Mavzu: Islom ma'rifatida dunyoviy va diniy qadiriyatlar Reja


Din va dunyoviy ishlarning ma'naviy jihatlari


Download 23.1 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi23.1 Kb.
#1264111
1   2   3
Bog'liq
Mavzu

Din va dunyoviy ishlarning ma'naviy jihatlari

Hozirgi zamonaviy davlatlar ham o‘z poydevorini e'tiqodiy tamoyillar emas, balki fuqarolik negiziga quradilar. Yuqorida kelganidek, “Madina sahifasi”da ham deyarli shunday tamoyillar nazarda tutilgan edi. Payg‘ambar (a.s.)ning jamiyat qurilishi va davlat boshqaruviga oid tuzgan ilk hujjat – “Sahifa”da ham ko‘rib turganimizdek dunyoviylik tamoyili yetakchilik qiladi. Ushbu hujjatga binoan Madina aholisining hech bir vakiliga diniy aqidalarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmagan, fuqarolik haq-huquqlari diniy mansublik nuqtai nazaridan belgilanmagan. Hattoki, turli e'tiqodiy qarashlarga ega Madina aholisiga ham bir xalq deb qaralgan.
Payg‘ambar (a.s.) vafot etayotganlarida ham o‘rinlariga boshqaruvni amalga oshiradigan xalifani tayinlab ketmadilar, balki musulmonlar ixtiyoriga qoldirdilar. Ya'ni, davlatning keyingi rahbarlarini saylash jarayonlari diniy shaklda amalga oshmasligi ma'lum bo‘ldi. Shuning uchun ham Abu Bakr Siddiq (r.a.) rahbar etib saylanganlarida boshqaruv ishida xato qilishlari mumkinligini e'tiborga olib, sahobiylardan ularni to‘g‘rilab turishni, to‘g‘ri ish qilsalar ularni qo‘llab-quvvatlashni so‘raganlari rivoyatlarda mashhur. Islom dini ta'limotida davlat siyosiy tuzilmasining muayyan shakli ko‘rsatilmagan. Faqatgina umumiy tamoyillar belgilangan. Ulamolar bu tamoyillar 4 ta ekanini aytadilar: tenglik, erkinlik, adolat va mashvarat. Ushbu tamoyillar o‘rnatilsa, davlat qanday shaklga ega ekanidan qat'i nazar, u islom diniga muvofiq keladi.
Bugungi kunda ayrim buzg‘unchi kuchlar tomonidan zamonaviy dunyoviy qonunchilik asosida hayot kechirish musulmonlar uchun maqbul emasligi haqida soxta da'volar tarqatilmoqda. Vaholanki, dunyoviy qonunlar haqida islom ulamolarining fikrlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: zamonaviy jamiyat talablariga muvofiq chiqarilgan qonunlar shariatga zid kelmasa, unday qonunlar shariatdandir. Zero, har bir shariat inson manfaati uchun yuborilgan, jamiyatlarning o‘z manfaatlarini ko‘zlab chiqargan qoidalari garchi shariatdan olinmagan bo‘lsada, lekin shariatga zid kelmasa ular ham shariatga muvofiq (shar'iy) hisoblanaveradi.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, islom dinida dunyoviylikka dinsizlik sifatida baho berilmagan. Dunyoviy ishlar shaxs va jamiyat manfaatini ko‘zlar ekan ular din ta'limotlarida doim qo‘llab-quvvatlagan. Din dunyoviy ishlarning ma'naviy jihatlarini tartibga solib turgan. Masalan, bu ishning savobli yoki savobsizligi, ma'naviy jihatdan mumkin yoki mumkin emasligi kabi. Umuman olganda demokratik tizimlarning konstitusion normalarida davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar masalasidagi ikki jihat yaqqol ajralib turadi:

  • din jamiyatda insonparvarlik ruhiyatining shakllanishida yuksak ma'naviyat bulog‘i, beqiyos axloqiy tarbiya manbai, insonlarni halollik, poklik kabi fazilatlarga undvchi qadriyat sifatida e'tirof etiladi;

  • dindan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, diniy omildan foydalanib siyosatga aralashish, hokimiyatga intilish kabi holatlar man etiladi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish bosqichida diniylik bilan dunyoviylik o‘rtasidagi yangi nisbatni shakllantirish har doim ham silliq kechmadi. Bu yo‘lda musulmon aholi diniy ongini radikallashtirish va siyosiylashtirishga qaratilgan urinishlar hamon davom etmoqda. Bunday harakatlarning aniq ko‘rinishlari sifatida islom niqobi ostida harakat qilayotgan turli oqimlarning faoliyatida ko‘rish mumkin.
Dunyoviylik tamoyili mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni bilan huquqiy kafolatlangan. O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li – dunyoviy demokratik yo‘l. Din axloqiy tarbiya sohasida muhim ahamiyatga ega vazifani bajaradi.
Ming yillar davomida islom dini tamoyillariga sodiq holda yashab kelayotgan xalqimiz go‘zal fazilatlarni to‘laligicha hayoti, urf-odat va an'analariga singdirib olgan. Xalqimizning urf-odat va asriy an'analarini o‘zida aks ettirgan respublikamiz qonunchiligida kimning qanday e'tiqodga ega bo‘lish-bo‘lmasligi uning vijdoniga havola etiladi. Lekin havola etilayotgan e'tiqod qonunga xilof bo‘lmasligi shart.


  1. Download 23.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling