Mavzu: Istiqlol davri o'zbek bolalar adabiyoti tamoyillari
Download 57.35 Kb.
|
маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Ilova Anvar Obidjon.
MAVZU: Istiqlol davri o'zbek bolalar adabiyoti tamoyillari (Anvar Obidjon, Hamza Imonberdiyev va Abdurahmon Akbar hayoti va ijodiy faoliyati) Reja: 1.Anvar Obidjon hayoti va ijodi. 2..Hamza Imonberdiyev hayoti va ijodi. 3. .Abdurahmon Akbarlarning hayoti va ijodi. 4. Xulosa Adabiyotlar: 1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 2.M.Jumaboyеv. O‘zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‘llanma. 1996 y. 3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‘zbek yozma adabiyotida folklor an’analari Toshkent – 2011 .www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti- 5.Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012 Ilova Anvar Obidjon. Hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shib kelayotgan Anvar Obidjon 1980-yilda «Bahromning hikoyalari» nomli to‘plami chiqqanidan so‘ng adabiy jamoatchilikning e’tiboriga tushdi. Oradan shuncha vaqt o‘tib ham, u o‘zining munosib o‘rnini mustahkam saqlab turibdi, uning ko‘p qirrali ijodiga bo‘lgan qiziqish tobora ortmoqda. Ibrohim G‘afurov, Xudoyberdi To‘xtaboev, Abdug‘afur Rasulov, Said Ahmad, Safo Matjon, Rahmon Qo‘chqor, Miraziz A’zam, Mamasoli Jumaboev, Mahmud Sattor, Kavsar Turdieva, Tursunboy Adashboev, Lola Sodiqova-Zvonaryova, Rahmatulla Barakaev, Hulkar Hamroeva kabi munaqqid va adiblarimiz bu ijodkorning asarlari to‘g‘risida bir-biridan ko‘tarinki maqolalar yozishdi. Izlanuvchi olima Zamira Ibrohimovaning «Quvnoqlikka yashiringan izti-roblar» nomli kitobida (A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona nashriyoti, 2005) adibning nazm va nasrdagi asarlarining nihoyatda o‘ziga xosligi, o‘quvchini o‘ziga mahliyo eta olish sirlari keng talqin qilib berilgan. Anvar Obidjon ijodi yuzasidan fikr bildiruvchilarning barchasi doimo bir narsaga, ya’ni uning bolalar adabiyotiga yangicha bir yo‘nalish olib kirganiga alohida urg‘u berib o‘tishadi. Noto`g`ri so`zlash yo`nalish emas1. (M. Arnold) Kichkintoylar shoiri Tursunboy Adashboev bu holni soddagina ta’riflab: «80-yillarga kelib Anvar Obidjon bolalar she’riyatidagi ob-havoni bir yo‘la yangiladi», deb yozgan edi. Anvar Obidjonga xos kashfiyotning siri shundaki, shoir bolalarning ongidan ko‘ra ko‘proq ko‘ngliga ta’sir o‘tkazish yo‘lidan bordi. Binobarin, ko‘ngilga qattiq o‘rnashmagan narsa ongda uzoq vaqt saqlanishi, saqlanganda ham faol harakatga sabab bo‘lishi qiyin. Tahlil qilib ko‘rish uchun «Bahromning hikoyalari» kitobidagi «Bezori» degan she’rni olaylik: Qarg‘a kirdi — Menga qara, Kinoga, Vey, Laylak, O‘xshab Yeganmisan Buratinoga. Hech kaltak? Hamma joylar Qani, Edi band, Turchi o‘rningdan. Borib dedi He, o‘rgildim Nopisand: Burningdan! «Bezori»da esa, Anvar Obidjon she’rxonning ko‘ngliga yo‘l izladi va o‘quvchiga quvnoq kayfiyat bag‘ishlovchi qiziq holat, kulgili obraz yaratish orqali bunga muvaffaq bo‘la oldi. Dilozor bezorining ko‘pchilik uncha xushlamaydigan, isqirt joylarda ivirsib yuruvchi qarg‘a qiyofasida berilganining o‘zi jajji kitobxonning ko‘nglida unga nisbatan ijirg‘anish hissini uyg‘otadi va bolaning g‘ashiga tegishi mumkin bo‘lgan quruq nasihatlarni aytishga hojat qolmaydi. Sharoit shunday ekaniga qaramasdan, Anvar Obidjon barii bir o‘z uslubiga sodiq qolib, o‘zi tanlagan yo‘lda turib, tinimsiz ijod qilaverdi. Hali qishloqda yashab turgan vaqtlarida, asosan, o‘tgan asrning 70-yillari o‘rtalaridan boshlab yaratgan turkum- turkum she’rlari avvaliga matbuotda bitta-ikkita bo‘lib ko‘rinib turdi. Shoir 80-yillar boshida Toshkentga ko‘chib kelgach, she’rlariga endi matbuotdan kengroq o‘rin berib borildi, bolalar adabiyotini nazorat qilib turuvchi ko‘zlar ham uning uslubiga asta-asta ko‘nika borib, yangidan yangi kitoblari nashr etildi. Anvar Obidjonning she’riy turkumlari haqida so‘zlaganda bir narsani qayd etib o‘tish lozim bo‘ladi. Ba’zi qalamkashlar turli yillarda bitilgan she’rlarining mazmuni yaqinroqlarini jamlab, keyinchalik turkumga aylantirishadi. Anvar Obidjon esa, avval o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgan turkumni kashf etib, keyin shu yo‘nalishda she’rlar yaratgan. Buni qaysi bir turkumga razm solmang, undagi she’rlarning shakli, hajmi, vazni deyarli bir xil ekanligidan sezish mumkin. Anvar Obidjonning she’riy dostonlari ham talaygina. «Odil Burgutshoh va «Zamburug‘» laqabli josus haqida ertak»da agar yurt ichidagi odamlar ahil bo‘lib, hushyor bo‘lib yashamasa, tashqi g‘animlar har qanday qudratli va obod o‘lkani ham hiyla-nayranglar bilan kuchsizlantirishi, vayron qilishi mumkinligi to‘g‘risida so‘z boradi. «O‘g‘irlangan pahlavon haqida ertak» esa bir qarashda, asosan, bosqinchilikni qoralagandek tuyulsa-da, bunda eng asosiysi millatning tili masalasidir. Dostonda go‘dakligida boshqa yurtga o‘g‘irlab ketilgan bola tengsiz pahlavon bo‘lib ulg‘aygach, bosqinchilarga qo‘shilib o‘z xalqiga qarshi jang qilgani, hatto o‘z onasi bilan olishib, onaning tilini tushunmagani bois, halok bo‘lishiga sal qolgani hikoya qilinadi. Anvar Obidjonning bolalarga atalgan «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi» nomli birinchi pesasi 1983-yilda Respublika yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan. Keyinchalik mazkur teatrda va Farg‘ona, Guliston, Qarshi, Qo‘qon teatrlarida uning «Pahlavonning o‘g‘irlanishi», «Topsang, hay-hay», «To‘tiqul», «Samozvanes», «Qorinbotir», «Alamazon», «Navro‘z va Boychechak» kabi pesalari namoyish etildi. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida uning ssenariylari asosida «Tilsimoy — g‘aroyib qizaloq», «Dahshatli Meshpolvon» kinolari suratga olingan. Download 57.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling