Mavzu: Islomdagi masxablar reja


SHOFI`YLIK SHIALIK MAZHABI


Download 68 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi68 Kb.
#1553228
1   2   3
Bog'liq
REJA mustaqil ish

SHOFI`YLIK SHIALIK MAZHABI
Shialik (arabcha: شيعة shi’a — guruh,tarafdorlar) — islomdagi yoʻnalishdan biri. Ushbu diniy sekta vakillari Ali ibn Abu Tolib (Muhammad paygʻambarning amakivachchasi, kuyovi, sahobasi va oʻrinbosari) hamda uning avlodlarini Muhammad paygʻambarning qonuniy merosxoʻrlari va diniy jihatdan davomchilari deb hisoblashadi.
Shialik (arabchadan guruh, tarafdorlar) islomdagi asosiy yoʻnalishlardan biridir. Oʻzining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Hozirda jahondagi musulmonlarning qariyib 10 foizi Shialikka mansub hisoblanadi. Shialik VII asr oʻrtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yoʻnalishga aylangan.Shialar tarafdorlari sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb eʼtirof etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari qoldirilgan deb hisoblaydilar. Shia ilohiyotchilari Qurʼonning mazmunini majoziy talqin qilish yoʻli bilan oʻz taʼlimotlarini asoslaydilar. Sunnada esa ular faqat Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bogʻliq boʻlgan hadislarni tan olganlar va shunday hadislardan iborat mustaqil toʻplamlar tuzganlar. Bu toʻplamlar ahbor deb atalgan. Sunniylikda eʼtirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, shialarda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida:
tavhid (Ollohning yagonaligini eʼtirof etish),
adl (adolat, Ollohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi)
nubuvvat (paygʻambarlik) qiyomat yoki maʼod (oxirat kunining kelishi
oʻlganlarning tirilishi) asosan sunniylik taʼlimoti bilan mos tushadi.
5-aqida imomat (imomlar hokimiyatini eʼtirof etish) esa sunniylikka va sunniy halifalar hokimiyatiga zidligi bilan farq qiladi. Sh. Ali va uning avlodlaridan iborat oʻn ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifalarni xususan dastlabki halifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 yillar orasida 7-9 yoshida bedarak yoʻqolgan (tarixiy nuqtai nazardan oʻldirilgan boʻlishi kerak) 12-imom Muhammad al-Mahdiyni ular „yashiringan“ hisoblaydilar, zamona oxir boʻlganda uning qaytib kelishini va adolat oʻrnatishini kutadilar (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). Bu tasavvur maʼlum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Baʼzi urf-odat va marosimlarda, shariat normalarida ham Sh. bilan sunniylik oʻrtasida maʼlum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani „muqaddas“ hisoblash bilan birga, Karbalo, Najaf shaharlarida joylashgan Sh. Imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladilar.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling