Mavzu: issiqxona tashkil qilish biznes rejasi
Download 18.47 Kb.
|
ISSIQXONA TASHKIL QILISH BIZNES REJASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yetkazib beruvchini tanlash
Xarajatlar va foydaIssiqxonada meva va ko‘katlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun o‘rtacha $3000 sarf qilish talab etiladi. Bu summa shaxsiy yer va qulayliklar mavjudligiga qarab o‘zgarishi mumkin. Oylik tushum o‘rtacha $300 ni tashkil etadi. Bu summa ham mavsumga qarab o‘zgarib boradi. Biznesni yo‘lga qo‘ygandan keyin 11 oy ichida sof foydaga chiqiladi. Shu bilan birga, Prezidentning “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga binoan yuridik shaxslar zamonaviy issiqxona komplekslari, ularning butlovchi qismlari va gofrlangan karton idish ishlab chiqarishda foyda soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlov va QQSdan ozod etiladi va boʻshab qolgan mablagʻlar ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizatsiya qilish va rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirilishi belgilab berilgan. Shuningdek, dastlabki investitsiyadan tashqari oylik xarajatlar ham mavjud. Bunda urug‘lar olib kelish, tabiiy o‘g‘itdan foydalanish, sabzavotlarni dorilash va boshqa zaruratlar o‘rtacha $460 ni tashkil etadi. Yetkazib beruvchini tanlashAgar biznes qishloq xo‘jaligida tashkil etilayotgan bo‘lsa, sabzavot va boshqa mahsulotlar uchun urug‘larni tekshirilgan va sinovdan o‘tkazilgan shaxslardan olish lozimdir. Agar urug‘lar tadbirkorning o‘zida mavjud bo‘lsa, ular uchun ortiqcha xarajat qilish talab etilmaydi. Faqatgina yerlarning unumdorligini oshirish uchun kompleks mineral o‘g‘itlarni yerga biriktirish tavsiya etiladi. Issiqxona qurilishida yuqori hosildorlikning muhim tarkibiy qismi tuproqning ozuqa moddalari bilan to‘yinganligi hisoblanadi. Organik moddalar bilan oziqlantirishga qo‘shimcha ravishda, mineral o‘g‘itlar ham issiqxonada ekinlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Istalgan va prognozli natijaga erishish uchun oʻsimlikning maʼlum bir rivojlanish bosqichida va kunning vaqtini hisobga olgan holda toʻgʻri kontsentratsiyada suyultiriladigan kerakli gormon berilishi kerak. Shuni unutmangki, turli ekinlar uchun qayta ishlash uchun mos boʻlgan vaqt ham teng emas. Download 18.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling