Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiruvchi omillar
Download 110.22 Kb.
|
mikroiqtisodiyot Raximjonova Diyora
Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiruvchi omillar Mundarija Kirish………………………………………………………………………….3 Asosiy qism 1.Ishlab chiqarish xarajatlari haqida umumiy ma’lumot…………………..…5 2.Ishlab chiqarish xarajatlarini o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar…….…….12 3.Ishlab chiqarishda xarajatlarni kamaytirishning amaliy yechimlari…….…22 Xulosa…………………………………………………….…….………….…27 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………….….……………28 Kirish Iqtisodiyotni rivojlantirish har qanday davlatning ustuvor masalasi hisoblanadi.Bugungi kunda iqtisodiyotimizni rivojlantirish maqsadida yurtimizda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Bunga yorqin namuna qilib, davlatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning fuqarolarga yo’llagan “Murojaatnoma”si keltirishimiz mumkin. “…Bir narsani alohida ta’kidlash kerak, pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan teppa-teng hissa qo‘shdilar. Shuning uchun barchamiz tadbirkorlarga yelkadosh bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashimiz shart.” 1 Tadbirkorlik shu bilan birga ishlab chiqarish sohasi hozirgi davrga kelib , davlatimiz iqtisodiyotining asosiy tarmog’iga aylanib ulgirdi.Negaki ular orqali yurtimizda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.Masalan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda oilaviy tadbirkorlik orqali ko’plab xorijiy investitsiyalar olib kirilmoqda,qo’shma dasturlar orqali rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilib, shatnomalar imzolanilmoqda.Bularning barchasi ishlab chiqarish sohasining jadallashuvidandir. Tadbirkorlik subyektlari bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ularga zarur qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, o‘zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘ttizga yaqin dastur amaliyotga tatbiq etila boshlandi hamda soliq to‘lovchilarga o‘ndan ortiq interaktiv, ya’ni qog‘ozsiz, masofadan turib xizmatlar ko‘rsatilayotir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Ushbu kurs ishida ishlab chiqarish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ishlab chiqarishdagi xarajatlarni kamaytirish omillari asosida ishlab chiqarish xarajatlari haqida umumiy tushunchalar, xarajatlarning o’zgarishiga sabab bo’luvchi omillar, ishlab chiqarishda xarajatlarni kamaytirishning amaliy yechimlari yoritilgan. Kurs ishini yozishda ishlab chiqarish va uning xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan turli xil adabiyotlar,Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g’oyalar , so’nggi yillarda ushbu mavzu bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlardan foydalanilgan. Kurs ishi kirish, uchta bobni o’z ichiga olgan asosiy qism,xulosa,foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Download 110.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling