Mavzu: Islom dini tarixi va falsafasi


Download 138.98 Kb.
bet5/14
Sana18.12.2022
Hajmi138.98 Kb.
#1030843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Islom dini

Hadis ko‘pincha sunna so‘zi bilan ham yonma-yon keladi. Sunna so‘zining lug‘aviy ma’nosi – “odat”, “tariqa–yo‘l” bo‘lib, istilohiy ma’nosi – payg‘ambar odatlari, tutgan yo‘llari, taqrir (ko‘rib qaytarmagan) va buyurgan ishlariga nisbatan ishlatiladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, hadislarning zamirida sunna yotadi. Islom ta’limotida e’tiqod mezonlarini belgilash va fiqhiy masalalarni hal etishda Qur’ondan keyin sunnaga asoslaniladi.
IX asr asosan mavjud hadis to‘plamlari qayta ishlagan holda ularni boblar bo‘yicha tasnif qilib, musannaflar yozish davri bo‘ldi. Bu esa hadislardan foydalanish uchun qulaylik tug‘dirdi. Islom olamida shunday musannaflardan oltitasi alohida e’tiborga molik sanaladi. Ular – eng katta obro‘ga ega bo‘lgan Imom Buxoriy (810-870) va Imom Muslimning (vaf. 875 y.) “Al-Jomi’ as-sahih” to‘plamlari, undan keyingi eng muhim asarlar – Abu Dovud at-Termiziy (vaf. 892 y.), Nasoiy (vaf. 915 y.) va Ibn Mojaning (vaf. 886 y.) “as-Sunan” asarlaridir.
“Al-Jomi’ as-sahih” kitoblari o‘z ichiga biografik ma’lumotlar, Qur’on oyatlariga tafsirlar, diniy qonun-qoidalar, ijtimoiy va shaxsiy axloq mezonlarini ham qamrab oldi. “Al-Jomi’ as-sahih”ning ishonchlilik darajasi boshqa to‘plamlardan ko‘ra ancha yuqori hisoblanadi.
Bulardan ayniqsa 2 tasi — «Sahiyh al-Buxoriy» va «Sahiyh al-Muslim» ko‘p e’zozlanadi.
YUrtdoshimiz Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810—870) 600.000 dan ziyod hadis to‘plagan va uning 7250 tasini «ishonarli» deb topgan va to‘plamga kiritgan. 4 jildik bu to‘plam hozir o‘zbek tilida nashr etilgan.
Muslim an-Nishopuriy (817—875) 300.000 hadisdan 12 mingtasini «ishonarli» deb topgan.
Qolgan 4 nafar, ya’ni Imom ibni Moja (887 yilda vafot etgan), Imom Abu Dovud (888 yilda vafot etgan), Imom at-Termiziy (892 yilda vafot etgan), Imom Nasaiy (915 yilda vafot etgan)larning hadis to‘plamlari ham mashhurdir.Biz bu ulug‘ insonlarning ikki nafari — yurtdoshimiz bo‘lganligidan mag‘rurlanamiz. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek,-“Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifatiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik.Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi”.10

Download 138.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling