Mavzu: Jahon bozori va uning shakllari rejalar: kirish i-bob. Jaxon bozori va uning rivojlanishi. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
Download 438.85 Kb.
|
Jahon bozori va uning shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi. 2.1.
- I.Jaxon bozori va uning rivojlanishi.Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
- jahon bozori
- jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan turli mamlakatlar xo’jaliklari umumiy tizimidir.
Mavzu: Jahon bozori va uning shakllari REJALAR: KIRISH I-BOB. Jaxon bozori va uning rivojlanishi.Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari. 1.1. Jaxon bozorining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari. 1.2 Jahon bozorining tarkibi va o’zgarish tendensiyalari II-BOB. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi. 2.1. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning « O’zbek modeli»: mohiyati va bosqichlari 2.2. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi. III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari Kirish. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’ llarining aniq va to’ g ri ko’ rsatib berilganligi bosh maqsad yo’ lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’ lishiga imkon yaratdi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’ zining ma no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valuta munosabatlariga o’ z ta sirini ko’ rsatmoqda. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’ plab omillar ta sirida xalqaro valuta-kredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’ zining o’ ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda davlat va xo’ jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog liq jahon tajribasini o’ rganish O’ zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublikamiz Prezidenti va Hukumatining diqqat-e tiborida bo’ ldi. Dastlab O’zbekiston Respublikasida milliy pul birligi «so’ m»ni muomalaga kiritish va hozirgi davrga kelib, respublikada valuta tizimini barpo etish, uni rivojlantirish bilan bog liq bir talay ishlar amalga oshirildi. Natijada Respublikamizda valuta birjasi shakllandi va u valutalar oldi-sotdisi bilan bog liq operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuvi, Xalqaro Valuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankiga a zo bo lib kirishi jahonning valuta, kredit, qimmatli qog ozlar hamda oltin bozorlarida qabul qilingan zamonaviy kodeksini bilishni talab etadi. «Xalqaro valuta-kredit munosabatlari» kursida ushbu munosabatlarning iqtisodiy kategoriyalari, rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari o’ rganiladi. Qo’llanmada globallashuv sharoitida valuta va valuta munosabatlari, valuta tizimi hamda uning rivojlanish qonuniyatlari, valuta kursi, valuta bozori, valuta operatsiyalari va valuta risklari hamda ularni boshqarish, xalqaro hisob-kitob shakllari, to’ lov va hisobkitob balanslari hamda xalqaro kredit munosabatlari kabi masalalar o’ z ifodasini topgan. Ushbu o’quv qo’llanma kasb-hunar ta limining «Bank ishi» mutaxassisligi bo’ yicha ta lim olayotgan o’ quvchilarga mo’ ljallangan.O’quv qo’ llanmadan, shuningdek, bank xodimlari, tadbirkorlar va boshqa qiziquvchilar foydalanishi mumkin. I.Jaxon bozori va uning rivojlanishi.Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo’jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo’jaligi va avvalo jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo’lgan jarayonga yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo’linganligi qarshi ta’sir ko’rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda O’zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi. O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi. Bu holatlar jahon xo’jaligi aloqalari va milliy xo’jaliklarning iqtisodiy rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. Shunga ko’ra ushbu bobda jahon xo’jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi. Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. Ye.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib ko’rsatadi:
iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik; ishlab chiqarishning baynalminallashuvi; jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi; jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi. «Jahon xo’jaligi», «butunjahon xo’jaligi», «jahon iqtisodiyoti» tushunchalari bir xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor ma’nolari farqlanadi. Keng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o’rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda. Demak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan turli mamlakatlar xo’jaliklari umumiy tizimidir. Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - o’z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar; - transmilliy korporatsiyalar; - xalqaro tashkilot va institutlar; - milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar. Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi. Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich va mezonlardan foydalaniladi: - mutlaq va nisbiy YaIM; - milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori; - milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; - mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; - aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar. Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning uchta guruhini farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi: - daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat); - daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat); - daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat). Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo’lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar (CHad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi.Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali samarali amal qilishi mumkin emas. Download 438.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling