Mavzu: Ishlab chlqarish jarayoni va uning natijalari
Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Download 25.75 Kb.
|
Ishlab chlqarish jarayoni va uning natijalari
Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko'rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to'xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’yektiv zaruriyatdir. Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng awalo, uning ro'y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo'lmog'i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’i nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishning hamma sohalari uchun umumiy boMgan uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari boMishi shart (1-chizma). Ishchi kuchi deb. insonning mehnat qilishga boMgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigMndisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boMgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o'zi cmas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar. stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom ashyo boMishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra, bir nechta katta guruhlarga boMish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlaiiga bevosita la'sii qiladi va bu ashyolarni o'zining iste’moli uchun zarur boMgan shaklga keltiradi. Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun moMjallangan mehnat vositalari (sisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi. Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki toMa va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yoshlar va boshqalar misol bola oladi. Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat predmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallaming tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsa-da, bu omilla^ga turli adabiyotlarda tudicha ta’rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlari (yer-suv, yer osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. L5.i yerda ishchi kuchi bilan mehnat o'rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning to'g‘rirog‘i ishchi kuchining ma'lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko'pgina chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga ma'lumki, mehnat turli omillaming birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi. vuqorida aytganimizdek. insonning mehnatga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyati. uning bilim. malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor tuigan omil bo'lib xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo'shilishi natijasida sodir bo'ladigan va ma lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir. Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yersuv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz Ishlab chiqarish omillari Ishchi kuchi Tadbirkorlik faoliyati Yer Kapital Download 25.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling