Mavzu: issiqlik izolyasiya polimer materiallari turi. Xossalari


Issiqlik izolyasiya plastmassalar klassifikatsiyasi sxemasi


Download 208 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi208 Kb.
#1453838
1   2   3
Bog'liq
7 Mavzu

Issiqlik izolyasiya plastmassalar klassifikatsiyasi sxemasi



Umumiy xususiyatlari. Katta texnologik imkoniyatlariga ko‘ra, issiqlik izolyasiya plastmassalari xususiyatlarini keng chegaralarda nazorat qilish mumkin (12.1,-jadval).
Ularning hajmiy og‘irligi 10-15 dan 300-350 kg/m3 gacha va undan oshiq. Gazli plastmassalar barcha issiqlik izolyasiya materiallardan eng engili hisoblanadi.

Ko‘pik plastlarning asosiy fizik-mexanik xususiyatlari ko‘rsatkichlari



12.1-jadval

Ko‘pik plast turi

Hajmiy og‘irlik, kg/m3

Mustahkamli-lik chegarasi, kg/sm3

Solishtirma zarbaviy qovushqoqlik kg•sm/sm2

Qo‘llash harorati (chegaraviy), 0S

Issiqlik o‘tkazuvchanlik koef-ti, kkal/m•soat•grad

30 kunda suv shimuvchanligi hajmi bo‘yicha, %

Izoh

siqish

bukish

Ko‘pik polistirol



1,2-30

4-70

1
2,3

600÷( - 100)

0,027
0,047

16
1

O‘zi o‘chuvchi

Ko‘pik polivinil- xlorid



2,3-26

4-40

0,7
1,5

60÷( - 60)

0,03
0,045

10
3

Qiyin yonuvchi

Ko‘pik poliuretan



1,5
3,5

10
50

0,3
1,6

150÷( - 180)

0,026
0,05

18
5

Qiyin yonuvchi

Ko‘pik polisi-
loksan



8
30

6
25

0,16
0,35

200÷ ( - 60)

0,04
0,052

8
2

Yonmaydi

Ko‘pik poliepoksid



6
50

10
70

0,5
1,5

100÷( - 60)

0,032
0,055

18
2

O‘zi o‘chuvchi

Fenolli ko‘pikplast polimerda: rezolli.
novolachli




2,5
7
6
25

3
6
5
15

0,15
0,25
0,26
0,36

130÷( - 50)

150÷ ( - 60)



0,032
0,044
0,044
0,056

28
8
10
6

Yonmaydi
Yonmaydi

Mochevino-formaldegid ko‘pik plast (mipora)



0,2
0,35

-
-

0,04
0,04

110÷ (- 200)

0,025
0,027

600
800

Yonmaydi

Bunday plastmassalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, yuqorida qayd etilgan hajmiy og‘irlik qiymatlarida +20 oS haroratda 0,025 dan 0,055 kkal/m•soat•grad gacha bo‘linadi. Ayrim ko‘pikplast turlari material g‘ovaklarini havo o‘rniga boshqa gazlar (masalan, ko‘pikpoliuretanlarni tayyorlashda gaz hosil qiluvchi sifatida freon ishlatiladi) bilan to‘ldirilganda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,019 dan 0,026 kkal/m•soat•grad gacha bo‘ladi.


Issiqlik izolyasiya plastmassalarning mexanik xossalari: mustahkamlik, qattiqlik, mo‘rtlik, elastiklik – asosan ko‘pikli polimerlar turiga va g‘ovakk olish usullariga bog‘liq.
Polimerlar yuqori solishtirma mustahkamlik bilan, ya’ni kichik solishtirma og‘irlikdagi katta mustahkamlik bilan farqlanadi. Masalan, ko‘p tarqalgan polimerlarning cho‘zishdagi mustahkamlik chegarasi 200 dan 700 kg/sm2 gacha, egishda 300 dan 1000 kg/sm2 gacha, siqishda 200 dan 2500 kg/sm2 gacha tebranadi. Polimerning solishtirma og‘irligi nisbatan kam va 1,1-1,9 g/sm3 chegarasida bo‘ladi. Shuning uchun, polimerlardan kichik hajmiy og‘irligi bilan sezilarli mustahkamligi mos tushgan, ya’ni konstruktiv sifatning yuqori koeffitsientiga ega issiqlik izolyasion material olish mumkin. Epoksidli, poliuretanli, polistirolli va ayrim boshqa polimerli plastmassalar 100 dan 250 kg/m3 gacha bo‘lgan hajmiy og‘irlikda cho‘zishda mustahkamlik chegarasi 15 dan 40 kg/sm2 gacha, siqishda 20 dan 40 kg/sm2 gacha, egishda 35 dan 70 kg/sm2 gacha ega.
Katta hajmiy og‘irlikda, masalan 300 kg/m3 da, g‘ovak plastmassalar mustahkamligi cho‘zishda 75 kg/sm2 ga, siqishda esa 50 kg/sm2 ga etadi.
Ko‘pikli plastmassalarning konstruktiv sifati koeffitsienti (0,17-0,20) eng yaxshi gazobetonlardan (0,05-0,07) ancha yuqoridir. Paxta-qog‘oz gazlamali yoki kraft-qog‘oz gofrili sotoviy issiqlik izolyasiya plastmassalar konstruktiv sifatning yanada yuqori koeffitsientiga egadirlar (0,25-0,5).
Hajmiy og‘irligi 10-30 kg/m3 bo‘lgan issiqlik izolyasiya plastmassalarning alohida turlari kam mustahkamlik 0.2 kg/m2 va katta mo‘rtlikka ega, bu solishtirma zarbaviy qovushoqlik bilan xarakterlanadi.
Issiqlik izolyasiya plastmassalar mustahkamligi, elastikligi, issiqqa chidamliligi va boshqa xususiyatlari ko‘rsatkichlarini mos qo‘shimchalarni qo‘llash, masalan tolasimon va kukunli to‘ldiruvchilar va gazli massalarning ko‘pirtirish va qotish jarayonlari parametrlarini o‘zgartirib, ma’lum chegarada boshqarish mumkin.
Isitishga munosabat. Yuqori haroratlar ta’siri ostida polimerlar destruksiyasi (buzilish) jarayoni boshlanadi va ko‘pikplastlarning fizik-mexanik xususiyati o‘zgaradi. Termoplastik polimerli issiqlik izolyasiya plastmassalarni (ko‘pikpolistirol, ko‘pikpolivinilxlorid va boshqalar) 60-80 oS gacha haroratlarda, termoreaktiv polimerli plastmassalarni esa (fenolli ko‘pikplastlar, ko‘pikpoliuretanlar va boshqalar) 150 oS gacha haroratlarda ishlatish mumkin. Ko‘pikplastlarning ayrim turlari (kremniy organik, mineral to‘ldiruvchili fenolli) aniq sharoitlarda 300-400 oS gacha haroratlarda ekspluatatsiya qilish mumkin (masalan, havosiz yopiq konstruksiyalarda).
Barcha issiqlik izolyasiya plastmassalar yonuvchan. Ularni ochiq olovga yaqinlashtirgandagi holatiga ko‘ra, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin:
I guruh – qiyin yonuvchi (ko‘pik poliuretanlarning ayrim turlari, kremniyorganik materiallar);
II guruh – qiyin yonib ketuvchi (fenol – formaldegidli, poliuretanli, polixlorvinilli materiallar);
III guruh – yonuvchi (polistirol).
Gazli plastmassalar deformatsiyalanishi va xususiyati yomonlashishi mumkin bo‘lgan past haroratlar deb – 60 dan – 180 oS gacha haroratlarni hisoblash kerak.
Namlikka munosabat. Gazli plastmassalar o‘zining g‘ovak strukturasiga ko‘ra, juda kam suv yutish xususiyatiga ega, bu asosan g‘ovakk xarakteriga bog‘liq.
Ko‘pikplast namunalarining suv shimuvchanligi deyarli 10 – 20 kunda to‘liq tugaydi.
Issiqlik izolyasiya konstruksiyalardagi bunday materiallarni namlikdan saqlash uchun, ular polietilen va polixlorvinil plenkalar bilan o‘raladi yoki suvdan himoyali lak-bo‘yoq tarkiblar bilan qoplanadi.
Quyish yoki purkash usuli bilan olinuvchi ayrim ko‘pikplastlar, masalan poliuretan, poliepoksid, fenolli materiallarni namlikdan zich himoya qobig‘i bilan saqlanadi.
Ochiq g‘ovak (g‘ovakplastlar) gazli plastmassalarning ayrim turlarini tovush izolyasiyasi uchun ishlatiladi. Qattiq g‘ovakplastlar, qoida bo‘yicha, gazli plastmassalarning boshqa turlariga ko‘ra, tovushni yaxshi yutadi.
Issiqlik izolyasiya plastmassali mahsulotlarni qurilishda qo‘llash uchun tavsiya qilingan o‘lchamlari quyidagicha: polistirol, polivinilxlorid va fenolli qattiq plitalar (mm): uzunligi 500-1000, eni 400-700, qalinligi 25-80, poliuretanli (mm): uzunligi 2000, eni 1000, qalinligi 30-60.

Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling