Mavzu: Ish joyida uchraydigan kimyoviy ta’sirlar va ularni gigiyenik baholash. Ish joyida uchraydigan zararli ta’sirlarni gigiyenik meyorga keltirish
Download 57.59 Kb.
|
Gigiyena 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanserogenli ta’sir
Sanoat allergenlari bu shunday moddalar, ular organizmga tushganda, ma‘lum muddatlardan so’ng organizmni allergizatsiya holatiga olib keladi. Allergenlik xususiyatiga ko’pincha yuqori molekulali organik birikmalar ega bo‗ladi, ammo ma‘lumki ko’pgina quyi molekulali moddalardan tortib, toki ayrim kimyoviy elementlargacha ana shunday ta‘sir ko’rsatish xususiyatiga ega, masalan, kobalt, nikel birikmalari (Co, Ni). Bu moddalar organizmda gaptenlik vazifasini o’taydi, hujayralardagi oqsil molekulalari bilan birikib murakkab komplekslar hosil qiladi, bu moddalar o’z o’rnida organizmni autoallergizatsiya holatiga olib keladi. Ishchilar organizmida yuzaga keladigan
allergik holatlar tez sodir bo‗ladigan va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalar ko‗rinishida namoyon bo’lishi mumkin. Tez sodir boladigan allergik reaksiyalarga bronxial astma, angionevrotik shish, eshakemi va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalarga dermatitlar, ekzemani kiritish mumkin. Bunday reaksiyalarning kelib chiqishida nasldannaslga o’tuvchi moyillik, neyroendokrin kasalliklar va shaxsiy moyillik holatlari katta ahamiyatga egadir. Kasbiy allergozlarning profilaktikasi juda murakkabdir, chunki allergiyaning shakllanishida yoki ayrim hollarda allergik reaksiyalarni kelib chiqishida juda kichik miqdorlardagi allergenlarning ta‘siri ham etarli bo‗lib qoladi. Bunday vaziyatlarning oldini olish uchun allergik ta‘sir ko‗rsatuvchi moddalarning o‗zini yoki guruhini aniqlash va organizmni desensibilizatsiyalash juda muhimdir yoki bo’lmasa shu organizmni allergenlar bilan bo‗ladigan aloqasiga umuman barham berish zarur. Birlamchi profilaktik tadbirlarni o‗tkazish uchun ishchilarga kimyoviy moddalarning ta‘sir etish mumkinligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar (umumzaharli ta‘sirlarning oldini olishga . Kanserogenli ta’sir - bu kimyoviy moddalarning xavfli o’smalarni keltirib chiqarish xususiyatidir. Sanoat kanserogenlari ko’p va xilma- xildir. Butun dunyo Sog‗liqni Saqlash tashkiloti tarkibiga kiruvchi guruhining tasnifiga ko‗ra (1982) barcha kanserogenlik xususiyatiga ega bo’lgan moddalar ikki guruhga bo’linadi: 1-guruh - odam organizmi uchun kanserogenli ta‘siri aniqlangan moddalar; 4-aminodifenil, margumush va uning birikmalari, asbest, benzol, benzidin, xlormetilmetalli efir, xrom va uning birikmalari, 2- nafitilamin, qurum qatronlar, mineral yog, vinilxlorid va b.q. 2 guruh odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati bo’lishi mumkin bo’lgan moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar yana 2 guruhga bolinadi: a) odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati yuqori bo‗lgan moddalar (akrilonitril, benz(a)piren, berilliy, dietilsulfat, 0-toluidin, nitrozoaminlar va b.q.); b) odam organizmi uchun kanserogenlik xususiyati past bo‗lgan kimyoviy moddalar (to‗rtxlorli uglerod, xloroform, xlorfenollar, dibro metan, formaldegid, ayrim turdagi gerbitsidlar va b.q.) Kasb kasalliklari yana badan terisida uchraydigan rak kasalliklari kiritilgan, bundan tashqari nafas organlari, jigar, oshqozon, siydik pufagi, suyaklarda uchraydigan xavfli o’smalar, 1 guruhga kiruvchi kanserogenli moddalar va 2 guruhdagi ayrim kanserogenli ta‘sirga ega bo’lgan moddalar ta‘sirida yuzaga keladigan leykozlarni aytish mumkin. Xavfli o’smalarni kelib chiqishida organizmning rakdan oldingi holati katta rol o’ynaydi, masalan, mexanik va termik jarohatlar, zararli odatlar (spirtli ichimlik ichuvchilar, chekuvchilar). Xavfli o’sma kasalliklarining oldini olishda umumiy tadbirlardan tashqari shu narsani inobatga olish zarurki, kanserogenli effekt kanserogenlarning juda kichik dozalar ta‘sirida ham yuzaga kelishi mumkin, buni kanserogenlarning bo’sagasiz effekti deb nomlanadi. Shuning uchun eng yaxshisi ishlab chiqarish muhitida kanserogenlarning bo’lmasligiga erishish kerak. Bir qator kanserogenlar uchun Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash Tashkilotining tavsiyasiga ko’ra REK "0" qiymatga ega bo’lishi kerak, jumladan shunday qiymat - benzidin, alfa naftil amin, betta nitrozo- dimctilamin, alfa propiolaktamlar uchun belgilangan. Boshqa kanserogenlarning havo muhiti uchun REK faqat ishlab chiqarish havosi uchun benz(a)pirenga nisbatan ishlab chiqilgan bo’lib, bu 15mg/m3 qiymatga tengdir. Kasbga doir xavfli o’sma kasalliklari uchun dastlabki va davriytibbiy ko’riklarni sifatli o’tqazilishi katta ahamiyatga ega bo’lib, rakdan oldingi holatlarni o’z vaqtida aniqlash maqsadini ko’zda tutadi. Download 57.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling