Mavzu: Issiq va sovuq suv ta’minoti
Download 207.79 Kb.
|
SLAYD....
Ichimlik suvi tarmoqlarining uzunligi shaharlarda 16214 km va qishloq joylarida 30996 km. Aholiga kommunalmaishiy ehtiyojlar uchun ichimlik suvi berishning o’rtacha yillik darajasi 1.8 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Hozirgi kunda tarmoqlarning bir sutkalik quvvati 13562.1 ming m3 , shundan 43% qishloq joylariga to’g’ri keladi. Shahar va aholi yashaydigan manzillarning o’sishi va ularning farovonligini oshishi xo’jalik ichimlik suvi ta’minotini kengaytirish va uning tozaligini, takomillashtirish kerakligiga olib keldi. Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash yangi markazlashgan tizimlar hisobiga va shuningdek, mavjud avtonom tizimlarni kengaytirish va jadallashtirish hisobiga hal qilinmoqda.2.Issiq suv ta’minoti – issiq suv ta’minoti qurilmalarini birikish (ulanish) sxemasiga qarab yopiq va ochiq tizimlarga ajratiladi. Yopiq tizimlarda issiqlik tarmog’ida (bevosita suv omboridan) kerakli haroratgacha isitilgan (odatda 60oS) issiq suv vodoprovod orqali oqib tushadi.Tizim pishiq bo’lmagani sababli suvni oqib chiqib ketishi, hamda uni suv omboridan olish bilan bog’liq sarflari issiqlik tarmog’iga qo’shimcha tarzda tegishli suv miqdorini berish orqali kompensatsiyalanadi. Truboprovod (quvurlarni) zanglashi va uni ichki qismida xosil bo’lgan cho’kmalar oldini olish uchun issiqlik tarmog’iga uzatiladigan suv avval suv tayyorgarligidan o’tkaziladi va deaeratsiyalanadi (suv tarkibidagi erigan gazlarni chiqarish qurilmasi). Ochiq tizimlarda suv ichimlik suviga qo’yiladigan talablarni qondirishi kerak. Tizimni tanlash asosan sifatli ichimlik suvini yetarli darajadagi miqdoriga, uning zanglash, cho’kmalar hosil qilish xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi.Issiqlik tarmog’ida yo’qotilgan issiq suvni o’rnini to’ldirish quyidagi texnologik jarayon orqali amalga oshiriladi: Dastlabki suv Qibray vodoprovodidan nasoslar yordamida olinadi. Xom suv xom suvni isitgichlariga (ilitish) yuboriladi. Suv u yerda 25-30°S isitiladi. So’ngra, suv N-kationitozli va buferli filtrlarga tushadi, u yerda suv stabilizatsiyalanadi, ya’ni uni tarkibidagi kislota va ishqor miqdorlari tenglashtiriladi, so’ngra karbonat angidridni chiqarib tashlash uchun dekarbonizatorlarga tushiriladi. Kimyoviy tozalangan yumshatilgan suv suv baklarida to’planadi. Bakdagi suv yumshoq nasoslar yordamida yumshoq suvni isitgichlarga uzatiladi. U yerda 45-60°S isitiladi va kislorodni chiqarib tashlash uchun DV-800 vakkumli deaeratorlarga tushadi.Download 207.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling