Mavzu: Islom dinining vujudga kelishi


 Muhammad ibn Abdulloh-din da’vatchisi va davlat arbobi


Download 377.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi377.27 Kb.
#1548798
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islom dinining vujudga kelishi

1.2 Muhammad ibn Abdulloh-din da’vatchisi va davlat arbobi.
ISLOM (arab.-bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirish)-
jahonda uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom
diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi.
«Al – Islom» atamasi Qur’oni karimda semantik jihatdan «al - imon»
(e’tiqod) va ad – din (diniy burchlar majmuasi)ga yaqin ma’noda 8 marta
uchraydi.
Etimologik jihatdan «Islom» atamasi «salima» o‘zagidan olingan bo‘lib,
dastlab «salom - tinchlik» ma’nosini anglatdi. U islomdan avval arablarda
hukm surgan «johillik» ziddi sifatida ishlatildi. Furqon surasining 63 oyatida
aynan shu ma’noda: “Rahmon (Alloh)ning bandalari er yuzida ohista yuradilar,
johillar ularga xitob qilsalar, «salom» deb javob beradilar”, - deyilgan. Bu oyat
nima uchun arablarning Muhammad (sav) dan oldingi davri «johiliya» va
uning davri «islom» deya atalganini aniq izohlab berayapti.
Keyin «salima»dan olingan IV – bob «aslama» fe’li (Allohga) bo‘ysunmoq,
itoat etmoq, o‘zini bag‘ishlamoq ma’nolarida ishlatila boshladi. Shu fe’lning
sifatdoshi «muslim» Allohga itoat etuvchi va uning payg‘ambarlariga (qaysiki
bo‘lishidan qat’i nazar Ibrohim (as), Muso (as), Iso (as) va Muhammad
(as)larga) ergashuvchi barcha insonlarga nisbat qilindi. Qur’on oyatlari: Bas,
(ey, Muhammad,) yuzingiz (o‘zingiz)ni doimo to‘g‘ri bo‘lgan dinda (Islomda)
tuting! Insonlarni o‘sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!)
Allohning yaratishiga o‘zgartirish yo‘q. Eng to‘g‘ri din shudir! Lekin ko‘p
odamlar bilmaslar (Rum surasi, 30;30). Ibrohim o‘z o‘g‘illariga, shuningdek,
(nabirasi) Ya’qub ham shu dinni vasiyat qilib dedilar: “O‘g‘illarim, albatta,
Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmonlik holingizdagina
dunyodan o‘tingiz!” (Baqara surasi, 2;132). Iso ulardan kufrni sezgach, aytdi:
“Alloh sari (borishimda) menga yordamchilar kim?” Havoriylar aytdilar: “Biz


7
Alloh (dinining) yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va Allohga (bo‘yin
sinuvchi) musulmon ekanimizga guvoh bo‘lgin (ey, Iso!) (Oli Imron, 3;52).
Nihoyat, Moida surasining 3 - oyatida «Islom» so‘zi ayni Muhammad (sav)
e’lon qilgan dinga nisbatan ishlatildi. «Bugun dininglarni takomuliga etkazdim,
sizlarga ne’matimni oxirigacha berdim va dininglar «Islom» bo‘lishiga rozi
bo‘ldim».
Demak, «Islom» lug‘aviy jihatdan Allohga itoat etish, o‘zlikni unga
bag‘ishlash ma’nolarida johiliya arablarining o‘jarligi, qiziqqonligi,
takabburligiga zid qo‘yildi. Sunniy ulamolar orasida keng tarqalgan fikrga
ko‘ra «ad – din» tushunchasi «al – islom», «al - imon» (Allohning va uning
Rasuli Muhammad(sav) bergan barcha xabarlarning haqligi) hamda «al -
ihson» (husni axloqqa asoslangan amallar)ni o‘z ichiga oladi.
ASSALOMU ALAYKUM (arab. sizga tinchlik, salomatlik tilayman) -
musulmonlar o‘zaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom
qabul qiluvchi "Va alaykum assalom" ("Sizga ham tinchlik, salomatlik
tilayman"), deb javob qaytaradi. A.a. tanigan va tanimagan musulmonlarga
beriladi. Kichik yoshdagilar yoshi ulug‘larga, ulov mingan odam piyodaga,
piyoda ketayotgan kishi o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi. A.a.
ko‘pchilik huzuriga kirib o‘tirishda ham aytiladi. A.a. deyish sunnat, javob
qaytarish esa vojib hisoblanadi.
A.a. namoz o‘qiyotgan kishining namozi tugaganining alomati hamdir.
AShOB - q. Sahoba.Muhammad payg‘ambarga nozil bo‘lgan birinchi sura, al-
Alaq! Surasidir.Unga ko‘ra insonni ilmga da’vat qilinadi, ilm ulug‘lanadi.
"(U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U
insonga qalam Bilan (yozishni ham) o‘rgatdi.
3
U insonga bilmagan narsalarini bildirdi. Darhaqiqat inson xaddidan oshar. (Ey,
inson!) Albatta, qaytish Rabbing huzurigadir."Muhammad (s.a.v.) ana shunday
3
Jo’rayev U., Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixi. Тoshkent, 1998 yil. 54-61 betlar


8
shaxs sifatida nafaqat arablar dunyosida, balki butun musulmon olamida yangi
sivilizatsiyaga asos soldi. 40 yoshidan boshlab u Allohdan kelgan vahiylarni
o‘z qabiladoshlariga etkazadi.
MUHAMMAD (sav) (571-632) –islom dini asoschisi va payg‘ambari.
Musulmonlar e’tqodiga ko‘ra, Allohning oxirgi payg‘ambari va elchisi.
Muhammad ismiga “sallalohu alayhi vassallam” (sav) –“unga Allohning
rahmat va salomi bo‘lsin” deb salovat aytib qo‘shib qo‘yiladi.
Rasul (arab.-yelchi) islom an’anasida Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil
qilingan va targ‘ibot yuritish, da’vat qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob
nozil qilingan payg‘ambar. Muhammad (s.a.v.) ga nisbatan doimo Rasul nomi
qo‘llanib kelinadi. Nabiy-kitob nozil qilinmagan payg‘ambar. Shu boisdan
ham har bir rasulni nabiy deb atash mumkinligini, ammo nabiylarni Rasul deb
bo‘lmasligi qayd qilingan.
Nabiy (arab.-ko‘ligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) payg‘ambar,
Allohning farmoyishini insonlarga etkazib beruvchi vositachi shaxs. O‘zlariga
maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga (ya’ni Alloh elchisi) ato etilgan
kitob va shariatga amal qilmoqqa buyurilgan payg‘ambarlar nabiylar deyiladi.
Nabiylarning hech biri rasul bo‘la olmaydi, ammo rasullarning har biri Nabiy
nomi bilan ataladi.
Allohdan vahiy olib turuvchi shaxs Qur’onda Muhammad (sav)ning rasul
(elchi) degan ismi bilan bir qatorda eng asosiy sifatlaridan biri.
Islom dini paydo bo‘lgan davrga kelib yakkaxudolik g‘oyasi havoda kezib
yurardi: yangi haqiqiy Xudoni topishga xarakat qilgan juda ko‘p din
targ‘ibotchilari-payg‘ambarlar paydo bo‘ldi. Bo‘lajak islom sivilizatsiyasining
diniy poydevorini qurgan Muhammad shulardan edi.
Muhammad payg‘ambar iudaizmga ham, xristianlikka ham hurmat bilan
munosabatda o‘lgan, ularni Xudo nafasi tekkan kitoblarga ega dinlar deb
hisoblagan. Ammo islomda to‘la vahiy yuborib Zabur, Tavrot va Injilda
yozilgan ko‘pgina narsalarni bekor qilgan deb xisoblagan.


9
Muhammad payg‘ambar paydo bo‘lishining teran mazmuni shundan iboratki,
u ilohiylikning arablarga hozirgi davlatchilik poydevorini qurish imkonini
bergan.
Shunday qilib, Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan bo‘lgan
Muhammad ibn Abdulloh “fil yili”-Abrahaning Makkaga yurishi
muvaffaqiyatsiz tugagan yil, ya’ni taxminan 570 yilda tug‘ilgan deb hisoblash
qabul qilingan. U uncha boy bo‘lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin
oilada tavallud topgan.
Muhammad (AS) go‘dakligidayoq etim qolgan, tug‘ilmasidan olidin otasi
Abdulloh, olti yoshligida esa onasi Omina vafot etgan. Muhammadni o‘z
tarbiyasiga olgan bobosi Abdumutalib ham ko‘p o‘tmay vafot etadi. Etim
bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib o‘z zimmasiga oladi. Muhamad
amakisining podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi, karvonlarni
kuzatib boladi. Savdo ishlari bilan Suriyaga safar qiladi, u erda xristian diniy
ta’limoti bilan tanishadi. Muhammadning Makka shahrining siyosiy hayotida
ishtirok etgani, Ka’bani suv toshqini vayro etgach, uni tiklashga
ko‘maklashgani ma’lum.
U 25 yoshga to‘lganida badavlat ayol xadichaga uylanadi. Xadicha katta
savdo ishini o‘zi boshqarardi. Muhammad Damashq, Hiro, Makka va Yaman
oralig‘ida qatnab, savdo ishlarini olib boradi va muvaffaqiyatga erishadi.
Muhammad (AS) dan Xadicha uch o‘g‘il (Qosim, Tohir, Tayib) va 4 qiz
(Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) ko‘rgan. O‘g‘illari go‘dakligidayoq
vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad (AS)ning naslini davom
ettirgan.
Musulmon mamlakatlaridagi ko‘pchilik sulolalar (Hasaniylar, Husayniylar,
Idrisiylar, Fotimiylar, Sa’diylar vab.) hamda barcha sayyidlar Fotima va uning
eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi.
Muhammad (SA) Xadicha hayotligida uylanmagan. Vafotidan so‘ng bir necha
bor uylanganlar. Lekin Oyshadan boshqa qiz xotin olmaganlar, ulardan


10
farzanda ko‘rmagan. Joriyalari Moriyadan Ibrohim ismli o‘g‘li yoshligidayoq
vafot etgan.
Muhammad (AS) 40 yoshga to‘lgunga qadar ko‘pincha yolg‘iz ibodat
bilan mashg‘ul bo‘lar, o‘yga tolardi. 610 yilning ramazon oyida Hiro tog‘ining
g‘orida ibodat qilayotganida Allohdan Jaroil farishta vositasida birinchi vahiy
tushadi va Qur’oni Karimning “Alaq” surasining ilk oyati nozil bo‘ladi.
“Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad, btun
borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz nomi bilan o‘qing! U insonni lahta
qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli zotdir.
U insonga qalam bilan (yozishni) o‘rgatgan zotdir. U insonga bilmagan
narsalarini o‘rgatdi.”
Arabcha “iqra’” (o‘qimoq) so‘zi o‘qi yaqin ma’noli “qr’” o‘zagiga ega
bo‘lib, “yod o‘qimoq” va “qiroat qilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Qur’on
so‘zi ana shu o‘zakdan kelib chiqqan.
Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodatda “La ilaha illallohu
Muhammadun Rusul-Alloh” (Allohdan o‘zga iloh, Muhammad uning
payg‘ambaridir), deb uqtiradi. Qur’oni Karimda Allohning yagonaligi va
buyukligi juda ko‘p bor Qur’oni Karimda ta’kidlanadi.
Baqara surasi. 255.“Alloh-undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) hamisha barhayot va
abadiy Turuvchidir.“
Birinchi bo‘lib Bibi Xadicha, keyin amakivachchasining o‘g‘li Xaydar
(Ali) , asrandi o‘g‘li Zayd ibn Xoris islomga kiradi. Biroq, Makkadagi boshqa
qabiladoshlari Muhammad (s.a.v.) targ‘ibotlariga tish tirnoqlari bilan qarshi
chiqdilar.
4
Vaqt o‘tishi bilan musulmonlar soni 30ta ga etdi. Musulmonlar o‘z
dinlarini 3 yil yashirish saqladilar. Ochiq da’vatdan so‘ng Makka mushriklari
Ab Bakr, Usmon ibn Affon kabi islomni qabul qilgan ulug‘ va badavlat
4
Uvatov U. Muslim ibn al-Hajjoj. T.: A.Qodiriy nashriyoti, 1998. 78-85 betlar


11
zotlarga hech narsa deya olmasalarda ammo zaif, kambag‘al, himoyasiz
musulmonlarni qattiq siquvga oldilar. Makka mushriklarining zulm va
sitamlari kuchayib ketgach, Payg‘ambar qiyinchilikda qolgan musulmonlarni
Habashistonga hijrat qilib ketishga buyurdi. Shunda 11 erkak va 4 ayoldan
iborat guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo‘ylab ketdilar.
Ularni Habashistonda Oqsum podsholigi yaxshi kutib oldi. Xristianlar bilan
ular yaxshi hayot kechira boshladilar. Bir yildan so‘ng Alining akasi jafar ibn
Abi Tolib boshchiligida 80 kishi Xabashistonga ko‘chib bordi.
Ayni paytda Makkada ahvol yomonlashdi, Quraysh zodagonlarining
Muhammadga dushmanligi ortdi. 620 yilda Xadichaning so‘ngra Abu
Tolibning vafotidan so‘ng Muhammad (SA)ning hayoti xavf ostida qoldi.
Shundan so‘ng payg‘ambar Toifga yo‘l oldi u erda hech kim islomni qabul
qilmadi. Shu qiyinchiliklarda “Isro va Me’roj” voqeasi yuz beradi.
“Me’roj” voqeasi – Muhammad payg‘ambarning Buroq nomli afsonaviy otida
tunda Makkadan arshi-a’loga mo‘jizali safari bilan bog‘liq.
Ma’lumki, Islom ilohiyotida Muhammad payg‘ambarning arshi a’loga
chiqishlari qissasi muhim o‘rin egallaydi. Unga ko‘ra, Jabroil (a.s.) Allohning
amri bilan Muhammad payg‘ambarni bir kechada Ka’badan Buroqqa mindirib,
Masjidi Aqsoga olib borgan. U erda payg‘ambar ikki rakat nomoz
o‘qiganlaridan so‘ng samoga ko‘tarilib ketganlar.
Allohning sevimli Rasuli (s.a.v.) etti qavat osmonga sayr qilib o‘zidan
oldin o‘tgan barcha payg‘ambarlar bilan uchrashadi.
ISRO VA ME’ROJ – islom tarixida Muhammad (sav)ning Makkadan
Quddusga qilgan tungi sayri (Isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan
osmonga ko‘tarilishlari (Me’roj). Xadis va rivoyatlarda aytilishicha,
Muhammad (sav) boshchiligida tunda ko‘p yillik masofani bosib o‘tib, bu
samoviy sayohatlaridan boy xotiralar bilan qaytishgan. Jumladan, etti qavat
osmon oraliqlarida o‘zlaridan oldingi o‘tgan yirik payg‘ambarlar bilan
muloqotda bo‘lishgan. Jannat va do‘zahni tomosha qilishgan. 5 vaqt nomoz


12
ham shu kechada farz qilingan. Islom olamida har yili rajab oyining 27
kechasini bayram sifatida nishonlanadi. Qur’oni karimda quyidagi oyati nozil
bo‘lgan.
Qadr surasi. “Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Albatta. Biz uni (Qur’onni “Lavhul-mahfuzdan birinchi osmonga) Qadr
kechasida nozil qildik.
(Ey, Muhammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!
Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.
U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil
davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan erga) tusharlar.
U (kecha) to tong otguncha salomatlikdir.”1
Da’vatning o‘ninchi yili haj mavsumida Payg‘ambar Makkaning shimolida
“Aqaba” degan tepalikda Yasrib (Madina)dan kelgan 6 kishini islomga qabul
qiladi. Bu uchrashuv islom tarixida “Birinchi Aqaba bay’ati” deb nom oldi.
Ular “bay’at” (qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj masumida madinaliklardan
12 kishi, uchinchisida 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqelardan so‘ng
Rasullulloh Madinaga hijrat qilishga qaror qiladi.
Muhammad (s.a.v.) dastaval madinaliklarni birlashtirish choralarini izladi va
topdi. Madinadagi ikkita asosiy qabila avs va hazrajlar doimo olishib kelardilar.
Bu olishuvning davom etishi aslo mumkin emasdi.
Chunki har yili Makka ziyoratiga kelgan Madinaning AVS va xazraj qabilalari
vakillari payg‘ambarga sodiqlikka, yordam berishga va’da qilib, Yasribga
ko‘chib borishga ko‘ndirishadi. 622 y. 20 sentyabrda Madinaga ko‘chib
o‘tadilar.
Islomning Madina davri katta tarixiy ahamiyatga ega. Musulmonlar
birinchi marta alohida diniy jamoa (umma) bo‘lib yashay boshladilar. Bu esa
diniy qoidalarini takomillashtirishni tezlashtirib yubordi. Namoz, azon, ro‘za,
zakot tahorat, ibodat va boshqa amallari ishlab chiqiladi. Musulmonlar namoz
o‘qiladigan kun juma deb belgilandi. Ka’ba muqaddas xaj ziyoratgohi deb


13
belgilandi. U islom dinining asosiy ziyoratgohi Qiblaga qarab namoz
o‘qiladigan bo‘ldi. Madinada birinchi masjid, Payg‘ambarning uylari quriladi.
Madinaga ko‘chib kelganlar muhojirlar, madinaliklar ansorlar (yordamchilar)
deb ataladi.
Islom dini paydo bo‘lgunga qadar Arabiston jamiyatida tartibni saqlash
vazifasini asosan xakamlar bajargan.
Qabilalar, urug‘lar va jamoalar o‘z nizo va janjallarini o‘z kohinlarining ajrimi
bilan hal qila olmasalar, hakamga murojaat etganlar. Hakamlikka eng hurmatli
va obro‘li odam chaqirilgan. Qonunchilik va sud xokimiyati hakam qo‘liga
vaqtinchalik topshirilgan va u nizo taraflarini yarashtirgan, ba’zan arab
qabilalarining siyosiy faoliyatiga aralashgan.
Yasribda Muhammad (AS) aynan shunday hakam sifatida chaqirilgan.
Hakamlik faoliyati Payg‘ambarning Yasribda siyosiy va ma’naviy yo‘lboshchi
sifatidagi mavqeini yanada kuchaytirishga ko‘maklashgan. Vaqtinchalik
chaqirilgan hakamdan doimiy xakamga aylangan. Muhammad (AS) hayotining
so‘nggi yillarida Arabistondagi turli qabilalar vakillarining Payg‘ambar
xuzuriga o‘z nizolarini ajrim qilib berishini so‘rab kelgan.
Arabiston musulmonlari ko‘z o‘ngida Muhammad (SA) mohiyat e’tibori bilan
o‘z xokimiyatini emas, balki Alloh xokimiyatini amalga oshirgan. Shu
ma’noda Qur’oni karim suralarida Muhammadning barcha amallari va
buyruqlari yuz bergan voqealar zamirida Allohning irodasi yotishi qayta qayta
ta’kidlanadi.
Muhammad (s.a.v.) ning xuddi diniy ruhi kabi tiniq siyosiy ongi natijasida
musulmon jamoasi Nizomi yuzaga keldi. Umma teokratik (diniy ruhdagi)
siyosiy tashkilot bo‘lib, Muhammad (s.a.v.) unin ham diniy, ham dunyoviy,
ham xarbiy rahbari bo‘ldi.
5
Natijada, qarama-qarshi manfaatlar barham topib,
barcha janjalli masalalarni xal etish Allohning rasuli(elchisi) Muhammad
5
Imom al-Buxoriy. Al-Jomi as-Sahih: IV jild. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1993. 54-71 betlar


14
(s.a.v.) ixtiyoriga o‘tdi. Etnik ziddiyatlarni hal etish yo‘li topilgach,
Muhammad (s.a.v.) yangi dinning rasm rusumlarini shakllantira boshladi.
Avvalo, Ka’baga haj qilish, tahorat qilish, namoz o‘qish, ro‘za tutish rasm
rusumlari ishlab chiqildi. Birinchi masjid qurilib, unda musulmonlar namozni
Quddusi sharif (Ierusalim)ga qarab o‘qidilar. 1,5 yil o‘tgach, musulmonlar
nigohi Makkaga qaratildi.
Aqso masjidi. (arab.-uzoqdagi masjid)-Quddus (Ierusalim) shahridagi
yahudiylik an’anasida muqaddas hisoblangan (Sulaymon ibodatxonasi).
Qur’onda shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin
musulmonlar jamoasining a’zolari Aqso masjidi tomonga qarab ibodat
qilganlar. 624 yili Makadagi Ka’ba qibla deb e’lon qilingandan keyin u
tomonga qarab ibodat qilish to‘xtatilgan.
Shu tariqa Madinada vahiy orqali islom teokratiyasining Muqaddas qonuni
shariat tushirildi. Shariat diniy, ijtimoiy va yuridik ta’limotlarning asosiy
tamoyillari, chunonchi: Umma, adliya, qullarni ozod qilish, yashash huquqi,
nikoh, azon, qibla, bag‘rikenglik va boshqalar ta’riflab berildi. Ushbu
tamoyillarga musulmonlar hozirgacha rioya qilib keladilar.
Umma-madinada Muhammad Payg‘ambar izidan borgan va islom dinini
qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa
keyinchalik barcha muslmonlar tushunilgan. Bu ummaga kirgan makkaliklarni
birlashtiruvchi zamin qon qarindoshlik, urug‘chilik tamoyili emas, yagona
Allohga e’tiqod birlashtiradi.
Adliya. Islomgacha qonga qon olish qoidasi amal qiladi: agar bir jamoa
a’zosi boshqa jamoa vakilini o‘ldirsa yoki yarador qilsa, birinchi jamoa qasos
olish huquqiga ega bo‘ladi. Qur’onda Kimki u qasosni sadaqa qilib kechib
yuborsa, u gunohlariga kafforatdir. Alloh nozil etgan oyatlar bilan hukm
qilmaydiganlar, anna o‘shalar zolimlardir. (Moida surasi, 45-oyat.)
Undan tashqari Qur’oni karim bir mo‘min boshqa mo‘minni qasddan o‘ldirsa,
uning jazosi jahannamdir degan.


15
Qullarni ozod qilish. Musulmonlarga islomni qabul qilgan qullarni ozod
qilishni buyuradi. Abu Hurayra (RA) rivoyat qiladi: “Har qanday kishi bir
musulmon kishini qullikdan ozod qilsa, Alloh taolo o‘shal qulning (ozod
bo‘lgan) har bir a’zosi badaliga uning bir a’zosini jahannam o‘tidan xalos qilur
dedilar.
Yashash huquqi. Islomgacha johiliyat davrida Arabistonda qiz tug‘ilishini
xoxlamagan arablar ularni tug‘ilgan zahoti triklayin ko‘mib tashlardi. Qur’on
bunday odamkushlikni ta’qiqladi: “Ey, insonlar, bolalaringizni qashshoqlikdan
qo‘rqib o‘ldirmangiz ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni
o‘ldirish shubhasiz katta gunohdir”. (“Al-isro” surasi 31-oyat).
Nikoh. Nikohda ayol o‘z sepiga egalik qiladigan, erining mol mulkini meros
qilib oladigan, shaxsiy mulkka ega bo‘ladigan, moliyaviy masalalarni hal
qilishda ishtirok etadigan bo‘ldi. Etimlar va bevalarni ximoya qilish uchun
ko‘p xotinlikka ijozat berildi. Ko‘p xotinli erga o‘zining barcha xotinlariga
nisbatan adolatli bo‘lish talab etiladi.
Azon - namozga chaqirish. Birinchi muazzin (namozga chaqiruvchi) islom
dinini qabul qilganidan keyin ozod bo‘lgan habash qul Bilol bo‘lgan. Qibla
musulmonlar namoz vaqtida qarab turadigan tomon.
Dastlab Muhammad Payg‘ambar musulmonlarni Quddus (Ierusalim)ga qarab
namoz o‘qishga buyurgan. Lekin Madinada nozil bo‘lgan Qur’on oyati bilan
Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) muslmonlar uchun Qibla qilib belgilangan.
Ka’badagi Muqaddas masjid islomning bosh ziyoratgohiga aylandi.
Bag‘rikenglik. Qur’onda yahudiylar va xristianlarga nisbatan bag‘rikenglikni
buyuradi. Ularning muqaddas kitoblari Tavrot va Injilni muqaddas deb e’lon
qilingan, ammo yahudiylar va xristianlar to‘g‘ri yo‘ldan ozishda ayblanganlar.
Islom dinida zo‘rlash yo‘q.
6
6
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahriri). T.: Adolat 1998 yil.


16

Download 377.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling