Mavzu: Ishlab chiqarish: mazmuni va uning iqtisodiy asoslari Reja


Download 111.76 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi111.76 Kb.
#1309864
Bog'liq
Kurs ishi Iqtisodiyot


MAVZU: Ishlab chiqarish: mazmuni va uning iqtisodiy asoslari
Reja:

  • Kirish

  • Asosiy qism

  1. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari. Ishlab chiqarish jarayoni va uning iqtisodiy asoslari.

  2. Ishlab chiqarishning jamiyat va odamlar hayotidagi o’rni va ahamiyati.

  3. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning birligi va o’zaro bog’liqligi

  4. Ishlab chiqarish va uning infratuzilmasi

  • Xulosa



Kirish
Har qanday jamiyatning bosh maqsadi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan. Ehtiyojlarni qondirishning negizi ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarning muayyan maqasadni ko’zlab amalga oshiradigan faoliyati bo’lib, iste’mol uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan jarayondir.
Har qanday jamiyatning yashashi uchun ishlab chiqarish uzluksiz yuz bеrishi shart. Unda uzilish yuz bеrsa, kishilarning hayotiy ehtiyojlari qondirilmaydi. Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 elementdan iborat - mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻlishini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va isteʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil topadi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolni oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.
Mamlakatimizning birichi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “xamashyoni jahon bozorida talab katta bo’lgan mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o’tishimiz zarur. Bu tizimning ma’no mohiyati shundan iboratki , u birinchi bosqichda homashyoni dastlabki qayta ishlash, ya’ni yarim fabrikatlar tayyorlash, keying bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor materiallarga aylantirish, uchinchi va yakuniy bosqichda esa iste’mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqarish va amalga oshirishda har bir turdagi birlamchi homashyo, ya’ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib,uni iste’mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yakuniy bosqichga qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib boorish zarurati paydo bo’lmoqda”.
Xozirgi sharoitda ya’ni davlatimiz aholi sonining muntazam o’sib borayotganligini hisobga olgan holda shuni ham takidlab o’tishim joizki, Respublikamiz hududida sanoat fabrikalari, turli xil xususiy sektorlar va ishlab chiqarish korxonalarning soni oshgani sayin YaIM ko’payadi, aholi orasida ishsizlar soni kamayadi va eng asosiysi yashash tarzi yaxshilanadi.
Ya’na bir ma’lumotni ham qo’shimcha qilish joizki, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 2255 dollargacha oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi. 2021 yil darajasiga nisbatan real o‘sish sur’ati 5,7 foizni tashkil etdi. YAIMda sanoat mahsulotlarining ulushi 484,7 trln so‘mga (+5,2 foiz), xizmatlar ko‘rsatish — 343,3 trln so‘mga (+8,5 foiz), mahsulotlarga sof soliqlar — 60,3 trln so‘mgacha oshdi.
Savdo, turar joy va oziq-ovqat xizmatlari sohasi 9,3 foizga, transport, axborotlashtirish va aloqa sohasi 14,7 foizga o‘sdi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3,6%) nisbatan past o‘sish sur’atlari kuzatildi.
O‘rtacha kurs bo‘yicha AQSh dollarida hisoblanganda nominal YAIM 80,38 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 11,18 mlrd dollarga ko‘p. 2021 yil yozida prezident Shavkat Mirziyoyev 2026 yilga borib O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 1,5 barobarga oshirish va YAIM hajmini kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi.
Aholi jon boshiga YAIM real ko‘rinishda 3,5 foizga — 21,15 mln so‘mdan 24,91 mln so‘mga (2254,9 dollar) o‘sdi. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 5,3 foizga, 2020 yilda pandemiya yilida esa 0,1 foizga o‘sish qayd etilgan.

Iqtisodiy faoliyat deganda inson tirikligini ta’minlash usullari va vositalar majmui tushuniladi.


Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi, yaratilgan mahsulotlarni ayirboshlash orqali istemol qilish bilan tugallanadi. Uning asosiy bo’g’ini ishlab chiqarish, ya,ni xar hil mahsulot va xizmatlarni yaratishdir. Mehnat orqali yaratilgan ne’matlar iqtisodiy ne’matlar deyiladi. Ular tabiatdagi tekin ne’matlar (havo, quyosh nuri, suv) dan farq qiladi. Mahsulotlarni ayirboshlash va ularning iste’moli ya’ni ishlatilishi ham iqtisodiy faoliyat tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish savdo-sotiq orqali iste’mol bilan bog’lanadi. Ishlab chiqarish bo’lmasa kishilar yashay olmaydi bu turgan gap. Ammo kishilar yaratgan mahsulotlarni o’zaro ayirboshlash orqali iste’molni qondiradilar, bir-biriga kerakli mahsulotlarni yetkazib beradilar. Kishilar o’z ehtiyojini qondirmasa, ishlash qobiliyatini tiklay olmaydilar. Binobarin, iste’molsiz ishlab chiqarish ham bo’lmaydi. Ishlab chiqarish turlari g’oyat ko’p. Statistik ma’lumotlarga qaraganda hozir dunyoda qariyb 25 million xil mahsulot va ularning butlovchi qismlari va detallari yaratiladi. Aholiga esa minglab xildagi xizmatlar ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish birlamchi faoliyat sifatida 2 turga bo’linadi:

  1. Moddiy ishlab chiqarish aniq moddiy shaklga ega mahsulotlarni (masalan, iste’mol buyumlari,yonilg’i,xomashyo, material, mashina va uskunalarni) yaratish, shuningdek, moddiy sohaga xizmat ko’rsatish. Bunga sanoat, qishloq xo’jaligi, yuk transporti, qurilish, ombor xo’jaligi, aloqa kiradi.

  2. Nomoddiy ishlab chiqarish – moddiy shaklga ega bo’lmagan, qo’l bilan ushlab xis etilmaydigan, ammo foydali xizzzmatlar ko’rsatish. Masalan, shifokor yoki o’qituvchi xizmati moddiy ko’rinishda emas, lekin u hammaga zarur. Nomoddiy ishlab chiqarishga madaniyat, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport kabi sohalar kiradi.










Download 111.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling