2-BOB. - 2.1. Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O`zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli soxalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o`z mol - mulklari bir qismini ajratib, shu`ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu`ba korxonalarga ham qo`shma korxonalarga qo`yilgan talablar belgilangan.
- Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o`zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.
- Lizing shartnomasi esa chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olish.
- Moliyaviy aktivlar - bu qimmatli kog`ozlar bo`lib, u chet el kapitalini jalb etish, chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun emissiya qilinadi.
- Davlat tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:
- 1)moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug`urtalash va kafolatlash;
- 2) nomoliyaviy: er uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta`minlash; texnik yordam ko`rsatish.
2.2. O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 3,2 mlrd.dollarni yoki 24,2%ni tashkil etdi. - 2.2. O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 3,2 mlrd.dollarni yoki 24,2%ni tashkil etdi.
- Shundan eksport hajmi 923 mln.dollar, import hajmi esa 2 257 mln.dollarga yetgan.
- 2022 yilning mart oyi yakuni bilan O‘zbekistoning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo hajmidagi ulushi:
- Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 1 865 mln. dollarni yoki 59%ni tashkil etib, eksport hajmi 485 mln. dollarga, import hajmi esa 1 380 mln dollarga yetdi.
1-rasm. O`zbekistonning xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 2022 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |