Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda tashkil topishining xususiyatlari Reja: Kirish


Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida tushuncha


Download 78.62 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi78.62 Kb.
#1506162
1   2   3   4   5
Bog'liq
um1d

1.Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida tushuncha
Iqtisodiy faoliyatning har qanday turini amalga oshirish uchun muayyan iqtisodiy resurslar talab qilinadi. Ularni sotib olish uchun qilinga xarajatlar iqtisodiy xarajatlar deb ataladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga iqtisodiy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish natijasida vujudga keladigan sarf-xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi (W):
W = Rт+ Ааs+ Оay+Bx; Rт- = ( Ih+ r+ R+ Рn)

Resurslar uchun to’lovlar (RT):
Ish haqi (Ih);
Foiz to’lovlari (r);
Renta to’lovlari (R);
Normal foyda (Pn).
Asosiy kapital amortizasiyasi (Aas):
Xom-ashyo va materiallar.
Aylanma kapital qiymati (Oay):
Yonilg’I, energiya va boshqalar.
Boshqa xarajatlar (Bx):
Ijtimoiy sug;urta uchun ajratmalar:
To’g’ri soliqlar va boshqa to’lovlar.
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Klassik yondashuvda ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ikkiga bo’linadi, ya’ni muomala va ishlab chiqarish xarajatlari:
1. Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilingan barcha sarflar ( Ish haqi, xom-ashyo va material sarflari, amortizasiya va h.k) tushuniladi.
2. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib,
5
shu tovarlarni ishlab chiqaruvhidan olib, iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan
sarf xarajatlarga aytiladi.
Muomala xarajatlari ham ikkiga bo’linadi:
1. Qo’shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o’rash, qadoqlash saarlash, tarnsportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomalaa xarjaatlari hisoblanadi. Muomala xarajaatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin bo’lib, Tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
2. Sof muomala xarajatlari (sotuvchi maoshi va boshqalar), marketing (iste’molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Hozirgi zamon sarf-xarajaatlari g’oyasi bo’yicha korxona iishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resursla bo’lishi mumkin.
Resurslarni jalb qilish manbaiga ko’ra:
Tashqi xarajatlar-tashqi resurslarni jalb qilish tifayyli vujudga keladi.
Ichki xarajatlar- o’ziga tegishli resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladi.



Tashqi xarajatlar

Ichki xarajatlar

ishchi kuchiga sarflar

bino-inshoot amortizasiyasi

xom-ashyo xarajatlari

mashina-uskuna amortizasiyas

yonilg’i-energiyaga xarajatlar

qarz pul mablaglari va uning uchun foizlar

transport aloqa xizmatlariga xarajatlar

me’yordagi foyda

bank tijorat xizmatlari uchun sarf xarajatlar



Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga bog’liqlik darajasiga ko’ra xarajatlar ikkiga bo’linadi: doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar.


Doimiy xarajatlar-ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmay, hatto mahsulot ishlab chiqarilmaganda ham sarflanadigan xarajatlar.
6
O’zgaruvchi xarajatlar-ishlab chiqarish hajmiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’ladi.


Doimiy xarajatlar

O’zgaruvchi xarajatlar

boshqaruv xodimlar maoshi

xom-ashyo

korxona to’lov majburiyatlari

material

Soliqlar

yonilg’i

amortizasiya ajratmalari

transport xizmati

ijara haqi

ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun xarajatlar

qo’riqlash xizmati xarajatlari



Mahsulot narxiga qo’shilgan harakteriga ko’ra:


To’g’ri yoki bevosita xarajatlar-bevosita mahsulot tannarxida aks etadi, narx tarkibiga kiradi,
Egri yoki bilvosita xarajatlar-mahsulot tannarxida aks etmaydi, mahsulot narxiga ustama xisoblanadi.

7


Download 78.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling