Mavzu: Ishlab chiqarish omillari turlari va funksiyalari. Reja: 1-Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi


Download 246.13 Kb.
bet8/14
Sana28.12.2022
Hajmi246.13 Kb.
#1014083
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
2 word Ishlab chiqarish omillari turlari va funksiyalari

Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillaming, ya’ni sarflaming birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko'proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko'rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko'paytirishga mo'ljallangan mahsulot hajmini ishlabchiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini beradi.

Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim turlarini ko'paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini ko'paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo'lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Omillardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda o'lchaydilar: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va so'nggi qo'shilgan mahsulot.

Umumiy mahsulot jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmidir.

 O'rtacha mahsulot esa jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi: 0'M = M/(J,K) So'nggi qo'shilgan mahsulot deb eng so‘nggi qo'shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o'sgan mahsulotga aytiladi. Har bir qo'shilgan omil evaziga olingan qo'shilgan mahsulot esa so'nggi qo'shilgan omil unumdorligi deb aytiladi.

So'nggi qo'shilgan mahsulot (o‘sgan) miqdorini so'nggi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo'lish yo‘li bilan qo'shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi.

 

 

 

4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi

Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini toMaroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bolishi ko‘zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha toMaroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlami ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.


Download 246.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling