Mavzu: Istiqlol davri o'zbek bolalar adabiyoti tamoyillari


Download 57.35 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi57.35 Kb.
#1824613
1   2   3   4
Bog'liq
маъруза матни

Hamza Imonberdiev 1954- yilda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatining Suzoq qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topdi. Hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida Abusaid Ko‘chimov, Abdug‘affor Hotamov kabi yozuvchilar, SHuhrat Jabborov, Hamid Habibullaev kabi taniqli jurnalistlar bilan birin-ketin o‘qidi. Talabalik yillarida yuqoridagi ijodkor do‘stlari bilan O‘tkir Rashid rahbarlik qilgan fakultetning «CHashma» to‘garagida, universitetning «Ma’rifat yo‘lida» gazetasida she’riy mashqlarini tobladi.
Universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan bo‘lajak bolalar shoiri H. Imonberdiev o‘z mehnat faoliyatini «Tong yulduzi» gazetasida boshladi. Umrining so‘nggi o‘n yilini esa «Cho‘lpon» nashriyotida, kichkintoylar uchun katta adabiyot chop etadigan maskanda muharrirlik bilan o‘tkazdi.
Talabalik yillaridayoq ijodda kitobxon ko‘ziga tashlanib qolgan bolalar shoiri Hamza Imonberdiev «Quvnoqlar quvonchi», «Shokoladxo‘rlar», «Kulgi shaharchasi», «G‘aroyib pufak», «Oydagi tomosha», «Qutichada mitticha», «Lofchilar — aldoqchilar», «G‘aroyib Kent hangomalari», «Bir kunlik mo‘’jiza» kabi kitoblar muallifi sifatida bolalar dilidan mustahkam joy oldi.
Shoir asarlari rang-barang, mavzu doirasi keng. U har bir katta-kichik asarida kenja kitobxon do‘stlarini nimagadir o‘rgatadi, o‘rganishga, ibrat olishga, turmushda xulosa chiqarib yashashga chorlaydi.
Xalqda: «Birovga chuqur qazisang, unga o‘zing qulaysan», degan naql bor. Bu borada «Kalila va Dimna»da juda ibratomuz bir hikoya bor. U har qanday odamga ta’sir qiladi:
«Bir kuni Qoraquloq o‘rmon chetiga chiqib o‘tirgan edi, bir sichqonning jahd-u jadal bilan daraxt tomirini kemirayotganini ko‘rib qoladi.
Daraxt tilga kirib unga dedi:
— Ey, dilozor va sitamkor! Nima uchun jonim rishtalarini qirqyapsan?
Sichqon uning nola-yu zoriga e’tibor bermay, o‘z ishini davom ettiraverdi. Nogah bir burchakdan ilon chiqib, sichqonga hamla qildi va bir zumda yutib yubordi. Qoraquloq bu voqeadan «Dilozorning jazosi ozor ekan», degan xulosa chiqarib oldi.
Shu vaqt bir tarafdan tipratikan kelib, ilonning dumidan tishladi-yu, boshini ichiga tortib g‘ujanak bo‘lib oldi. Ilon jahl bilan unga o‘zini ura boshlagan edi, a’zoyi badanini tikanlar pora-pora qilib yubordi. Ilon o‘sha zahoti o‘ldi. Qoraquloq bundan ibrat darsi oldi. Ilon o‘lgach, tipratikan boshini chiqarib, uning yaxshi-yaxshi joyidan tanlab yedi. Qorni to‘ygach, daraxt soyasida koptokdek bo‘lib yumalab, huzur qilib yotgan edi, nogah bir och tulki kelib qoldi. Tipratikanning nayzalaridan qo‘rqib, uni hiyla bilan o‘ldirmoqchi bo‘ldi. U tipratikanni ag‘anatib qorniga yozildi.Tipratikan yomg‘ir yog‘yapti shekilli deb o‘ylab, boshini chiqargan ham ediki, tulki bir hamla bilan uni cho‘rt uzdi, bo‘shashib qorni ochilib qolgan tipratikanni ishtaha bilan yeb oldi. SHu vaqt bo‘riga o‘xshagan vahshiy bir it kelib, tulkini turgan yerida bo‘g‘ib, uning go‘shti bilan ochligini qondirdi.
Qoraquloq bu ajoyibotlarni ko‘rib, hayron qolib yotar edi.
It endi dam olishga hozirlik ko‘rayotganda bir qoplon kelib, uning siynasidan oldi. Qoplon hali itni tugatmagan ham edi, ovchi kelib, bir o‘q bilan uni tinchitdi. Qoplonning joni hali uzilmagan edi, u yerdan bir otliq o‘tib qoldi. Unga qoplonning terisi yoqib, ovchi bilan urisha boshladi. Qilich solib, ovchining boshini tanidan judo qildi va qoplonning terisini olib yo‘lga tushdi. U yuz qadam ham yurmagan ediki, oti qoqilib, yerga yiqildi. Gardani sinib, shu onda halok bo‘ldi».
Bolalar shoiri Hamza Imonberdiev «O‘q» she’rida xuddi shunga yaqin bir voqeani yosh kitobxonga havola qildi. Kamondan bemavrid otilgan o‘q hayotda bosar-tusarini bilmaydi, u o‘ta dahshatli, qasd qilish ishtiyoqida hammaga dag‘dag‘a qiladi. O‘q hech kimni nazar-pisand qilmaydi, chor tomonni nobud qilaman, otaman, bag‘rini tilaman, o‘ldiraman, deb oldinga intilaveradi:


Kelib qoldi ro‘baro‘ O‘tib ketdi bir yondan.
Ona Jayron yo‘lida. Hamon uchib borar u
Quyosh ko‘kda qotdi tosh, Qora ajal qo‘lida.
Nafasini yutgancha. Kelib qoldi ro‘baro‘
Gullar ma’yus egdi bosh Keksa CHinor yo‘lida.
O‘zligin unutgancha. — Hoy, ko‘zingga qara-da,
Qochar Jayron quyunday Titrab dodladi CHinor,
Tuyog‘idan chaqnar o‘t. Bag‘rimdagi inlarda
— Jon o‘q, tegma, uyimda Axir palaponlar bor!
Kutar bolam, ko‘zi to‘rt! O‘q voz kechib nishondan,
O‘q voz kechib nishondan, O‘tar-ketar bir yondan...


Odatda, kim haddidan oshsa, yon-atrofdagilar bilan hisob-kitob qilib yashamasa, o‘ziga ortiqcha bino qo‘ysa, albatta, hayotda qoqiladi. CHor tomonga dahshat solib, hammaningjonini olmoqchi bo‘lgan o‘q o‘ziga nisbatan zo‘rroq mergan otgan o‘qqa duch kelib vayron bo‘lishi kitobxon bolalarni quvontiradi.
Inson hayotda sog‘lom, tetik, qo‘rqmas, jasoratli bo‘lib kamol topishi zarur. Mabodo u soyasidan ham cho‘chib, hadiksirab, qo‘rqib yashaydigan bo‘lsa, bunday bola kelajakda omadsiz, tolesiz bo‘lib qoladi.
Bolalar adabiyotida o‘y o‘ylash, xayol surish, xayoliy orzular bilan yashash ijobiy natija berishi to‘g‘risida ko‘p gapiriladi. Bunga misol qilib G‘afur G‘ulom, Quddus Muhammadiy, Po‘lat Mo‘min, Miraziz A’zam asarlaridan ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin. Bolalardagi bunday shirin tuyg‘ularni Hamza Imonberdiev ham to‘g‘ri payqay olgan. «Lofchilar — aldoqchilar» asarida u kichkintoylardagi mana shunday orzu-havasni o‘ziga xos usul bilan ochib berishga erishgan.
Ali xayolan qushcha shaklini yaratdi. Uni tomosha qilishga Valini chaqirdi. Vali ko‘rsaki, qushcha yo‘q. Lekin Alining bo‘sh kelmasligi kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi.
Hamza Imonberdiev o‘zi bilimdon, o‘ta madaniyatli, to‘g‘ri so‘z, halol, pok, ozod va obod O‘zbekistonimizni juda qattiq suyadigan ajoyib inson bo‘lganligi uchun ijodining mundarijasi ham shunday. Adolat masalasida u ko‘p jon kuydirar va bu haqda ko‘plab asarlar yaratgan edi.
Hadislarda to‘g‘riso‘z, halol, pok bo‘ling, deyiladi. Kimki bunga qattiq amal qiladigan bo‘lsa, el-yurt o‘rtasida xijolat bo‘lmaydi, obro‘-e’tibori oshadi. «Adolat kaliti» ertagida Hamza Imonberdiev xuddi shu haqda gap yuritadi. Asar boshlanishidayoq yosh kitobxonlarni o‘ziga tortadi:


Hayron quyosh, loldir oy,
Necha kun-u necha oy
Ikki elat urushar,
Bir-birlarin qirishar.
O‘rtaga kimki tushsa,
Biz haqmiz, deb turishar.
Hamma gap, hamma balo ana shu «biz haqmiz»da. Buning asl boisi, sababini hech kim tushunmasligida. Qonli urush davom etaveradi. Bundan podshoh ham hayron:
Podshohning boshi qotgan,
Halovatin yo‘qotgan.
Ojizligin his etib.
Og‘ir xayolga botgan.
Chorasiz qolgan podshoh bu ishni — qonli urushni to‘xtatish chora-tadbirini qidiradi. Bu jumboqni yechadigan, urushga chek qo‘yadigan adolatli, xalq manfaatini o‘z manfaatidan yuqori qo‘yadigan bir Odilbek otli qozini toptiradi.
Hamza Imonberdievning o‘nlab qo‘shiqlari, ko‘plab doston-ertaklari bolalar tilida kuylanmoqda, o‘qilmoqda.

Download 57.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling