Mavzu: ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni. Reja


O’zbekistonda ishsizlik darajasining 2017 yilgi holati


Download 45.19 Kb.
bet6/7
Sana23.03.2023
Hajmi45.19 Kb.
#1289982
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISHSIZLIKNING IQTISODIY OQIBATLARI. A.OUKEN QONUNI.

5. O’zbekistonda ishsizlik darajasining 2017 yilgi holati
O’zbekistonda ishsizlar soni mehnatga layoqatli aholining 5,4 foizini tashkil etadi. “O’zbekistonda bugungi kunda 32,5 mln fuqaro bo’lsa, shundan 14,5 mln kishi iqtisodiy faol fuqaro hisoblanadi. Bandlikka ko’maklashish va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda umumlashtirgan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, yanvar’-sentyabr’ oylarida 765 ming kishi rasmiy ishsiz deb qabul qilingan. Bu esa, ishlashi mumkin bo’lgan aholiga nisbatan 5,4 foizni tashkil qilishini anglatadi. Agar ishsiz aholi joylardagi bandlikka ko’maklashish va mehnat munosabatlari bo’limlariga rasman murojaat qilib, ro’yxatdan o’tmasa, ular ishsiz deb e’tirof etilmaydi. SHunga binoan, ishsiz yurgan fuqarolar Bandlikka ko’maklashish va mehnat munosabatlari vazirligining tuman bo’limlariga murojaat qilishsa, ishsizlik borasidagi aniq raqamlarga ega bo’lish imkoni paydo bo’lar edi. 
Bundan tashqari kelasi yildan ish haqlarini inflyatsiyaga bog’liq ravishda oshirish tizimi joriy etilishi haqida ma’lumotlar berildi. 
“2018 yildan byudjet tizimida ish haqini belgilashda birinchidan, inflyatsiyani to’g’ri hisoblash va uning darajasidan kelib chiqqan holda har 6 oyda inflyatsiyadan kam bo’lmagan miqdorda kompensatsiya qilish tizimi yo’lga qo’yiladi. Masalan, 1 yanvardan 1 iyulgacha bo’lgan 6 oyda inflyatsiya qancha bo’lsa, shu miqdorda ish haqi oshiriladi. Keyingi 6 oyda ham, ya’ni yil oxirida xuddi shu tarzda ish haqiga kompensatsiya qilinadi.
Bu, inflyatsiya darajasiga mos ravishda oylik maoshlar miqdorini oshirish tajribasi birinchi marta qo’llaniladi. Avvalgi yillarda inflyatsiya e’tiborga olinmasdan ish haqlari oshirib kelingan.
Endi shu o’rinda yana bir masala paydo bo’ladi. Aholi daromadlarini oshirish uchun ishlab chiqarishni real kuchaytirish, buni fuqarolar o’zida his qilishlaridir. Buni ta’minlash uchun 3 ta eng asosiy muammoni hal qilish kerak bo’ladi.
- YOqilg’i-moylash mahsulotlariga bo’lgan taqchillikka barham berish. Ular bilan uzluksiz ta’minlash masalasi. YUqorida ta’kidlanganidek, hukumat mablag’larni ajratayapti, “O’zbekneftegaz” bu vazifani qisqa muddatda hal qilishi kerak.
- Elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash. CHunki, elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlar bo’lsa, ishlab chiqarish o’z vaqtida buyurtmalarini bajara olmaydi, mahsulotlar tannarxi oshishiga olib keladi. Bu esa, uning bozordagi raqobatbardoshligiga putur yetkazayapti. 
- Ishlab chiqarish quvvatlarini gaz bilan uzluksiz ta’minlash. Bu borada ham yuqoridagi gaplarni aytish mumkin.
SHunga binoan, bu muammolarni hal etish maqsadida kelasi yili gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 17 foizdan oshirish rejalashtirilgan”

Download 45.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling