; - kreditlanayotgan loyihaning kompleks ekspertizasining o’tkazilishini hamda kredit shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishni oladi. Hozirda banklar tomonidan berilayotgan kreditlar qisqa 1 yilgacha va uzoq muddatda berilmoqda. Kredit olish uchun kredit yig’ma jildida taqdim qiladigan umumiy hujjatlar9: qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo’yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit ta’minlangan holda garov mavzui ko’rsatilgan ariza; - qarz oluvchining ta’sis hujjatlari biznes reja hisobot sanasiga qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotlar garov ob’ekti qiymatining kelishuv dalolatnomasi; - boshqa qo’shimcha hujjatlar. Tijorat banklarining kreditlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: kredit olish uchun ariza va bo’lajak qarz oluvchi bilan suhbat; qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va kreditning samaradorligini baholash; kredit shartnomasini tayyorlash (garov, kafolat, sug’urtalash) va tuzish; kredit berish; kreditdan foydalanishni monitoring qilib borish. “Tijorat banklari tomonidan Fermer xo’jaliklari va tadbirkorlikni milliy valutada kreditlash tartibi”ga asosan kreditlar tavsifi: tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga obobrot mablag’larini to’ldirish uchun kreditlar 1 yilgacha muddat bilan beriladi; fermer xo’jaliklariga yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo’jaliklariga qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni tashkil etishga oborot mablag’larini to’ldirish uchun kreditlar kamida 2 yil muddatga beriladi; tadbirkorlik barcha sub’ektlariga fermer xo’jaliklari va dehqon xo’jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar to’lsh muddatini uzaytirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishim mumkin; Tadbirkorlik sub’ektlariga obobrot mablag’larini to’ldirishga beriladigan kreditlarni so’ndirishning eng ko’p muddati, uni uzaytirish hisobga olingan holda, 12 oydan oshishi mumkin emas. Kredit ta’minoti sifatida: mol-mulk, qimmatli qog’oz; bank yoki sug’urta tashkiloti kafolati; uchinchi shaxs kafilligi; qarz oluvchining kreditni so’ndirmaslik xatarini sug’urtalashi to’g’risida sug’urta kompaniya sug’urta polisi taqdim etilishi mumkin. Ushbu rasmiylashtirish jarayonlari orqali bugun tijorat banklari kredit berish va uni qaytarish amaliyotini olib bormoqdalar. 2011-yilning yurtimizda “Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan bank tizimida tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar va mikrokreditlar ajratish tizimi yanada takomillashtirildi. Oilaviy biznes va hunarmandchilikni rivojlantirish, boshlang’ich kapital va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida kreditlar ajratish mexanizmlari qayta ko’rib chiqilib, bugungi kun talablariga moslashtirildi. Tijorat banklari va bankdan tashqari kredit tashkilotlari tomonidan ajratiladigan mikrokreditlar ta’minoti sifatida kredit qaytarilmasligi xatarini sug’urtalash, sug’urta polisini qo’llash amaliyotini kengaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga jumladan kasb-hunar bilim yurtlari bitiruvchilariga berilgan tijorat banklari kreditlari bo’yicha ta’minot sifatida jismoniy shaxslarning mol-mulkini garovga olish amaliyoti keng joriy etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvarda qabul qilingan “2011-2015-yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko’lamini kengaytirish va chuqurlashtirish, ishchanlik mamlakatd ishchanlik muhitini shakllantirishning mezonlari va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir chora tadbirlar Dasturi to’g’risidagi” PQ-1464-sonli Qaroriga asosan tijorat banklarida tadbirkorlik sub’ektlarida kreditlarni ajratishda garovga qo’yilgan mulkni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni kreditning umumiy summasida aks ettirish amaliyoti joriy qilindi. Qolaversa, banklarning barcha filiallarida “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlik burchagi” orqali respublikamizda tadbirkorlik va xususisy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to’grisida doimiy ravishda axborot berib borilishi yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha choratadbirlar to’grisida” 2011-yil 11-martda imzolangan PQ-1501-sonli qarori “Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011-yil 24-avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillardaRespublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qaroriga ko’ra, xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va kredit liniyalari miqdori 2011-yilda 75 million AQSh dollarini, 2015-yilga borib esa 155 million AQSh tashkil etishi mo’ljallangan. Quyidagi diagramma ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, 2013-yil 1yanvar holatiga tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlar 5346 mlrd.so’m ni tashkil etib, 2012-yil 1-yanvar holatiga solishtirganimizda 1,3 baravarga ortgan, 2011-yil 1-yanvar holatiga esa 2690 mlrd.so’m ni tashkil etib, shundan mikrokreditlar 485 mlrd so’m miqdorida berilgan. Yildan yilga yurtimizdagi tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikka berilayotgan kredit hajmi ortib bormoqda, bu esa o’z navbatida bu sohaga berilayotgan imkoniyatlar ko’lamini kengaytiradi. 5-diagramma 2011-2015-yillarda xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va kreditlar miqdori 10 Ajratilgan mikrokreditlar hajmi 752,3 milliard so’mni tashkil etib, mazkur ko’rsatkich 1,5 barobar o’sdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-martdagi PQ-1501 sonli “Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining kreditlash hajmlarini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga binoan tadbirkorlarga quyidagi imkoniyatlar yaratildi: tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi resurslari hisobidan kredit berishdan oladigan daromadlari bo’shaydigan mablag’larni maxsus jamg’armaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yo’naltirish sharti bilan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’idan 2016-yilning 1yanvarigacha ozod qilinadi; ustuvor ravishda olis va boorish qiyin bo’lgan tumanlarda shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish loyihalariga ajratiladi; 6-diagramma Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlar dinamikasi11 (mlrd.so’m) tijorat banklariga kichik tadbirkorlik subektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi; jamg’arma hisobidan kreditlar eng kam oylik ishhaqining ikki ming baravaridan ortiq bo’lmagan summada ajratilishi belgilandi; jamg’arma mablag’lari hisobidan kreditlar mahsulot yetishtirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan loyihalarga ajratiladi. Ushbu imkoniyatlar doirasida tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilmoqda. Davlat dasturiga muvofiq, turli soha va yo’nalishlaruchun kreditlar ajratish istiqbolli ko’rsatkichlarining bajarilishi ta’minlandi. Jumladan: oziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga 712,4 milliard so’m; nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadlariga 724,0 milliard so’m; xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun 351,1 milliard so’m; kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o’z biznesini tashkil etish uchun imtiyozli shartlar asosida 25,6 milliard so’mlik mikrokreditlar; shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga qoramol sotib olish uchun 59,7 milliard so’m; tijorat banklarida tashkil etilgan Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armalari mablag’lari hisobidan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari loyihalariga 31,2 milliard so’m; oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 54,1 milliard so’m miqdoridagi kreditlar ajratildi. Shuningdek, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 159,7 milliard so’mlik mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatildi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling