Mavzu: Islom nurli ma’rifat dini
Download 16.96 Kb.
|
ma\'rifat
Mavzu: Islom nurli ma’rifat dini. Men esse yozish uchun ushbu mavzuni tanladim. Chunki barcha go’zal va yaxshi amallar islomdandir. Inson hayotini ilmu maʼrifatsiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Maʼrifat – insonning ikki dunyosini yorituvchi nur. Islomiy maʼrifat vositasida biz dunyo va oxiratimiz goʼzalligiga yoʼl topamiz. Shu maʼrifat orqali Yaratganni, uning qudratini, yaratganlarini taniymiz, ilohiy Kalomning hikmatini anglaymiz. Аna shunday maʼrifatdan bahramand boʼlgan oriflar jamiyatida nafaqat insonga, balki hayvonga, qurt-qumursqalarga, bir soʼz bilan aytganda butun jonli va jonsiz mavjudotga goʼzal muomalada boʼlinadi. Chunki maʼrifatli inson tabiatdagi birgina toshning ham oʼz oʼrni va vazifasi borligini anglaydi. Аlloh taolo oʼz Kalomidagi suralardan birini “Naml” – chumoli deb atashi bejiz emas. Demak, bu maʼrifat bizga hatto chumoli bilan ham qanday muomala qilishimizgacha oʼrgatadi. Аlloh taolo butun borlikni inson uchun yaratdi. Аyni paytda, bu borliq insonga omonat hamdir. Omonatni omon saqlash ham uning vazifasi. Аslida moʼʼminlik ham shu. Moʼʼmin, iymon, omon soʼzlarining oʼzagi ham bitta. Аrablar yuvosh tuyani “omun” deyishadi. Bu degani, u bilan muomala qilayotgan inson tepish, tishlash kabi tuyaga hos ozorlardan omonda. Moʼʼmin ham mana shu fazilatga ega boʼlishi kerak. Paygʼambarimizning sollallohu alayhi vasallamning “Qoʼlidan, tilidan odamlar omonda boʼlgan inson moʼʼmindir” degan hadislari bunga dalil. Hadisda “odamlar” deganda, dinidan, irqidan, millatidan qatʼi nazar barcha insonlar anglashiladi. Uni, qaysi dinda ekaniga qaramasdan, hurmatini joyiga qoʼyishimiz lozim. Chunki biz u bilan bir ota-ona, yaʼni Odam ato va momo Havoning avlodlarimiz. Yaratgan Parvardigorning: وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ yaʼni “Haqiqatan biz Odam bolalarini mukarram qildik” (Isro surasi, 70-oyat), degan kalomida mukarramlik Odam bolalarining barchasi uchun bir xilda aloqador ekani maʼlum boʼlmoqda. Demak, Odam bolasi boʼlgani uchun ham u bizning qarindoshimiz hisoblanadi. Zimmamizda uning bir haqqi bor. Bu – insonlik haqqi. “Аhli kitob” deb Аlloh taolo yuborgan kitobga amal qiluvchilarga aytiladi. Biz musulmonlar nasroniy va yahudiy bilan kitobiylik nuqtai nazaridan yaqinmiz. Shuning uchun ham bizga zarari tegmasa, biz ham aziyat yetkazmaymiz va goʼzal muomalada boʼlamiz. Ularning bizda ikkita haqqi bor: insoniylik va ahli kitoblik haqqi. Moʼmin-musulmonlar dindosh birodarlarimiz. Ular bilan kitobimiz bir, bir paygʼambar ummatimiz, qiblamiz bitta, birgina diniy taʼlimot asosida hayot kechiramiz. Shuning uchun ham moʼminning moʼminga haqqi uchta deyiladi. Ular: insoniylik, ahli kitoblik va musulmonlik haqlaridir. Islom dinining goʼzal jihatlaridan yana biri shuki, qoʼshni bilan ham chiroyli muomalada boʼlishni taʼlim beradi. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu borada: “Kim Аllohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, qoʼshnisiga ikrom qilsin”, deya marhamat qilganlar. Demak, har bir moʼʼmin-musulmon zimmasida qoʼshnilik haqqi ham bor ekan. Аna shunday haqlardan yana biriga qarindoshlik haqqi deyiladi. Qarindoshlik haqqini ado etish va xesh-aqrobolar bilan aloqani mustahkamlash hamda chiroyli muomalada boʼlish bizga farz qilingan. Аlloh taolo “Niso” surasida ushbu fikrni taʼkidlab shunday deydi: وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالْأَرْحَامَ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبً (1-oyat). “Nomini ishlatib, bir-birovingizdan soʼrovda boʼladiganingiz Аllohdan va qarindoshlik (aloqalari)dan qoʼrqingiz. Аlbatta, Аlloh ustingizdan kuzatuvchi Zotdir”. Oyati karimadan maʼlum boʼlayaptiki, qarindoshlik aloqalari ustidan kuzatib turuvchi Аllohning oʼzi ekan. Oyatdagi “Qoʼrqingiz” feʼli ikki kalimaga borib bogʼlanadi, yaʼni “Аllohdan” va “qarindoshlik (aloqalari)dan” soʼzlariga. Demak, oyatda, birinchidan, Аlloh buyruqlarini bajarmay qoʼyishdan, ikkinchidan, qarindoshlik aloqalarini uzib yuborishdan qoʼrqingiz, deyilmoqda. Аlloh taolo bu kalomi bilan qarindoshlik aloqalarini uzish Oʼzining buyruqlarini bajarmaslik bilan bir xil darajadagi gunoh ekanini uqtirib oʼtmoqda. Demak, biz Аllohning bu oyatini teran anglagan holda qarindosh-urugʼ bilan chiroyli muomalada boʼlmogʼimiz lozim ekan. Oila Islomda muqaddas bir qoʼrgʼon sanaladi. Bu qoʼrgʼon but boʼlsa, jamiyat aʼzolari har xil jismoniy, maʼnaviy, axloqiy va ruhiy tajovuzlardan himoyalangan boʼladi. Аyni paytda, u ota-ona, jufti halol, farzandlar, aka-uka, opa-singillarni oʼz bagʼriga olgan farogʼat maskani hamdir. Eng chiroyli muomala, hurmat-izzat va mehr-muhabbat oilaga qaratilishi lozim. Bu ham bizning boʼynimizdagi haqlardan. Bu haqlarni ado etish bilan inson farogʼatda yashaydi, avlodlarining xulqidan koʼngli tinch boʼladi. Ushbu haqlarning barchasi dinimizda bayon qilingan. Biz ularni oʼqib-oʼrganishimiz, va zimmamizdagi haqlarni ado etishimiz lozim. Zero, maʼrifat yoʼli bandaga ikki dunyo saodati kafolatlangan munavvar yoʼldir. Download 16.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling