Mavzu: Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlarning moliyaviy munosabatlardagi o'rni mundarija: kirish
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YeTTB)
Download 149.65 Kb.
|
Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlarning moliyaviy munosabatlardagi o\'rni
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YeTTB) 1990 yilda Londonda tashkil qilingan. YeTTBning asosiy maqsadi – Markaziy va Sharqiy
Yevropaning sobiq sotsialistik tuzumda bo‘lgan mamlakatlarini bozor iqtisodiyotiga o‘tishiga yordam berishdan iborat. YeTTB faqatgina aniq doiradagi loyihalarni kreditlaydi. YeTTB resurslari XTTBga o‘xshashlik bo‘yicha shakllanadi.YeTTB ishlab chiqarishni (loyihalarni moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan holda), infratuzilmani taraqqiy ettirish va qayta tiklashga texnik yordam ko‘rsatishni (ekologik dasturlarni o‘z ichiga olgan holda), aksionerlik kapitaliga investitsiyalari, ayniqsa xususiylashtirilayotgan korxonalarni kreditlashga ixtisoslashgan. Shu bilan birgalikda YeTTBning asosiy diqqati kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Boshqa xalqaro moliya institutlari singari YeTTB aniq maqsadli investitsiyalarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda maslahat berish xizmatini ko‘rsatadi. YeTTBning bitta strategik vazifasi – davlat korxonalarini xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash, ularni modernizatsiyalash va tuzilmaviy qayta qurish, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha maslahatlar berishdan iborat. Bank o‘z a’zolariga, tuzilmaviy va tarmoq iqtisodini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishni isloh qilish, bu bilan mamlakatlarni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga uyg‘unlashuviga ko‘maklashadi. YeTTBning ta’sischilari bo‘lib 40 mamlakat – Albaniyadan tashqari hamma Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Meksika, Marokko, Misr, Isroil, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, shuningdek, YeIK va Yevropa Investitsiya Banki hisoblanadi. YeTTB kreditlarining muddati odatda 5-10 yilni kreditning minimal miqdori esa 5 mln. yevroni tashkil etadi. Agar loyiha mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa bank kamroq miqdorda ham kredit berishi mumkin. Kreditlash hoxlagan erkin almashinuvchi valyutada amalga oshiriladi, amalda ko‘proq AQSh dollari va Yevrodan foydalaniladi. Loyihani moliyalashtirish uning qiymatini 35%dan ko‘p bo‘lmagan miqdorini tashkil etadi. YeTTB tijorat asosida faoliyat ko‘rsatadi va o‘zining kreditlarini risklarni hisobga olgan holda bozor stavkalari bo‘yicha beradi. Tartibga ko‘ra tijorat Jahon banki 190 dan ortiq rivojlangan ham da rivojlanayotgan m am lakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir. Jahon bankining bosh maqsadi — iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan m am lakatlarni kreditlash yo‘li bilan kam bag‘allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. K reditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga ham da fuqarolarning hayot darajasi yaxshilanishiga im kon tug‘diradi. Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga muvofiq o‘z faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. M ingyillikdagi rivojlanish maqsadlariga 2015-yilgacha erishish lozim boMib, u o‘z ichiga quyidagilarni olgan: — kambag‘allik va ochlikka barham berish; — umum iy boshlang‘ich ta’lim ni ta’minlash; — bolalar o‘lim ini qisqartirish; — onalik muhofazasini yaxshilash; — V IC H /SPID , malariya (bezgak) va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish; — atrof-m uhitning barqaror rivojlanishini ta’m inlash; — rivojlanish m aqsadlarida global ham korlikni shakllantirish. Jahon bankining Xalqaro valuta fondidan farqi shundaki, Jahon banki f'aqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli yordam ko‘rsatadi, XVF faoliyati esa mamlakatdagi vaqtinchalik moliyaviy inqirozni bartaraf qilishga yo'naltirilgan. Jahon banki BM Tning ixtisoslashtirilgan moliya instituti sifatida strategik vazifalarni bajarish uchun eng qulay vositachi sifatida xizmat qilishga m o‘ljallangandir, ya’ni barcha a’zo mamlakatlarning iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi tizim i asosiy markazlari bilan inlegratsiya qilishdir. «Jahon banki» atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association) qam rab oladi. «Jahon banki guruhi» atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tom onlam a agentlik (M ultilateral Investment G uarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish m arkazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi. Jahon bankining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: — rivojlanayotgan m am lakatlarda investitsiya faoliyati; — iqtisodiy m asalalar bo‘yicha m aslahat va tahliliy faoliyat; — am alga oshiriladigan dasturlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi va tuzilm asini m untazam to‘g‘rilab borish; — boy va qashshoq m am lakatlar o‘rtasida resurslarni taqsimlashda vositachilik qilish. Har uch yilda Jahon banki guruhi tom onidan «Jahon banki guruhi faoliyatining strategiyasi» nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan m am lakatlar bilan bo'ladigan ham korlikda foydalaniladi. Strategiyaga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari va kam bag‘allik m uam m olarini hal qilish bo'yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi. 0‘zining faoliyati bo‘yicha Jahon banki m a’lum tamoyillarga amal qiladi, jumladan: — rivojlanayotgan m am lakatlarning iqtisodiy o‘sishiga yordam beruvchi sam arali kapital qo‘yilm alar uchun resurslar ajratish; — resurslar qaytishi ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda iqtisodiy m ulohazalardan kelib chiqib investitsion qarorlar qabul qilish; — bitta ishtirokchi m am lakat doirasida berilgan resurslarni ishlatishga cheklovlarning mavjud emasligi; — xodim lar faoliyatining boshqa subyektlarga, jum ladan, mamlakatlar hukum atiga emas, balki faqatgina bank m anfaatlariga yo‘naltirilganligi. Rivojlanayotgan m am lakatlar uchun Jahon banki tashkilotlari guruhi dunyodagi yirik moliyaviy m ablag‘lar m anbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U o‘zining moliyaviy resurslarini kam bag‘al mamlakatlardagi kam bag‘allik darajasini pasaytirish ham da iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga sarflaydi. Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning faoliyatini quyidagi ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB, ing. International Bank for Reconstruction and Development) — Jahon bankining asosiy kredit tashkiloti bolib, keng miqyosda Jahon banki nomi bilan tanilgan. Ushbu bankka a’zo bo‘lish uchun ariza taqdim etgan mamlakat avvalo XVFga a ’zolikka kirgan boiishi lozim. Bankning barcha qarzlari a’zo davlatlar hukumatlari tomonidan kafolatlanishi kerak. Qarzlar bo‘yicha bar olti oyda o'zgaruvchi foiz stavkasi belgilanadi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka 6—7%ga teng. Qarzlar asosan 15—20 yil muddatga, asosiy qarz summasi bo‘yicha to‘lovlarni 3—5 yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish davlat hukumatining kafolati olingandan so‘ng amalga oshiriladi. XTTB — 1944-yilda Bretton-Vudsdagi (AQSHning N yuXem pshir shtatidagi shaharcha) Xalqaro valuta — moliyaviy konferensiyada XVF bilan bir vaqtda tuzilgan davlatlararo investitsiya institutidir. Bir vaqtning o‘zida bankning nizom i ham bo'lib qolgan XTTB haqidagi Bitim 1945-yilda rasmiy jihatdan kuchga kirgan, bank 0‘zining faoliyatini 1946-yildan boshlagan. X TTBning shtab-kvartirasi A Q SH ning Vashington shahrida joylashgan. XTTBning asosiy maqsadi — a’zo mamlakatlarga uzoq muddatli kredit va qarzlar berish ham da xususiy investitsiyalarni kafolatlash orqali ularning iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi. Dastlab XTTB a’zo m am lakatlarning to‘plangan mablag‘lari va am erikalik investorlarning jalb qilingan kapitallari yordamida ikkinchi jahon urushi natijasida iqtisodiy jihatdan turg‘un holatga kelib qolgan G ‘arbiy Yevropa m am lakatlarida xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirishga mo‘ljallangan edi. XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiqlining maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi: — a’zo davlatlarning xalq xo'jaligini tiklash va rivojlantirishga ko‘maklashish; — kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish — jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a ’zo davlatlar to‘lov balansining muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash. 50-yillarning o ‘rtalaridan boshlab, G ‘arbiy Yevropa m am lakatlarida xo‘jalik hayoti barqarorlashishi munosabati bilan, XTTB o‘z faoliyatining katta qism ini Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi m am lakatlarining iqtisodiyotini rivojlantirishni barqarorlashtirishga yo‘naltirdi. XTTBning oliy rahbar organi Boshqaruvchilar Kengashi va Direktorat (ijroiya organi) bo‘lib hisoblanadi. A’zo m am lakatlarning moliya vazirlari yoki markaziy banklar boshqaruvchilaridan tashkil topgan Kengash o‘z sessiyalarini X V F bilan birgalikda bir yilda bir m arta o‘tkazishadi. XTTB a’zolari faqatgina XVF a ’zoligiga qabul qilingan m am lakatlar bo‘la oladi. Ovozlar XTTB kapitalidagi (180 m lrd dollardan ortiq) m am lakat kvotasi orqali aniqlanadi. Hozirda XTTB a’zolari bo‘lib 186 mam lakat hisoblansada, yetakchi o‘rinda yettilik m am lakatlari turadi: AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, G erm aniya, Fransiya, K anada va Italiya. Bankning resurslari shakllanishining manbasi bo‘lib, Am erika bozorlarida obligatsiya qarzlarini chiqarish va ularni sotishdan olingan mablag‘lar hisoblanadi. XTTB kreditlarni, odatda 20 yil muddatga a’zo m am lakatda ishlab chiqarish obyektlarini kengaytirish uchun hukum at kafolati ostida beradi. Shuningdek, XTTB boshqa banklarning uzoq m uddatli kreditlari bo‘yicha kafolat ham beradi. U ham X V F singari, qarzdor mamlakatning moliyaviy holati, kreditlanuvchi obyektlar va ushbu obyekt bo'yicha bank missiyasi tomonidan o‘rganilgan axborotlarni talab qiladi. XTTB quyidagi dasturlar doirasida faoliyat yuritadi: — iqtisodiy boshqaruv va kambag‘allik bilan kurashish; — ekologiya va ijtimoiy rivojlanish; — infratuzilm a, xususiy sektor va moliya; — inson salohiyatini rivojlantirish. Keyingi yillarda XTTB rivojlanayotgan m am lakatlarning tashqi qarzlarini tartibga solish bilan shug‘ullanm oqda: kreditlarning 1/3 qismini qo‘shm a moliyalashtirish deb ataladigan shaklda beradi. Bank to ‘lov balansi holatini yaxshilashga, shuningdek, iqtisodiyot tuzilm alarini tartibga solishga strukturali kreditlarni ajratadi. Hozirgi paytda XTTB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: — turli xildagi investitsiya loyihalarini uzoq va o‘rta muddatli kreditlash; — loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik asoslarini tayyorlash; — rivojlanayotgan m am lakatlarda tuzilmaviy qayta qurish dasturlarini moliyalashtirish. XTTBning maqsadlari quyidagilardan iborat: — a’zo m am lakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishga va qayta tiklashga yordam ko‘rsatish; — xususiy xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash; — to‘lov balansining muvozanatini saqlashga va xalqaro savdoning barqaror o‘sishiga yordam berish; — statistik ma’lum otlarni to‘plash va e’lon qilish. XTTBning asosiy mablag‘lari hozirgi kunda o‘rta va uzoq muddatli qarz m ajburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qim matli qog‘ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq m amlakatlariga joylashtiriladi. X TTB ning kreditlari qarz oluvchi davlat milliy valutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalqaro darajada to‘lov vositasi sifatida tan olingan valutalarda ajratiladi.XTTB qarzlarini ikkita kategoriyaga ajratish mum kin:Iqtisodiyot uchun yo‘qotishlarsiz ssudalar bo‘yicha foizlarni to‘lashga qodir bo‘lgan, rivojlanayotgan m am lakatlar uchun qarzlar. Xalqaro moliya bozorida kreditga Jayoqatsiz va ssudalar bo‘yicha foizlarni to‘lashga qodir bo‘lm agan kam bag‘al mamlakatlar uchun qarzlar. Keyingi yillarda XTTB jahon moliya bozorida yirik qarzdor rolida chiqmoqda. Bank tom onidan chiqarilayotgan obligatsiya qarzlari summasi davlatlararo investitsiya banklari o‘rtasida eng katta solishtirm a og‘irlikka egadir. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) — Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilot bo‘lib, u 1960-yilda tashkil etilgan. X RA Kelishuvlar m oddasining bm oddasiga muvofiq, uning maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, sam aradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a’zo m am lakatlarda aholi turm ush tarzini oshirish, shuningdek, an’anaviy kreditlarga nisbatan og‘ir bo‘lm agan qulay shartlarda moliyaviy ko‘m ak berish hisoblanadi.Mamlakatlarga rivojlanish jarayonida yordam ko‘rsatish maqsadiga ega boclgan X R A strategiyasining asosiy elementlari quyidagilardan iborat: — makroiqtisodiy va tarm oq siyosatining puxta o‘ylangan chora-tadbirlarini qabul qilish orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish; — ijtimoiy sohalarning m ustahkam lanishi va rivojlanishini qat’iy qo‘llab-quvvatlash orqali inson kapitaliga investitsiyalash; — boshqaruv sam aradorligini oshirish uchun tashkiliy-texnik im koniyatlarni kengaytirish; — barqaror rivojlanish m aqsadlarida atrof-m uhitni saqlash; — qurolli to‘qnashuvlar oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish; — mintaqaviy integratsiya va savdoni qo‘llab-quvvatlash. XRA foizsiz kreditlar va iqtisodiy o‘sishni rag'batlantirishgaqaratilgan gjantlar ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy tengsizlikni kam aytirish va aholi turm ush tarzini oshirishni ko‘zda tutadi.X RA dan qarz olish huquqiga yalpi ichki m ahsuloti aholi jon boshiga $835 dan kam bo‘lgan m am lakatlar ega bo‘lishadi. XRA mamlakatlarga 10 yil imtiyozli davrli 30—40 yilga foizsiz kreditlar beradi. XRA kreditlarining qaytarish m uddatlari 20, 35 va 40 yilni tashkil etadi, shundan dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va bu davrda asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Ta’kidlash lozimki, XRA kreditlariga foiz to‘lanmaydi, biroq xizmat ko‘rsatish uchun kam miqdordagi (hozirda ajratilgan kredit sum m aning 0,5 foizi) xarajatlar qarz oluvchi tom onidan qoplanadi. Bu kreditlarning maqsadi, rivojlangan m am lakatdan kambag‘al m am lakatga tovarlar eksportini rag‘batlantirishdir. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasiga 167 mam - lakat a’zo bo‘lib kirgan. XRA mamlakatlarga moliyaviy resurslarni ajratishda muayyan mezonlarga amal qiladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Muvofiqlik mezonlari. XRAdan qanday m am lakatlar mablag‘ olish huquqiga ega ekanligini aniqlashda uchta mezon qo‘llaniladi: — Y IM ning aholi jon boshiga nisbatan o‘lchanadigan nisbiy ko‘rsatkichidan past bo£lgan mamlakatlar; — mamlakatni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga imtiyozli shartlarda resurslar olishga ehtiyoj yuzaga kelishi tufayli bozor sharoitlarida o'zlashtirilgan mablag£lar uchun kreditga qobiliyatlilikning yetishmasligi; — qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o'sishni qo‘l!ab-quvvatlovchi iqtisodiy va ijtimoiy siyosat chora-tadbirlarini qabul qilish, shuningdek, o‘tkaziladigan siyosatning yuqori samaradorligi. 2. Taqsimlash mezonlari. 0‘rnatilgan mezonlarga javob beruvchi mamlakatlar o‘rtasida XRA resurslarini taqsimlash tartibini aniqlovchi asosiy omil m am lakatda qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘tkaziladigan siyosatning sam aradorligi hisoblanadi. Aniqlovchi omillardan yana biri bo‘lib aholi jon boshiga daromad darajasi hisoblanadi: XRA mezonlariga javob beruvchi qashshoq mam lakatlar siyosat sam aradorligining bir xil ko‘rsatkichlarida boshqa mam lakatlarga nisbatan yuqori mablag‘ olishadi. 3. Samaradorlik reytingi. Har yili Jahon banki personali qarzdodar tomonidan o‘tkaziladigan siyosatning sifatini baholaydi va shu asosda m am lakatlar reytingi aniqlanadi. Baholashni o‘tkazishda m am lakatda am alga oshirilayotgan loyihalar portfelining samardorligi hisobga olinadi. 3. Resurslarni taqsim lash tartibi. XRA tom onidan mamlakatga ajratiladigan resurslar hajmi birinchi navbatda shu m am lakatda o‘tkaziladigan siyosat samaradorligini va uning institutsional tizimini har yillik baholash natijasida qarzdorga beriladigan reytingga bog‘liq bo’ladi. 4. Samaradorlik ko’rsatkichlari va kreditlash. XRA rahbariyati har bir mamlakatga haqiqatda ajratilgan resurslarni ularning rejalashtirilgan o‘lchami bilan taqqoslagan holda nazorat qilib boradi. Mablag‘lar yetarlicha egiluvchanlik bilan ajratiladi, bu holat faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘zgarishi natijasida zarur choralar qo‘llashga imkon beradi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XM K) (ing. International Finance Corporation, IFC) Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilotdir. Tashkilotning shtab-kvartirasi Vashingtonda (AQSH) joylashgan. 1956-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga xususiy investitsiyalar oqimi barqarorligini ta ’m inlash maqsadida tuzilgandir. Jahon banki tashkilotlari guruhining Prezidenti bir vaqtning o‘zida XM K Prezidenti bo‘lib hisoblanadi. Rahbarlik vazifasi vitse-prezident tom onidan amalga oshiriladi. X M K aksionerlari bo‘lib 182 m am lakat hisoblanadi. X M K Jahon banki guruhiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan o‘z faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, lekin yuridik va moliyaviy aloqalarda mustaqil tashkilot bo‘lib hisoblanadi. ХМ К kompaniyalarga risklarni boshqarishga va jahon kapital bozoriga chiqishning kengroq imkoniyatiga ega bo‘lishga yordam beruvchi yangi moliyaviy instrum entlarni ishlab chiqishni davom ettirm oqda. Ushbu moliyaviy m ahsulotlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mum kin: — XM K o‘z mablag‘laridan zayomlar; — sindikatlashgan zayomlar; — hissali moliyalashtirish; — qarz instrum entlari va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondlari; — tuzilmaviy moliyalashtirish; — vositachilar orqali moliyalashtirish; — risklarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar; — milliy valutada moliyalashtirish; — savdoni moliyalashtirish; — ekspert baholash va boshqalar. XMKga a’zolikka kirishda quyidagi shartlarga amal qilinadi: — XTTB a’zoligi; — XMK kelishuv moddasini imzolash. XMK turli xil tarm oqlardagi loyihalarni moliyalashtiradi, ularga qishloq xo‘jaligi, tog1 sanoati, ishlab chiqarish, turizm va boshqalarni kiritish mumkin. Ammo birinchi navbatdagi yo'nalish, xususiy sektor bo‘lib hisoblanadi. XMK faoliyatining to‘rtta asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mum kin: — xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish; — rivojlanayotgan mamlakatlardagi tashkilotlarga xalqaro moliya bozorlaridan kapital jalb qilishda yordamlashish; — ta’lim, sog'liqni saqlash va infratuzilm ani rivojlantirishga yo‘naltirilgan xususiy investitsiyalar yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, innovatsion moliyaviy m ahsulotlardan foydalanish va salohiyatni oshirish orqali ichki moliya bozorlarini rivojlantirish; — hukum atlarga maslahat va texnik yordam ko‘rsatish.X M K rivojlangan va rivojlanayotgan m am lakatlardagi yuqori rentabelli korxonalarni kreditlaydi. X M K kreditlarining m uddati odatda 15 yildan oshm aydi, o‘rtach a m uddat esa 3— 7 yildir. X M K ning xususiyati shundaki, uning mablag‘laridan investitsiya olish uchun korxona va tashkilotlarga kredit berilganda, JTTB va X R A talab qilgandek a’zo mamlakatlarga hukum at kafolatlari talab qilinmaydi. Bu xususiy kom paniyalar uchun ular faoliyati ustidan davlat nazoratidan saqlaydi va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish m anfaatlariga xizmat qiladi. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tom onlam a agentlik (IK K A ) (ing. M ultilateral Investm ent G uarantee Agensy) — Jahon banki guruhiga kiruvchi m ustaqil xalqaro tashkilotdir. IKKA ning asosiy maqsadi bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy to ‘g‘ri investitsiyalarni yo‘naltirishga ko‘m aklashish, shuningdek, axborot va konsultatsiya xizm atlarini ko‘rsatish hisoblanadi. Shu bilan birga IK K A siyosiy risklardan sug‘urtalashni yoki rivojlanayotgan m am lakatlarga xorijiy to ‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish m aqsadida kafolat berishni am alga oshiradi. IK K A 1988-yilda a ’zo m am lakatlarning badallari evaziga tashkil topgan. Hozirgi kunda 2010-yil holatiga ko‘ra IKKAga 175 m am lakat a’zolikka qabul qilingan. IK K A xalqaro tashkiloti to‘g‘risidagi konvensiya 1985-yil 11-oktabrda Vashingtonda imzolangan. Shuningdek, shtab-kvartirasi ham Vashingtonda joylashgan. IKKA kafolati investorlarni, shartnom a shartlarini buzishdagi, harbiy va fuqarolar g‘alayonidagi, m usodara qilishdagi ham da mablag‘larni o‘tkazishdagi cheklovlarda yuzaga keladigan risklardan himoya qiladi. A m m o tijorat risklarini sug‘urtalash, m asalan, bankrotlik riski amalga oshirilmaydi. IK K A shuningdek, rivojlanayotgan m am lakatlar o‘rtasida boladigau investitsiya m unosabatlarini ham sug'urtalashni amalga oshiradi.IKK A kafolatiga m am lakatda ro‘yxatdan o‘tm agan faoliyati investitsiya bilan bog‘Iiq bo‘lgan xususiy firma va fuqarolar ham d a’vogarlik qilishi m um kin. Kafolat 3 yildan tortib 15—20 yil m uddatgacha amalga oshiriladi. Jahon banki kafolatidan farqli tom oni shundaki, investitsiyalash uchun mamlakat hukum atidan qarshi kafolat talab qilinmaydi. Shu bilan birgalikda IK K A kreditlar bermaydi ham da mustaqil investor bo‘lib hisoblanmaydi. Alkogol va tam aki m ahsulotlarini ishlab chiqarish ham da qimor o‘yinlarini tashkil etish uchun qilingan investitsiyalarga kafolat berilmaydi. Hozirgi paytda kafolatlashning maksimal miqdori bitta invcstitsion loyiha uchun 110 mln AQSH dollarini ham da bitta mamlakat uchun 440 mln AQSH dollarini tashkil qiladi. Qayta sug‘urtalash va birgalashib sug‘urtalashda ushbu chegara sezilarli darajada ortiq bo‘lishi m um kin. Shuningdek, rivojlanayotgan m am lakatlarda yuzaga kelishi m um kin bo‘lgan notijorat risklar quyidagilar bo‘lishi mum kin: — milliy valutaning erkin ayirboshlashni to‘xtatish va bu bilan bogliq investor mamlakatiga darom adlarni o‘tkazish bilan bo'ladigan m uam m olar; — investor m ulkining barbod bo‘lishi; — harbiy harakatlar; — to‘ntarishlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi; — hukum at qarori natijasida shartnom aning bajarilmay qolishi. 0‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun IK K A yuqorida keltirilgan notijorat risklarga kafolatlarnigina emas, balki shuningdek, rivojlanayotgan a’zo m am lakatlarning hukumat organlariga siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga nisbatan dastur va tartib yuzasidan m aslahatlar beradi ham da chet el invest orlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz (ing. ICSID — International Centre for Settlem ent of Investment Disputes) — yuqorida ko‘rib o‘tgan tashkilotlarim izdek Jahon bankiguruhiga kiruvchi mustaqil xalqaro tashkilot bo‘lishi bilan bir qatorda BM Tning maxsus tashkiloti ham hisoblanadi. Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro m arkazning maqsadi bo‘lib, xalqaro investitsion bahslarni hal qilish va tom onlarni o‘zaro murosaga keltirish uchun huquqiy im koniyatlarni ta’m inlash hisoblanadi. Markaz xususiy investitsiyalar yo‘lidagi tashqi iqtisodiy to ‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan ham da davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi bahslarni hal qiluvchi xalqaro mustaqil arbitraj tashkiloti sifatida qaraladi. Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz, davlatlar va boshqa davlatlarning fuqarolari o‘rtasidagi investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha konvensiyaga (Vashington konvensiyasi) muvofiq tashkil qilingan. Ushbu konvensiya Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro m arkazning haq-huquqlarini, tashkiliy tuzilm asini va asosiy vazifalarini belgilab berdi. Konvensiya 1965-yil 18-martda im zolangan va 1966-yil 14-oktabrdan kuchga kirgan. Hozirgi kunda Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro m arkazning a'zolari bo‘lib 146 ta mamlakat hisoblanadi. Konvensiya bahslarni hal qilishning ikkita asosiy yolini ko‘rib chiqadi: tom onlarni murosaga keltirish va arbitraj ishlab chiqish. Bularga muvofiq konvensiyada ishlarni qo‘zg‘ash uchun, tom onlarni murosaga keltirish masalasi bo‘yicha ish ko'rish uchun va arbitraj olkazish uchun tartib qoidalar keltirilgan. Markazda tomonlarga xizmat ko‘rsatish ixtiyoriy ravishda va to‘lov evaziga amalga oshiriladi. To‘lovlar miqdori bosh kotib tom onidan tasdiqlanadi. Hozirgi paytda ko‘pgina shartnom alar xususan, trans-chegaraviy investitsiyalar doirasida tuzilgan shartnom alar investitsion bahslarni yuzaga kelish holatini hal qiluvchi sifatida Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro m arkazda izohdan o‘tkaziladi. 2.2 Yevropa ta’minlash va taraqqiyot banki: tashkil topishi, maksadi, boshkaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Osiyo tarakkiyot banki: tashkil topishi, maksadi, boshkaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Islom tarakkiyot banki: tashkil topishi, maksadi, boshkaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. korxonalarini kreditlashda bank mablag‘larni qaytarishga doir hukumat kafolatini talab etmaydi, lekin bunday hollarda odatda loyiha aktivlari (masalan, garovga oid asosiy fondlar, garovga oid mol-mulk va boshq.) bilan kreditning garov ta’minoti qo‘llaniladi. Kreditlar qa’tiy belgilangan yoki suzub yuruvchi stavkalar bo‘yicha bo‘lishi mumkin, shuningdek, xedjirlashning turli instrumentlaridan ham foydalaniladi. YeTTB o‘z faoliyati doirasida quyidagilarni amalga oshiradi: – rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bank ishi standartlari asosida moslanuvchan kreditlash uchun turli xil instrumentlardan foydalanadi; – xususiy sektor tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydigan sektorlar bo‘yicha ko‘zda tutilgan va tutilmagan operatsiyalar strategiyasidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘zida mujassamlashtiradi; – xususiy investorlar, ularning maslahatchilari va tijorat banklari bilan hamkorlik qiladi; – hukumat bilan rivojlanishning uzoq muddatli rejalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi; – xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari bilan o‘zaro harakatlarni bajaradi; – davlatlararo va mintaqaviy manfaatlardan kelib chiqqan holda ishlaydi; – atrof-muhitni saqlashni va yaxshilashni ta’minlashga harakat qiladi. Yevropa ittifoqi, Yevropa investitsiya banki a’zo mamlakatlari va Yevropa ittifoqining o‘zi YeTTB nizom kapitalida 51% kvotasiga egadirlar. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari – 13%, qolgan Yevropa mamlakatlari – 11%, noyevropa mamlakatlari –24%. Kapitalda ko‘proq hissa bilan AQSh – 10%, Italiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya 8,5%dan. Nizom kapitalining o‘lchami har 5 yilda bir marta ko‘rib chiqiladi YeTTB eksport kreditlar bo‘yicha kafolatlar bermaydi va sug‘urtalash bilan shug‘ullanmaydi. Shuningdek YeTTB quyidagi faoliyat turlarini moliyalashtirmaydi: 1. Mudofaa sanoati. 2. Tamaki sanoati. 3. Xalqaro huquqiy me’yorlarda taqiqlangan vositalarni ishlab chiqarish. 4. Qimor biznesi. 5. Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar va jarayonlar. Bank takdim etadigan kreditining eng kam mikdori 5 mln. yevroni tashkil etadi. Foiz stavkalari asosiy bozor stavkasi (odatda, LIBOR) va marjadan tashkil topadi. Kreditlar bo‘yicha foiz suzib yuruvchi (svop operatsiyalarini qo‘llagan xolda) yoki kat’iy stavkalarda belgilanadi. Marja miqdori kredit shartlaridan kelib chikadi.Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) - Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining rivojlanish loyihalari uchun uzoq muddatga kredit ajratish bilan shug‘ullanadigan yirik davlatlararo moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Osiyo Taraqqiyot Banki 1966 yilning 22 avgustida 15 ta mamlakat tomonidan shartnoma imzolanishi bilan tashkil etilgan. Bank o‘zining o‘z kredit faoliyatini 1966 yil 19 dekabrda boshladi. Osiyo taraqqiyot bankini tuzishdan maqsad - Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berishdan iborat. Bugungi kunda OTBga 67 ta a’zo davlat Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, Yevropa va Amerikaning sanoati rivojlangan 19 ta davlati hisoblanib, OTB vakillari har yili ushbu tashkilotga a’zo va faol rivojlanayotgan davlatlarning birida OTB Boshqaruvi, ushbu mamlakatning moliya vazirligi va markaziy banki rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazadi. OTB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: – investitsiya loyihalarini moliyalashda uzoq muddatli va imtiyozli shartlar bilan 40 yilgacha bo‘lgan kreditlarni yiliga 1 % dan berish; tijorat kreditlarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha berish– rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy rivojlanish rejalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyalashga tayyorlash va loyihalarni hamda rivojlanish dasturini amalga oshirishga yordam berish; – xalqaro moliyaviy institutlar, milliy davlat va xususiy tashkilotlar bilan investitsiyalarni birgalikda amalga oshirishga taalluqli masalalarda hamkorlik qilish; – mintaqada iqtisodiy o‘sish va hamkorlikni rag‘batlantirish uchun zarur ekspert xizmati va maslahatlarining turli shakllarini tashkil etish. OTB quyidagi sohalarni o‘z ichiga olgan loyihalarni moliyalashtiradi: – qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash; – avtomobil va temir yo‘llarni ta’mirlash va qayta qurish; – energetika; – ta’lim; – transport va aloqa tizimi; – tog‘-kon sanoati; – sog‘liqni saqlash va ekologiya; – turizm infratuzilmasini rivojlantirish; – iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish; – bank tizimini rivojlantirish. Osiyo Taraqqiyot Bankining maqsad-vazifasi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini va iqtisodiy o‘sishini, ham jamoaviy ham mustaqil rag‘batlantirish hisoblanadi Ko‘pgina rivojlanish banklari kabi Osiyo taraqqiyot banki ham kreditlashda balansni ta’minlash uchun davlat sektoriga berilgan kreditlarning salmog‘i jami loyihalarning 20%i dan oshmaydi.Osiyo taraqqiyot banki faoliyatining xususiyati bo‘lib, kreditlarining 30% ini imtiyozli shartlarda maxsus fonddan berishi hisoblanadi. OTB bu mablag‘larni Yevropa bozorlariga yo‘naltirib, ularni rivojlanayotgan mamlakatlarga 25-40 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli kreditlarga aylantiradi. Shuningdek, kreditlar tijorat shartlarida yoki yuqori bozor foiz stavkasi bo‘yicha 10-25 yil muddatga oddiy jamg‘armalardan ham beriladi. Osiyo Taraqqiyot Bankiga a’zolik BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Osiyo-Tinch Okean Komissiyasi a’zolariga, shuningdek boshqa mintaqalar rivojlangan mamlakatlari va BMTga hamda uning biron bir boshqa maxsus agentliklariga a’zo mamlakatlar uchun erkindir. XULOSA Globallashuvning barqaror o‘sib borayotgan jarayoni, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoqlik chegarasidan pastda yashayotgan aholi sonining ko‘payishi bilan tavsiflangan bugungi dunyoda Jahon banki guruhining xalqaro valyuta-moliya tashkiloti sifatidagi roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. sezilarli darajada. Dastlab, bank o'ziga a'zo mamlakatlar iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirishga yordam berish uchun tashkil etilgan. Biroq, urushdan vayron bo'lgan sanoati rivojlangan mamlakatlarning tiklanish davri yakunida Jahon banki o'z oldiga yangi maqsadni qo'ydi - rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ko'maklashish, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish, ularning xalqi yanada boyroq bo'lishi uchun. va yanada qoniqarli hayot. Buning uchun bank ushbu mamlakatlarga moliyaviy yordam beradi va maslahatchi vazifasini bajaradi, shuningdek, boshqa manbalardan investitsiyalarni rag‘batlantiradi. Jahon banki faqat to'lovga qodir qarz oluvchilarga va birinchi navbatda potentsial yuqori marjali loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit beradi. U o'z resurslarini rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy bozorlaridan oladi va shuning uchun uning kreditlari ham bozor shartlarida beriladi. Kredit berish Jahon banki faoliyatining muhim qismidir. Biroq, Bankning ishi bu chegaralardan tashqariga chiqadi. XTTB loyihalari odatda texnik yordam ko'rsatishni o'z ichiga oladi. Bunday yordam mamlakat byudjetidagi mablag'larni taqsimlashda maslahat yordamiga ham, qishloq poliklinikalari yaratish muammosiga yoki qimmatbaho qurilish texnikasidan foydalanish bo'yicha tavsiyalarga ham tegishli bo'lishi mumkin. Bank har yili faqat mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan bir qancha loyihalarni moliyalashtiradi. Bundan tashqari, XTTB Iqtisodiy rivojlanish instituti qarz oluvchi mamlakatlardan kelgan odamlarni rivojlanish dasturlarini yaratish va amalga oshirishni o'rgatadi. Jahon banki 187 mamlakat va ko‘plab tashkilotlar bilan birgalikda global qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha misli ko‘rilmagan choralarni ko‘rmoqda. Mingyillik rivojlanish maqsadlarida 2015-yilgacha maktabga qamrab olish, bolalar o‘limi, onalar salomatligi va suv ta’minoti kabi aniq vazifalar belgilangan. Hozirgi vaqtda Jahon banki guruhi beshta o'zaro bog'liq institutlardan iborat: · Nisbatan badavlat rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar beradigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki; · Eng kambag'al rivojlanayotgan mamlakatlarga ayniqsa imtiyozli kreditlar beradigan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi; · Qarz oluvchi mamlakatlarda xususiy sektor rivojlanishiga yordam beruvchi xalqaro moliya korporatsiyasi; · Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha xalqaro agentlik, investorlarga notijorat xatarlardan kelib chiqadigan zararlardan kafolatlar berish orqali rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantiradi; · Investitsiyaviy nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz, konsalting, ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi, investisiya qonunchiligi bo‘yicha axborot beradi. Bank o'zining moliyaviy resurslari, yuqori malakali xodimlari va keng bilim bazasidan har bir rivojlanayotgan mamlakatlarga ijtimoiy adolat tamoyillari asosida barqaror, barqaror rivojlanishga erishish jarayonida yordam berish uchun foydalanadi. Asosiy e'tibor eng qashshoq odamlar va eng qashshoq mamlakatlarga yordam berishga qaratilgan. Jahon banki, shuningdek, gender rivojlanish, jamiyat boshchiligidagi rivojlanish, mahalliy xalqlar va kambag'allar uchun muhim infratuzilmani yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlarni o'z ichiga olgan yangi muammolarni hal qilib, rivojlanishga yangicha yondashdi. Taraqqiyotga yordam berishning eng yirik manbalaridan biri sifatida Bank rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlarining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish jarayonida, maktablar va sog'liqni saqlash muassasalarining qurilishini qo'llab-quvvatlash, aholini suv va elektr energiyasi bilan ta'minlash, epidemiyaga qarshi kurashda sa'y-harakatlarini moliyalashtiradi. kasalliklar va atrof-muhitni muhofaza qilish. Shunday qilib, Jahon banki tashkil etilganidan to hozirgi kungacha uning maqsadlari ba'zi o'zgarishlarga duch keldi. Bugungi kunda Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi, birinchi navbatda, rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoqlikka qarshi kurashga qaratilgan. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi soni va moddiy farovonligidagi tafovut ortib borayotgan bugungi sharoitda bank faoliyati xalqaro munosabatlar tizimini rivojlantirishda alohida muhim o‘rin tutadi. Download 149.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling