To‘g‘ri o‘tirish qoidalari:
O‘quvchilar ish vaqtida to‘g‘ri o‘tirish qoidalariga amal qilishlari kerak. Har bir asbob yoki ish qurolidan foydalanayotgan vaqtida qo‘llarni keskin harakatl antirmaslik, o‘rnidan turmaslik, orqasiga qaramaslik, yoniga o‘girilmaslik, o‘rtog‘iga gapir maslik kerak. Ish vaqtida gavdani to‘g‘ri tutish, bir tomonga qiyshaymaslik, oyoqlarini to‘g‘ri joylashtirish, qo‘llarni stol ustida harakatlantirish, asbob va ish qurollarni gavdasiga yaqin olib kelmaslik, ish stolida to‘g‘ri o‘tirish kerak. Shunda o‘quvchi charchab yoki toliqib qolmaydi.
Ustaxonadagi asbob-uskunalar.
O‘quvchilar ustaxonada ishlayotganl arida har xil asboblar va moslamalardan foydal anishadi. Qaychi, qalam, chizg‘ich, igna, angishvona, yelim, yelim cho‘tkasi, bi giz, taglik taxtachalar, pichoq, gazlama, rangli qog‘oz to‘plami, plast ilin, turli
urug‘lar, barglar, mato bo‘laklari, karton to‘plami, sochiq, chiqindilar uchun quticha, stol ustiga klyonka.
Turli asboblardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari:
Qaychidan foydalanish qoidalari
1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.
2. Qaychini uchini yuqoriga qilib ushlamang.
3. Qaychini ochiq holda qoldirmang.
4. Qaychini yurib turganingizda ishlatmang.
5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘ingizga uzating.
6. Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo‘nalishini va materialni ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib turing.
7. Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o‘qituvchiga topshiring.
Pichoq bilan ishlash qoidalari
1. Uchi yumaloq pichoqdan foydalaning.
2. Pichoqni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ishlating, kesganda qattiq bosmang.
Bigizdan foydalanish qoidalari
1. Bigizni o‘rinsiz ishlatmang.
2. Sirti silliq, sirg‘anchiq qattiq predmetlarni bigiz bilan teshmang.
3. Teshiladigan predmetni qo‘lingizda ushlamang, uni stol, taglik ustiga qo‘yib teshing.
Do'stlaringiz bilan baham: |