Kompozitsiya
|
Composition
|
Композиция
|
lot. – tuzilish, qurilish. Badiiy asarning tuzilishi, asarda tasvirlanayotgan narsalarning obrazlari va badiiy vositalarning muayyan maqsadga xizmat qiladigan tartibiy joylashishi va ularning muvofiqligi.
|
Litografiya
|
Lithography
|
Литография
|
(yunon. lito-tosh, grafiya) - yassi bosmaning qadimgi va keng tarqalgan usuli bosma qolip (shakl) maxsus litografiya toshida tayyorlanadi. Yozuv yoki tasvir tosh sirtiga relefsiz litografiya tushi yoki qalami bilan tushiriladi. Maxsus litografiya qog‘ozga ishlangan tasvirni tosh sirtiga ko‘chirish ham mumkun. Tasvirli yozuvli tosh sirti kimyoviy ishlovdan keyin bosiladi.
|
Mayolika
|
Majolica
|
Майолика
|
(ital. mayolika, Malorka orolining qadimgi nomidan) - keramika turi, maxsus rangli tuproqdan sirlab tayyorlangan sopol. O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Binolarni bezashda, devor va minoralarning sirtini xashamlashda, uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashda keng foydalaniladi
|
Manzara
|
Paysage
|
Пейзаж
|
ma’lum bir joyning ko‘rinishi, tasviri; tasviriy san’at janri. Manzarada tabiat tasviri – dengiz ko‘rinishlari (marina), daraxtzorlar, g‘irlar, shahar va qishloqlarning qiyofasi, umuman, turli joylarning tasviri orqali kishining hisg‘tuyg‘ulari badiiy obrazlarda ifodalanadi. Manzara O‘rta Asrlarda Xitoy, Yaponiya, Uyg‘onish davrida esa Yevropada rivoj topdi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |