Mavzu: islom sivilizatsiyasining yoyilishi


Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari


Download 135 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1570182
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari va taraqqiyot

Islom sivilizatsiyasining vujudga kelish omillari
Islom sivilizatsiyasi islomni qabul qilgan xalqlar madaniyatining natijasidir. Islom yetib borgan mintaqalardagi madaniyat va sivilizatsiyalar islom hazorasi bilan qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan. Olimlar islom hazorasining ikki turini ajratadilar. Birinchisi, asl islom hazorasi bo‘lib, u o‘zida Yaratgan tomonidan berilgan ulkan diniy ta’limotni jamlaydi. Uni “yaratilish” va “paydo bo‘lish” deb ham atashadi. Dastlab islomning asl hazorasi mavjud bo‘lgan ediki, dunyo uni keyinchalik asta-sekin taniy boshlagan. Ikkinchisi, musulmonlar tomonidan yaratilgan islom hazorasi bo‘lib, ular bilim va tajriba natijasida ulkan hamda go‘zal sivilizatsiyani yaratdilar. Bu ikki tur birlashib, yagona islom hazorasini tashkil etadi. Esdan chiqarmaslik lozimki, islom sivilizatsiyasi keng ma’noda uni bunyod etish, qurish, rivojlantirish, dunyoga yoyishda ishtirok etgan barcha musulmon xalqlarining teng merosi sanaladi. Aslo uni ma’lum bir millatning “mahsuli” deb bo‘lmaydi. Islom hazorasi shu tarzda asrlar osha yaratildi, rivojlandi, boshqa sivilizatsiyalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
“Sivilizatsiya” so‘ziga ilmiy soha vakillari tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Biroq ular ichida kengqamrovli va umumiy xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi ta’rifni alohida aytish mumkin: “sivilizatsiya bu – taraqqiyot va e’tiqodiy asoslar, insonning ilmiy tafakkuri, ilm-fan, adabiyot, odob-axloq kabi turli sohalardagi faoliyati hamda bularning natijasida paydo bo‘ladigan hayot yo‘li, tafakkur mahsulidir”. Ushbu ta’rifning xususiyati shundaki, bu yerda sivilizatsiyani insoniyat faoliyati bilan bir qatorda tabiiy in’om etiladigan hayot qonuniyatlari, diniy asoslar ham natijasi sifatida baholangan.
Islom sivilizatsiyasining arabcha nomlanishi “al-hazora al-islamiya” bo‘lib, bu yerdagi al-hazora so‘zi ko‘chmanchi, badaviy tarzida yashamaydigan, balki o‘troqlashgan holda madaniy hayot kechiradigan ma’nolarini anglatadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu so‘zga dastlabki ta’rif bergan olimlar uni hayot uchun zarur narsalardan ortiqcha bo‘ladigan har qanday narsalarni al-hazora deb hisoblaganlar. Unga birinchilardan ta’rif bergan olimlar qatorida XIV asrda yashagan buyuk musulmon faylasufi va tarixchisi Ibn Xaldun shunday degan: “sivilizatsiya bu – farovonlik sirlarini yaxshi bilish, taom, kiyim, yotoq, bino va yashash uchun barcha vositalarni qo‘llay olishdir”. Ibn Xaldun sivilizatsiyani yashash uchun zarur narsalarga ziyoda bo‘ladigan odatiy holatlar deya baholab, bu ziyodalik farovonlik va sivizilatsiyaga intilayotgan xalqlarda turlicha, ya’ni kimdir ko‘proq va yana kimdir kamroq erishishi mumkin deb bilgan. Shu ma’noda Ibn Xaldun G‘arb mutafakkirlaridan, jumladan britaniyalik tarixchi Arnold Toyinbiydan oldin tsivizilatsiyaga ta’rif bergan deyishga etarlicha asoslar mavjud.
Yana bir musulmon olimi Ibn al-Azraq garchi tsivilizatsiyani ijobiy hodisa sifatida baholamasa-da, biroq u ham dastlabkilar qatorida uni izohlagan olimlardan sanaladi: “sivizilatsiya eng mukammal madaniyat bo‘lib, u gohida fasodga olib borishi mumkin. Shuningdek u yaxshilikdan uzoq yomonlik bo‘lib, kim undan salomat bo‘lsa, yaxshilikka yaqin bo‘libdi” .
Sivilizatsiya mohiyatan keng tushuncha bo‘lgani uchun ham, unga ko‘plab ta’riflar berilgan. “sivilizatsiya so‘zi lotincha “grajdanlik”, “davlatchilik” so‘zidan kelib chiqqan. G‘arb tadqiqotlari qarashlarida ushbu so‘z XVI asr ma’rifatparvarlarining urushlarsiz hamda ruhoniylar ta’siridan ozod jamiyat uchun kurashishlari jarayonida fanga kirib kelgani hamda u jamiyat taraqqiyotining darajasini belgilovchi tushunchaligi ta’kidlanadi. Shuningdek sivilizatsiya jamiyat taraqqiyotidagi uchta katta davr, ya’ni yovvoyilik, vahshiylik va tsivilizatsiyani bosib o‘tgan hamda yozuv va davlatning kelib chiqishi bilan boshlangani, dastlabki sivizilizatsiya bundan chamasi 6 ming yillar muqaddam Misrda boshlangani aytiladi. U bilan turli xil dinlar, gumanistik va ahloqiy qadriyatlar keng tarqalgan. Ta’kidlash kerakki, sivilizatsiya barcha mintaqalarda birdaniga boshlanmagan, balki ketma-ketlikda sodir bo‘lgan.
Sivilizatsiya borasida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilganini aytib o‘tgan edik. Shuni ta’kidlash kerakki, “sivilizatsiya” so‘zi g‘arbda paydo bo‘lgan. U XVIII asrda “yovvoiylik”ning antonim so‘zi sifatida ishlatilgan. Bu boradagi dastlabki kitoblardan biri Adam Fergyusonning “An Essay on the History of Civil Society” (1767) kitobi sanaladi.
Shu tarzda sivilizatsiya so‘zi asrlar osha rivojlanib borgan. Bugungi kunga kelib sivilizatsiyaga taraqqiyot belgisi sifatida ta’rif beriladi. Jumladan, Amerikalik tarixchi va faylasuf olim Uilyam Jeyms Dyurant o‘zining “Tsivizilatsiyalar tarixi” nomli kengqamrovli entsiklopedik kitobida shunday deydi: “sivilizatsiya ijtimoiy tartib bo‘lib, insonga madaniyat natijalaridan ko‘proq foydalanishga ko‘maklashadi. Sivilizatsiya to‘rt unsurdan tashkil topadi: ijtimoiy unsurlar, siyosiy tartib, tabiiy an’analar (insonning tabiatidagi taqlidlar), ilmu fan. U iztirob va xavotir tugagan joyda boshlanadi”. Bu bilan sivilizatsiya xotirjamlik va rivojlanishga keng imkoniyatlar bor joyda gurkirab yashnashi aytilmoqda.
Sivizilatsiyaning ma’nosi kengqamrovli va chuqur bo‘lib, u madaniyat tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Sivilizatsiyalar bo‘yicha ilk ulkan tadqiqotni yozgan, angliyalik tarixchi olim Arnold Jozef Toyinbi aytadi: “sivilizatsiya ko‘p narsani o‘z ichiga oladi, biroq uni biror bir so‘z to‘liqligicha qamrab ololmaydi”. Demak, sivilizatsiya bir qancha madaniyatlarning o‘zaro jamlanmasi bo‘lib, turli madaniyatlardan tashkil topgani va uni shakllantirishda bir qancha xalqlar ishtirok etganiga aylohida urg‘u berish kerak bo‘ladi. Sivilizatsiyada irqiy yoki biror bir xalqqa mansublik mavjud emas. To‘g‘ri, gohida u ayrim millatga yoki mintaqaga bog‘lanadi, biroq bunda o‘sha millatning xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari boshqalardan ajratiladi xolos. Shu ma’noda sivilizatsiyani bir nechta millatlarga taalluqli deyish, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mutaxassislar har bir sivilizatsiyaning boshlanishi biror bir diniy aqida yoki falsafiy ta’limotga tayanishi, hatto ba’zan bir qancha dinlar va falsafiy ta’limotlar unga qorishib ketishi mumkinligini aytadilar. Chunki sivilizatsiya qalb va onglarda chuqur ildiz otgan, ommaviy hayotga ko‘proq ta’sir etadigan kuchli aqidaga tayanadi. Bu holatda sivilizatsiya o‘sha aqidaning musaffoligi bilan shaffoflashib, tiniqlashadi. Bunday sivilizatsiyaning yorqin namunasini islom sivizilatsiyasida ko‘rish mumkin. Bugungi ulkan sivizilatsiyalar (bu yerda g‘arb, hind, Misr sivilizatsiyalari kabilar nazarda tutilmoqda) esa, gohida moddiy va ruhiy jihatlaridagi farqlar bilan farqlanadi. Ulardan ba’zilarida moddiylik ustunligini, ba’zilarida ruhiy tomon yana ba’zilarida esa har ikki tomonning ham tengligini ko‘rish mumkin .
Yana shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, sivilizatsiyalarni qiyosiy o‘rganish fani ham hozirda jadal rivojlanib borayotgan fanlardan bo‘lib, u ijtimoiy fanlar ichida yangi fanlardan biridir. Unga jamiyatshunoslik tarix, falsafa, axloqshunoslik kabi fanlar qorishib ketadi. Mazkur fanning tubida yotgan asosiy maqsadlardan biri ham dinlarni qiyosiy o‘rganish bo‘lib, g‘arb dunyosi bunga kirib kelmagan bir paytda o‘rta asrlar musulmon dunyosida qiyosiy dinshunoslik bo‘yicha bir qator kitoblar yozib bo‘lingan edi. Ular qatorida Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Shahristoniyning “al-Milal van nihal val firaq” kabilarni sanab o‘tish mumkin. O‘rta asrlarning yirik musulmon olimlaridan biri Ibn Xaldun ham o‘zining “Muqaddima” asarida bir qancha ilmlarga asos solgan ediki, keyinchalik bu ilmlar sotsiologiya, falsafa tarixi, qiyosiy madaniyatshunoslik kabi nomlar bilan tanildi.



Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling