Mavzu: Jahon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda ustunlik Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 290.95 Kb.
bet14/20
Sana21.06.2023
Hajmi290.95 Kb.
#1642075
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
3-bob. Global boz

2.3. Xalqaro faoliyatda strategik muqobil variantlar tahlili

Turli mamlakatlarda vujudga kelgan sharoitlarni taqqoslash firmaning chet eldagi faoliyatida strategik muqobil variantlarini tanlash uchun asos beradi. Tanlov quyidagi jihatlar bo‘yicha amalga oshiriladi: a) ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish; b) sotuv siyosati yo‘nalishi; v) assortiment; g) ishlab chiqarish omillarining joylashuvi; d) boshqa kompaniyalarni sotib olish. Ko‘rinib turibdiki, oxirgi punktni unga firma tegishli bo‘lgan kompaniyalarni sotish,


shuningdek, turli uyushmalarga kirish va ulardan chiqishni ham qo‘shgan tarzda kengaytirish lozim.
Mohiyatiga ko‘ra, firmaning xalqaro maqsadlariga eng mos keladigan deb tan olingan muqobil variantlarni, barcha sanab o‘tilgan jihatlari bo‘yicha birlashtirish firmaning xalqaro strategiyasini shakllantiradi. Albatta, bunday birlashtirish mexanik bo‘lishi mumkin emas: firma faoliyatining barcha tomonlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ulardan birontasini tanlash qolgan qarorlar sohasini cheklab qo‘yishi muqarrar. Shuning uchun, agar bu bevosita ilgari qabul qilingan qarorlarga kiritilgan bo‘lmasa, ko‘rib chiqilayotgan jihatlarning ustuvorligini belgilash va strategiyani ularning firma uchun ahamiyatidan kelib chiqib shakllantirish zarur. Masalan, agar marketing tadqiqoti chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatsa, bundan kelib chiqib, firmaga tegishli korxonalar tarkibini o‘zgartirish yoki ishlab chiqarishni qayta yo‘naltirish mumkin. Biroq boshqacha yondashuv ham bo‘lishi mumkin: strategik ahamiyatga molik alyansni saqlab qolish uchun ishlab chiqarish yo‘nalishini o‘zgartirmasdan, sotuv maqsadlarini o‘zgartirish.
Bundan tashqari, muqobil variantlarning birga bo‘la olishini baholash zarur, bu yo‘l qo‘yish mumkin deb qabul qilingan strategiya variantlarining har birida ichki ziddiyatsizlikni ta’minlaydi. Shu tarzda faoliyat ko‘rsatib, firma doimo muayyan vaziyatlarga mos keladigan optimal strategiyalar to‘plamiga ega bo‘ladi. Bu sharoitlarning har qanday sezilarli o‘zgarishida to‘g‘ri javobni tez topishga imkon beradi, uning mohiyati raqobatli afzallikni saqlab qolish va oshirish hisoblanadi.
Firma joylashgan mamlakatda strategik muqobil variantalrni tanlash.
Xuddi shunday printsipial strukturaga firma kelgan mamlakatda strategik muqobil varantlarni tanlash jarayoni ham ega bo‘lib, u faoliyat sharoitlarining mos keluvchi tahliliga asoslanadi. Biroq, rasman o‘xshashligiga qaramay, ikkala qadam firma kelgan mamlakatning u faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa mintaqalarga nisbatan o‘ziga xosligi bilan asoslanadigan jiddiy farqlarga ega.
Abstrakt mulohaza yuritib, taxmin qilish mumkinki, xalqaro bozorlarda anchadan beri faoliyat ko‘satayotgan firma uchun u
joylashgan mamlakat muhim ahamiyatga ega emas, chunki bunday firma barcha o‘zlashtirilgan mamlakatlarda joylashtirish foydasini oladi.
Firma joylashgan mamlakatda shakllangan milliy romb global raqobatda muvaffaqiyatga erishish uchun ishonchli tayanch bo‘lib xizmat qilishi lozim. Agar u afzalliklarga ega bo‘lmasa, firmaning xalqaro faoliyati muvaffaqiyatga erishishi ham qiyin. Shu munosabat bilan, chet eldagi sharoitlarni o‘rganishning ahamiyatini pasaytirmagan holda birinchi navbatda o‘z uyidagi vaziyatning rivojlanishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash muhimligini aytib o‘tish kerak.
Firma strategiyasi u joylashgan mamlakatdagi va xorijdagi faoliyatning istiqbolli muqobil variantlarini birlashtirish natijasi hisoblanadi. Bunda boshqa har qanday birlashuvlarda bo‘lgani kabi, elementlarning bir-birini qo‘llab-quvvatlashini ta’minlash zarur. Shu sababli, aynan o‘z mamlakatidagi strategik muqobil variantlar ikki guruh o‘rtasidagi mojarolarda va umuman tanlov vaziyatida xorijiy variantlardan ustunlikka ega bo‘ladi.

Download 290.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling