Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari
Reja:
Kirish……………………………………………………………………..2
Fondlar va uning turlari…………………………………………………..4
Firmaning harajatlari……………………………………………………..10
Doimiy va o’zgaruvchan harajat turlari………………………………….16
Xarajatlarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar……………………….22
Xulosa……………………………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………30
Kirish.
Kurs ishimning dolzarbligi shundan iboratki hozirgi kunda yurtimizda tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. “Yana qaytaraman, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish - prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanadi, hurmatli amaldorlarimiz buni uqib olishlari kerak” deb taʼkidlagan edi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev."Biz iqtisodiyotimizni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlarga keng yoʻl ochib berish siyosatini bundan keyin ham qatʼiy davom ettiramiz. Hal qiluvchi ahamiyatga ega bu sohani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, uning oldida paydo boʻladigan toʻsiqlarni butunlay olib tashlash masalasi davlat rahbari sifatida mening doimiy eʼtiborim va nazoratimda boʻladi", — dedi Mirziyoyev. Tadbirkorlar haqida gapirar ekan, oʻtmishda ajdodlarimiz ham tadbirkorlik bilan shugʻullanganini, buni Buyuk Ipak Yoʻli misolida ham koʻrish mumkinligini, umuman, tadbirkorlik oʻzbek xalqining qonida bor ekanligini taʼkidladi. "Amaldorlarga tadbirkor ertaga hammangni boqadi, deb necha marotaba aytganman, tadbirkorni yoʻliga gʻov boʻlish, oyogʻiga kishan boʻladigan qonunlarni chiqarish kerak emas. Tadbirkor boy boʻlsa, xalq ham, davlat ham boy boʻladi", — dedi Mirziyoyev. Prezident tadbirkor faoliyatiga toʻsiq boʻlish davlat siyosatiga xiyonat,deb qabul qilinadi, deya ogohlantirdi.Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan har qanday inson uchun qancha xarajat qilgan holda, qancha foyda olishi muhim masala hisoblanadi. Shuning uchun men quyidagi kurs ishimda xarajat o’zi nima, uning qanday turlari mavjud, ularga nimalar ta’sir etadi degan savollarga javob topishni maqsad qilib qo’ydim.
Do'stlaringiz bilan baham: |