Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


 Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#218479
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI

5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari 

 

Haqiqiy  fanning  amalda  vujudga  kelishi  faqatgina  tadqiqot  predmetining  shakllanishi 



bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bogʻliqdir. Uslubiyat – 

bu  ilmiy  bilishning  tamoyillari  tizimi,  yoʻllari,  qonun-qoidalari  va  aniq  hadislaridir.  Bu 

obyektiv  reallikni  bilish  dialektikasi,  mantiqi  va  nazariyasini  oʻz  ichiga  oluvchi  bir  butun 

ta’limotdir.  Uslubiyat  umumilmiy  tavsifga  ega,  lekin  har  bir  fan  oʻzining  predmetidan  kelib 

chiqib, oʻzining ilmiy bilish usullariga ega boʻladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni 

vaqtda xususiy boʻladi. 



Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli boʻlib xizmat qiladi. Iqtisodiyot 

nazariyasida qoʻllaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 

1.  Iqtisodiyot  bir-biri  bilan  aloqada,  chambarchas  bogʻliqlikda,  ziddiyatda,  oʻzaro  ta’sir 

qilib  turadigan  turli  boʻgʻinlardan,  boʻlaklardan  iborat  yaxlit  bir  jarayonki,  u  doimo  harakatda, 

rivojlanishda,  mazmun  va  shakl  jihatdan  oʻzgarib  turadigan  ichki  va  tashqi  hodisalar  bilan 

aloqada boʻladi. 

2. Iqtisodiy  jarayonning  har  bir  boʻlagini alohida olib, uning oʻziga  xos xususiyatlarini, 

kelib chiqish va yoʻq boʻlish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va 

tashqi aloqadorlik va bogʻliqlik tomonlarini zamon va makonda oʻrganish.  

3.  Iqtisodiy  jarayonlarni  oddiydan  murakkabgacha,  quyidan  yuqorigacha  rivojlanishda, 

deb  qarash.  Bu  yerda  son  jihatidan  oʻzgarishlar  toʻplana  borib,  sifat  jihatidan  oʻzgarishga  olib 

kelishini hisobga olish zarur. 

4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning oʻzaro kurashiga rivojlanishning manbai 

deb yondashish. 

Iqtisodiy  faoliyatlar,  hodisa  va  jarayonlar  tabiiy,  moddiy,  shaxsiy  omillar  va  pul 

mablagʻlari  kabi  omillarga  tayangan  holda  kechadi,  bu  omillar  oʻzaro  chambarchas  bogʻliq 

hamda  ziddiyatda  boʻladi  va  bir-biriga  ta’sir  koʻrsatadi,  ular  doimo  sifat  va  miqdor  jihatdan 

oʻzgarib  turadi,  turli  davrlarda  turlicha  ijtimoiy  shaklga  ega  boʻladi,  eski  iqtisodiy  qonunlar, 

tushunchalar oʻrniga yangilari paydo boʻladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika 

qoidalarini qoʻllashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon boʻladi. 

Shu  bilan  birga,  iqtisodiyot  nazariyasi  fanining  oʻziga  xos  tadqiqot  usullari  ham 

mavjuddir,  ulardan  eng  muhimi  ilmiy  abstraktsiyadir.  Iqtisodiy  jarayonlarning  mohiyati 

oʻzgarishini  oʻrganishda  mikroskoplardan,  kimyoviy  laboratoriyalardan  foydalanib  boʻlmaydi, 

bunda abstraktsiya kuchi ishga solinadi. 




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling