Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi Reja: Kirish


Download 120.09 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2024
Hajmi120.09 Kb.
#1829741
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyotni inqirozga qarshi

Vazirlik – o`ziga tegishli tarmoqning xo`jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo`g`ini hisoblanadi. U tarmoqning ahvoli, rivojlantirish istiqbollari, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi, mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo`lgan talabni qondirish uchun mas`uldir. Vazirlikka O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan vazir rahbarlik qiladi.
Davlat qo`mitalari – vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo`li bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik qilishga mo`ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir.
Kontsern – ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o`zgarishi, xilma-xilligining ko`payishi) asosida tarkib topadigan ko`p tarmoqli korporatsiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli korxona va muassasalar ixtiyoriylik asosida kiradi.
Korporatsiya - bu rivojlangan yirik aktsionerlik jamiyatlari va trestlar birlashmasidir. Korporatsiyalarning negizi bo`lib aktsionerlik jamiyatlari hisoblanadi. Ular muayyan mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi. Korporatsiyalar sarmoyalar kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiy-texnika taraqqiyotiga turtki bo`ladi, mahsulotning raqobatbardoshligi va hayotiy tsiklini uzoq davom etishini ta`minlaydi.
Konsortsium - aniq vazifalarni, ya`ni fan-texnika, qurilish, tabiatni muhofaza qilish bo`yicha va boshqa yirik dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan birlashmadir. U mustaqil firmalarning vaqtinchalik ittifoqi yoki moliyaviy muammolarni hamkorlikda hal qilish maqsadida tuzilgan banklararo va sanoat korxonalariaro bitim ko`rinishida bo`lishi mumkin. Konsortsium ko`pincha aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta sarmoyali sohalar bo`yicha tashkil qilinadi. Dastur bajarilgandan so`ng konsortsium o`z faoliyatini to`xtatadi yoki boshqa turdagi birlashmaga aylantiriladi.
Assotsiatsiya – korxonalarning paychilik asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish-xo`jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnoma asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan hududda joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.
Xolding kompaniyasi – bu, eng avvalo, moliyaviy jamg`arma bo`lib, korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aktsionerlik jamiyatlari aktsiyalarining nazorat paketi kompaniyaning ixtiyorida bo`ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o`rnatish va dividentlar ko`rinishida foyda olishdir.
Har qanday iqtisodiy tizimda iqtisodiyotning birlamchi va asosiy bo`g`ini korxona va firmalar hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodiyotni boshqarish deganda, eng avval shu korxona va firmalar faoliyatini boshqarish tushuniladi. Bozor munosabatlari sharoitida boshqarish tushunchasi xo`jalik sub`ektlari faoliyatini faqat yuqori tashkilot va organlar tomonidan tartibga solishni qamrab olmaydi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi bozordagi talab va taklif asosida ularning o`zini-o`zi boshqarishidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, korxona va firmalar boshqaruv tizimida shunchaki ijrochigina emas, balki shu tizimning faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan xo`jalik sub`ekti bo`lib, o`ziga tegishli mulk asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmat ko`rsatadi.
Firma - korxonadan farqli o`laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi yoki davlat muassasasi uchun ham, savdo-vositachilik faoliyati uchun ham, sayyohlik va boshqa tashkilotlarga nisbatan ham qo`llash mumkin.




Download 120.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling