Mavzu: Ishlab chiqarish menejmenti va uning korxona rivojlanishidagi o’rni
Download 99.41 Kb.
|
Mavzu Ishlab chiqarish menejmenti va uning korxona rivojlanishi
Mavzu: Ishlab chiqarish menejmenti va uning korxona rivojlanishidagi o’rni Mavzu: Ishlab chiqarish menejmenti va uning korxona rivojlanishidagi o’rni Mundareja: Kirish
1.1. Menejer mexnati va uning xususiyatlari.....................................6 1.2. Bozorning menejerlarga bo’lgan talabi.....................................12 1.3. Menejer mexnatini tashkil etish mexanizmi..............................15 2. Menejerning korxona rivojlanishidagi o’rni. 2.1. Ishlab chiqarishni boshqarish. Menejment……………………19 2.2. Ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy darajasi……………….24 3.Amaliyqism 3.1.Hisob-kitob……………………………………………………27 Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodni boshqarish tizimini qayta qurish — mamlakatimizda o‘tkazilgan islohotlar dasturining asosiy yo‘nalishlaridandir va bu yangi shart-sharoitlarga tushib qolgan korxona uchun muhim ahamiyatga ega. Pul-tovar munosabatlarining obyekti sifatida korxona iqtisodiy mustaqillikka ega bo‘lib, o‘zining xo‘jalik faoliyati natijalariga javob beruvchi bir paytda, korxona o‘zida boshqarish, menejment tizimini shakllantirishi kerak-ki, unga bozordagi faoliyatining yuqori samaradorligi, raqobatbardoshligi holatlarini ta’minlashi lozim. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirishdan asosiy maqsad — ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotni samarali boshqarish tizimlarini shakllantirish asosida ishlab chiqarishni iste’molchi xohish-irodasiga tomon burish, fuqarolarning iqtisodiy erkinligini ta’minlagan holda mehnatsevarlikni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, yuqori unumdorlikni rag‘batlantirish uchun obyektiv sharoit yaratishdan iboratdir. Bozor mexanizmi bir tomondan — mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishga imkon yaratsa, boshqa tomondan — ishlab chiqarishning moslashuvchanligini, iqtisodiy faoliyatga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini doimo qo‘llab borishni talab etadi. Menejment — bu mehnat, aql-idrok, qobiliyat, tajriba va malakalarni ishga solgan holda maqsadlarga samarali erishishni tashkil etish, boshqarishdir. «Ishlab chiqarish menejmenti»ning predmeti bo‘lib korxona, alohida tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini o‘rganish hisoblanadi. Ishlab chiqarish menejmentining maqsadi oliy, o‘rta va quyi darajadagi bo‘lajak boshqaruvchi menejerlarni korxona ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat. Bo‘lajak boshqaruvchi menejerlarni ongli tarbiyalash hozirgi zamon talablaridan biri. Prezidentimiz Islom Karimov «Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz» kitobidagi ma’ruzalarida: «Bugungi kunda bir oddiy haqiqat barchamiz uchun ayon bo‘lishi kerak: oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz — mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham — bularning barcha-barchasi, 4 avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir» — deb ta’kidlagan. «Ishlab chiqarish menejmenti» fanini chuqur o‘rganish talabalarni, yosh avlodni ishlab chiqarish bilan aloqalarini mustahkamlashga, fanning obyekti bo‘lmish korxonalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishlariga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi»da kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish quyidagicha tavsiflanadi: «Ishlab chiqarishning talab ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeini kuchaytirish ta’limni korxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qo‘shib olib borish asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy texnologiya ishlanmalarini olib borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish va boshqa yo‘llar bilan ta’minlanadi». To‘qqiz bobdan iborat bo‘lib, u o‘z navbatida zarur ko‘rgazmali chizmalar, grafik va jadvallar bilan to‘ldirilgan. Birinchi bobda ishlab chiqarish menejmentining obyekti, predmeti uning ahamiyati, vazifalari va uni o‘rganish metodologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Ikkinchi bobda ishlab chiqarish menejmenti sistemasi tuzilmasi, ya’ni korxonada ishlab chiqarish faoliyatini kichik sistemalar orqali tasvirlash va uning tashqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi masalalar keng yoritilgan. Uchinchi bob korxonada qarorlar qabul qilish, menejment jarayonida qarorlar klassifikatsiyasi, ularni bajarish tartiblarini o‘z ichiga olgan. To‘rtinchi bobda personalni boshqarishda boshqarish tamoyillari va usullari, korxona va tashkilotda mavjud bo‘lgan ham jismoniy, ham inson resurslaridan samarali foydalanish yo‘llari, personalni boshqarish tizimining asosiy vazifalari, korxonada ixtilofli vaziyatlar va ularni hal qilish, stressli vaziyatlar keltirib chiqaradigan psixologik omillar, menejer mehnati to‘g‘risida ma’lumotlar belgilab berilgan. Beshinchi bobda korxona faoliyatini rejalashtirish uchun rejalashtirish tamoyillarining zarurligi, korxonada strategik reja va biznes-rejalarning tuzilishi, ular mazmuni, korxonada bozor strategiyasi shakllanishi, bozorni o‘rganish strategiyalari, korxona yoki firma o‘sish imkoniyatlarining asosiy yo‘nalishlari izohlab berilgan. Download 99.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling